Mochevina-formaldegid (karbamid) smolalari asosida aminoplast olinadi. Aminoplastlar qizdirib zichlash
yo‘li bilan olinadigan buyumlar uchun juda qulay termoreaktiv polimerdir. Qotgan
karbamid smolasi kishi
organizmi uchun zararsiz bo‘lganligi uchun, ulardan idish-tovoq,
elektr buyumlari, qoshiq, vaza, cho‘mich
singari buyumlar tayyorlanadi. Texnikada esa aminoplastlardan oq va rangli telefon apparatlari korpuslari,
eshik
bandlari, stol lampasi korpuslari tayyorlanadi. Binokorlikda qo‘llaniladigan 150
150 mm o‘lchamli
qoplama plitalar shu aminoplastlardan ishlanadi. Karbamid smolalar ko‘mir, havodagi azot va kislorod, tabiiy
gaz va ohaktoshni kuydirganda ajralib chiqadigan angidrid gazini qayta ishlab olingan mochevina va
formaldegiddan olinadi.
Karbamid smolalar rangsiz, arzon, issiqlikni muhofazalovchi yengil plastmassalar,
hamda qatlamli plastik va yelimlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Poliefir smolalar 3 guruhga bo‘linadi:
Alkid va gliftal smolalar. Bunda xomashyo sifatida glitserin bilan ftal kislota ishlatiladi. Undan, asosan,
lak sifatida foydalaniladi.
Tola hosil qiluvchi polimerlar asosida yuqori kristallik tola —lavsan olish mumkin. Lavsan juda
mustahkam tola bo‘lib, uni cho‘zilishdagi mustahkamligi 800 MPa ga teng.