• Poliizobutilen
  • Polimetilmetakrilat smolalar




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Polimetilmetakrilat smolalar tabiiy gaz va neft uglevodorodlaridan olinadigan atseton, vinil kislotalari va 
    metil spirtini qayta ishlab olinadi. Texnikada bunday smolalar organik shisha deb ataladi. Organik shisha 
    quyosh nurini o‘zidan yaxshi o‘tkazadigan va zararli muhitga (suv, kislota va ishqor) chidamli. U zinapoya, 
    ayvon va pardadevorlar qurishda, shisha plastiklar, quvurlar va h.k. buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
    Organik shisha yaltiroq, rangsiz, o‘zidan ultrabinafsha nurlarini o‘tkazadi, atmosfera muhitiga chidamliligi 
    bilan boshqalardan farq qiladi. Organik shisha ultrabinafsha nurlarning 73,5% ini o‘tkazadi. Bu ko‘rsatkich 
    oddiy silikat shishada 0,6%, ko‘zgu oyna shishada 3 %, kvars shishasida esa 100 % ga teng. Shuning uchun, 
    organik shisha kasalxona, issiqxona, sanoat korxonalarida bezakli to‘siqlar qurilishida ko‘plab ishlatiladi. 
    Harorat 90°C ga yetganda organik shisha elastik xolatga o‘tadi va uni istalgan shaklda qoliplash mumkin. 
    Polimetilmetakrilatni kesish, silliqlash oson. Texnik organik shishaning siqilishdagi mustahkamligi 120—140 
    MPa. Harorat 60°С dan 183°С gacha ko‘tarilganda ham zarb bilan urgandagi qayishqoqligi o‘zgarmaydi. 
    Ammo, uning ishqalanishga bo‘lgan mustahkamligining kichikligi va qizdirganga (80°С) chidamsizligi keng 
    miqyosda ishlatishga imkon bermaydi, kislota eritmalariga, ishqorga va organik eritmalar ta’siriga chidamli. 
    Olovda oson yonadi. 
    Poliizobutilen — neftni qayta ishlab olingan izobutilenni polimerlab olingan, egiluvchan, kauchuksimon 
    polimer ashyodir. Kauchukdan farqi — poliizobutilen polimeri vulkanizatsiyalanmaydi. Polietilenga o‘xshash 
    yengil, juda bukiluvchan. Sovuqqa, kislota va ishqor ta’siriga chidamli. Harorat 75°C gacha sovuganda ham 
    shisha holatiga o‘tmaydi. Poliizobutilenga kukun to‘ldirgichlar qo‘shib (kul, qorakuya, talk) devorbop 
    panellarni va tik choklarni to‘ldirishda germetik ashyo sifatida ishlatiladi. Undan yopishqoq tasmalar, 
    linoleumbop yelimlar, suvga chidamli germetiklovchi mahsulotlar ishlanadi. Bitum bilan oson aralashib, uning 
    plastikligini oshiradi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish