|
E qosimov, M. Akbarov Pdf ko'rish
|
bet | 129/168 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #124022 |
Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Gliftal linoleum asosi mato bo‘lib, unga o‘simlik moyi, yog‘och yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa
modda, kukun to‘ldirgichi (po‘kak, yog‘och yoki pigmentlar) bo‘lgan sun’iy yoki tabiiy smolalardan iborat
plastik massa qatlami yotqizilgan. O‘rama linoleumning uzunligi 20 metr, eni 1,8—2,0 metr, qalinligi 2,5-3,0
mm ga teng. Bir xil linoleum sidirg‘a va rangdor qilib chiqariladi.
Koloksilin linoleum (nitrolinoleum) — smola va to‘ldirgichlardan tashkil topgan plastik massani maxsus
barabanlar vositasida yassilab ishlangan asossiz bir qatlamli o‘rama tasma. O‘ramaning uzunligi 20 metrgacha,
eni 0,88 dan 1,2 metrgacha bo‘ladi.
Polixlorvinil linoleum — asosli va asossiz bo‘ladi. Linoleumning ustki qatlami sifatida sintetik smolalar
(masalan, polixlorvinil smola), kukun to‘ldirgich (talk), pigmentlar va plastifikatorlardan ishlangan mastika
ishlatiladi. Linoleum o‘ramining uzunligi 12—15 metr, eni 1,6 metr, qalinligi 2-2,5 mm, rangi — jigarrang,
sariq, yashil, to‘q-qizil va h.k. bo‘ladi. Linoleumlar sirtiga guldor g‘altak yurgizib, unda har xil rasmlar hosil
qilishi mumkin.
Ashyolarning pishiq va puxtaligi, har xil kimyoviy moddalar ta’siriga bardosh berishi, shuningdek, bejirim
ko‘rinishi undan tajribaxonalar, sanoat va jamoat binolari pollarini to‘shashda, shuningdek, avtomatika,
samolyot va poyezd vagonlarida keng foydalaniladi.
Bulardan tashqari, binokorlikda asbest-kumaron va asbest-smola plitkalaridan ham keng foydalaniladi.
Shisha-linoleum. Shisha-linoleum bir qancha afzalliklarga ega: chirimaydi, kirishmaydi, tashqi ko‘rinishi
bejirim, tovush yutuvchan, iliq asosli. Shisha linoleum asosiga shisha tolali ashyo qoplangan bo‘ladi. Ikki
qatlamli iliq shisha linoleumning ikki qatlamli oddiy jun asosli linoleumdan farqi shundaki, u yong‘inda
xavfsiz bo‘ladi. Iliq shisha linoleumni bevosita beton ustiga yotqizsa ham bo‘ladi.
Relin (rezina linoleum) ikki qatlam qilib tayyorlanadi. Ustki qatlam sintetik kauchuk asosida tayyorlangan
rangli rezina aralashmasidan (qalinligi 1 mm), ostki qatlam esa bitum qo‘shib regenerlangan (tiklangan
rezinadan, qalinligi 2 mm) ga teng. Bir o‘ramining uzunligi 10—12 metr, eni 1,5 metrgacha, qalinligi 3—5
mm bo‘ladi. Relin sidirg‘a rangli (qizil, ko‘k, sariq, yashil va h.k. ranglarda) va marmarsimon qilib chiqariladi.
Uning ishqalanishga chidamliligi 0,05 g/sm
2
dan oshmaydi. Relin suvga va ko‘pgina zararli eritmalar ta’siriga
chidamli. Shuning uchun u sanitariya xonalari, oshxona, zina supachasi va pollarni qoplashda ishlatiladi.
|
| |