• Polietilen smolalar
  • Polistirol smolalar
  • Kumaron smolalar
  • POLIMERIZATSIYALANADIGAN CHIZIQLI




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    POLIMERIZATSIYALANADIGAN CHIZIQLI 
    POLIMERLAR 
    Polixlorvinil (ПХВ) — yaltiroq, rangi sariq-kulrangdan jigar-ranggacha bo‘ladi. U quyidagi usulda 
    olinadi. Metandan iborat tabiiy gaz 1500—1600°C da qizdirilib, atsetilen gazi olinadi. Atsetilen bilan xlorid 
    kislota o‘zaro birikib, vinilxlorid suyuqligi va uning polimerizatsiyalanishi natijasida oq va unga o‘xshash 
    yengil modda hosil bo‘ladi. Bu vinilxloriddir. U ko‘pligi, arzonligi va har tomonlama ishlatilishi bilan boshqa 
    polimerlardan farq qiladi. ПХВ kislota, ishqor, spirt va moylar ta’siriga chidamli. Ular issiq holatda 
    cho‘ziluvchan bo‘lganligi uchun yupqa pardalar ishlab chiqarishga imkon beradi. ПВХ smolalari egiluvchan, 
    suvga chidamli. Jumladan, yupqa o‘rama pardalar, shuningdek, issiqlikni muhofazalovchi ko‘p kovakli 
    pardozbop ashyolar — plintus, tarnov, qo‘l ushlagichlar va shunga o‘xshashlarni olishda ishlatiladi. 
    Polivinilatsetat (ПВA) smolalari rangsiz, elastik va moddalar bilan juda yaxshi yopishadi. Ular emulsiyali 
    bo‘yoqlar, har xil yelimlar, yopishtiruvchi mastikalar, sementbeton qorishmalar uchun qo‘shilma sifatida 
    ishlatiladi. 
    Polietilen smolalar — etilen gazini har xil bosimda va haroratda katalizatorlar vositasida polimerlash usuli 
    bilan olinadi. U suvga va zararli muhitga chidamli, elastik hususiyatlarga ega. Ulardan suvga chidamli 
    pardalar, santexnik buyumlar ishlab chiqarishda ko‘p foydalaniladi. 
    Polistirol smolalar — benzinga o‘xshash tez bug‘lanuvchi stirol monomerini germetik qozonlarda 
    polimerlash usuli bilan tayyorlanadi. Ular toza holida rangsiz, ammo bo‘yoqlar qo‘shib har xil rangdagisini 
    olsa bo‘ladi, oson qoliplanadi. Polistirol smolalar qoplama plitkalar va ko‘p kovakli issiqlik o‘tkazmaydigan 
    ashyolar olishda ishlatiladi. 
    Kumaron smolalar — benzol va toshko‘mir smolasining fenol fraksiyasida polimerlash usuli bilan 
    olingan mahsulot. Kumaron smolalar asosan bir-biriga yaqin bo‘lgan ikkita moddadan —kumaron va indendan 
    iborat. Kumaron o‘ziga xos hidli, rangsiz, moysimon suyuqlik bo‘lib, 172°C da qaynaydi. Kumaron smolalar 
    pardozbop plitkalar tayyorlashda va lak-bo‘yoq sanoatida ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish