• Issiqlikni saqlovchi ashyolarning turlari
  • 10-bob PARDOZBOP PLASTMASSA ASHYOLARI
  • O‘ZBEKISTONDA ISSIQ-SOVUQNI KAM




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    O‘ZBEKISTONDA ISSIQ-SOVUQNI KAM 
    O‘TKAZADIGAN ASHYOLAR 
    O‘zbekistonda issiqlikni saqlovchi ashyolar «Ohangaronsement» AU ning 2 ta sexida 343,5 ming m
    3
    quvvatda ishlab chiqarilmoqda. Uning ish unumi shartli ravishda «quruq paxta» deb ataladiganida 343,5 ming 
    m
    3
    ni tashkil etadi. Quyidagi 9.1-jadvalda issiqlikni saqlovchi ashyolar turlari va ishlab chiqarish haqidagi 
    ma’lumotlar keltirilgan. 
    9.1-jadval 
    Issiqlikni saqlovchi ashyolarning turlari 
    Chirchiqdagi shisha zavodining issiqlikni kam o‘tkazadigan ashyolarni ishlab chiqaruvchi sexida (quvvati 
    176000 m
    3
    ) shisha tola chiqarilmoqda. 
    «Ohangaronsement» AU mineral momiq ishlab chiqarish uchun Karaxtaydagi ohaktosh va slanesni, 
    Shovotdagi qumoq tuproqni, Tulmasoy konidagi dolomitni ishlatadi. 
    Mineral momiq ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida dolomitli ohaktosh va sog‘ tuproq jinslari 
    ishlatiladi. 
    Sinov savollari 
    1. Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ashyolar haqida umumiy tushuncha bering. 
    2. Issiqlikni kam o‘tkazadigan ashyolarning ichki tuzilishi qanday? 
    3. Yog‘och asosida olinadigan serg‘ovak pardozbop ashyolar nima? 
    4. Polimerlar asosida olinadigan yengil muhofazabop va pardozbop ashyolar to‘g‘risida gapiring. 
    5. Tog‘ jinslaridan olinadigan qanday tolali paxta va plitalarni bilasiz? 
    6. To‘qima, o‘rama, sochiluvchan va issiqlikni muhofazalovchi ashyolar. 
    10-bob 
    PARDOZBOP PLASTMASSA ASHYOLARI 
    Plastik massalar yoki qisqacha aytganda, plastmassalar deb, tabiiy yoki sintetik polimerlarni organik yoki 
    mineral moddalar bilan aralashtirib qizdirgan holda bosim ostida zichlab olingan turli shakldagi ashyolarga 
    aytiladi. Plastmassalar tarkibida bog‘lovchi polimerdan tashqari to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, pigmentlar
    moylar va boshqa qotiruvchilar bo‘lishi mumkin. Polimer deganda og‘ir vaznli molekulalarning o‘zaro zich 
    birikkan bo‘limlarini tushunmoq lozim. Bunday molekulada birikmalar bir tartibda o‘zaro takrorlangan yoki 
    tartibsiz to‘rsimon holatda zich birikkan bo‘lib polimer ashyosi hosil bo‘ladi. Polimerlar uchun asosiy xom-
    ashyo sifatida o‘simliklar (daraxt, g‘o‘zapoya va h.k.), neft va gaz ishlatiladi. 
    Plastmassadan to‘ldirgichsiz va to‘ldirgich qo‘shib ishlangan juda zich buyumlar, ko‘p kovakli yoki tolali 
    yengil ashyolar, temir va oynasimon plastiklar, sirti chiroyli qilib ishlangan pardozbop va qoplamabop o‘rama 
    ashyolar, havo o‘tkazmaydigan to‘qimalar, shuningdek, emulsiya, yelim, mastika (bo‘tqa) va tolalar juda 
    ko‘plab ishlab chiqariladi. Plastmassalarning bunchalik keng tarqalganligiga sabab shuki, ular tabiiy 
    ashyolarga ko‘ra yuqori sifatli, hamda qurilish uchun juda qimmatli xossalarga ega. Shunday xossalardan biri 
    uning yuqori mustahkamligi va hajmiy og‘irligining kichikligidir. Shu bilan birga zararli muhitga chidamliligi, 
    issiqni kam o‘tkazishi, elektr tokini o‘tkazmasligi va tashqi ko‘rinishining chiroyliligidir. 
    Zich molekulali polimer birikmalari bir necha yuz mingdan ortiq atomlardan tashkil topgan bo‘ladi. 
    Bunday birikmalardagi yirik og‘ir vaznli molekulalardan tuzilgan o‘lcham birligi ko‘p marta qaytarilgan 


    holatda joylangan bo‘ladi. Siyrak molekulalarning o‘zaro zich va og‘ir molekulalarga o‘tish jarayoni 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish