— yuza
qattiqligi kam, voloknitlar uchun 2,5 MPa, polistirollar uchun 1,5 MPa;
— tez eskirishi.
Eskirish deb polimerlarni saqlash va ulardan foydalanish davrida fizik-kimyoviy xossalarining
yomonlashuvi, elastikligi va mustahkamligining pasayishiga, hamda rangsizlanishiga
olib keluvchi
o‘zgarishlarga aytiladi. Plastmassa tarkibiga mahsus kukun to‘ldirgichlar, stabilizator qo‘shish va kimyoviy
ishlov berish yo‘li bilan eskirish jarayonini susaytirish mumkin.
Plastmassalar sintetik bo‘lganligi sababli, qurilish ashyolariga qo‘yiladigan texnik xossalarini oldindan
bilgan holda, maxsus tarkibda tayyorlash mumkin bo‘ladi.
Jumladan, plastmassa tarkibida kremniy va titan
qo‘shish yo‘li bilan issiqqa o‘ta chidamli kimyoviy turg‘un, suv o‘tkazmaydigan, temir va shishaga yaxshi
yopishuvchan mustahkam birikma hosil qilish mumkin. Aluminiy-kremniy-organik polimerlar 600°C ga
chidash bera oladi. Yaqinda gafniy va titan asosida issiqqa o‘ta chidamli (4000°C ga chidamli)
sopolimer
yaratildi.
Polimerlar va plastmassalar ishlab chiqarishda quyidagi vazifalarni bajarish zarur:
— arzon xomashyodan foydalanish — gaz, neft chiqindilari, ko‘mir va boshqalarni qayta ishlash;
— yangi polimer ashyolarni sintez qilish;
— mavjud ashyolarning xossalarini tegishli yo‘nalishda o‘zgartirish.
Masalan,
-nurlar yordamida qayta ishlash yo‘li bilan qurilish va elektrotexnika
sanoati uchun yangi
polimer ashyolar olish imkonini beradi.