• Epoksid smolalar
  • Kremniyorganik birikmalar
  • Poliamid polimerlar
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet124/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    To‘yinmagan poliefirlar boshqa monomer suyuqliklar bilan (masalan, stirol) oson aralashadi va bosimsiz, 
    haroratsiz qotadigan, kukun to‘ldirgichlar bilan yuqori mustahkam smola hosil qiladi. Bunday smolaga 
    shimdirilgan shisha to‘qimalarini, shisha va jun namatlarini zichlash yoki boshqa usul bilan qayta ishlab, 
    samolyot, vagon, avtomashina va bino xonalarining ayrim qismlarini pardozlashda ishlatiladigan buyumlar 
    olinadi. 
    Qurilishda poliefir smolalar bilan ishlangan tombop, nur o‘tkazuvchan, yengil pardozbop shisha 
    plastinkalar, santexnik buyumlar ko‘p ishlatilmoqda. 
    Epoksid smolalar — epixlorgidrid va dioksidli fenol-propanning qorishtirilishidan hosil bo‘lgan 
    mahsulotdir. Epoksid smolaning quyuqligi va rangi asalni eslatadi. Uning ЭД-5, ЭД-6 va ЭД-14 markalari 
    olinadi. Agar epoksid smolani sovuqda qotirish kerak bo‘lsa, qotiruvchi sifatida ftal kislota, uy haroratida 
    qotirilsa polietilen poliamin (8—10% smola og‘irligiga nisbatan) ishlatiladi. 
    Epoksid smola juda mustahkam yopishuvchan bo‘lganligi uchun undan suvga chidamli har xil yelimlar —
    plastabetonlar tayyorlanadi. 
    Kremniyorganik birikmalar — organik va anorganik moddalarga xos bo‘lgan zich molekulali birikmalar 
    guruhiga taalluqli smolalardir. Tarkibida bir qismi organik smolalardan iborat bo‘lgan kremniy bor. 
    Kremniyorganik birikmalar organik moddalardan yonmasligi, issiqlik, kislota va suvga chidamliligi bilan 
    farq qiladi.
    Kremniyorganik birikmalarning ayrim xillari suvda eruvchan bo‘ladi. Bular kuchsiz eritma holatida 
    betonlarning suv shimuvchanligini kamaytirishda, buyum yuzasini bo‘yashda, hamda sement, gips singari 
    bog‘lovchilarga (kukun holatida qo‘shish) gidrofob xususiyat berish uchun ishlatiladi. 
    Poliamid polimerlar — ikki asosli kislotalar bilan diaminlarni polikondensatlab olingan poliefirga 
    o‘xshash ashyodir. Qurilish konstruksiyalarini suvdan saqlovchi parda sifatida ishlatiladi. 
    Poliuretanlar — tarkibida ikki va undan ko‘p gidroksil guruhlari bo‘lgan ko‘p atomli spirtlar bilan 
    izotsianatlardan olinadi. Chiziqli poliuretan polimerlari 100°C da buzilmaydigan, namga chidamli tolalar, 
    pardozbop parda, yupqa taxtalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish