• Choksiz quyma pollar.
  • Polivinilatsetatli (ПВA) qorishma
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Rezina-plitkalar. Sanoat va jamoat binolari pollarini qurishda qo‘llaniladi. Bunday pollar qayishqoq, 
    elastik va shovqinsiz bo‘ladi. Rezina plitkalar ikki qavatli qilib ishlanadi. Sirt tomoni sintetik kauchukli rangli 
    rezina aralashmasidan, tagi esa maydalangan rezina bilan bitum aralashmasidan tayyorlanadi. Qurilishda 
    yupqa va tovush o‘tkazmaydigan qalin rezina plitkalar ham polga yotqizish uchun ko‘p ishlatiladi. 
    Choksiz quyma pollar. Ishlatiladigan xomashyo turiga ko‘ra, bunday pollar 3 xil bo‘ladi: polimerbetonli, 
    polimersementli va polivinilatsetatli. Bunday tarkibda tayyorlangan qorishmalar plastik bo‘ladi va quyma yoki 


    maxsus tebratgich mashinalar vositasida yotqiziladi. Bunday pollar tekis, bir xil rangda va turli mayda yoki 
    yirik chuqurchalardan xoli bo‘lishi kerak. 
    Polivinilatsetatli (ПВA) qorishma odatda yuqori nam, zarb ta’sirida bo‘ladigan va temir g‘ildirakli 
    mashina yoki aravachalar yuradigan pollarda ishlatilmaydi. Chunki, ПВA qotgandan keyin ham uning 
    plastikligi saqlanib turadi. Unga suv yoki nam ta’sir etganda mustahkamligi kamayadi. ПВА bo‘tqa choksiz 
    pollarni yotqizishda bir qatlamli yoki ikki qatlamli bo‘lishi mumkin. Bir qatlamli ПВA bo‘tqa, obdan sifatli 
    qilib tekislangan asosga 2-2,5 mm qalinlikda yotqiziladi. Agar pol asosi qoniqarsiz bo‘lsa, 3-4 mm qalinlikda 
    ikki qatlam qilib yotqiziladi. ПВA bo‘tqasi, asosan bog‘lovchi kukun to‘ldirgich, rang beruvchi va suv 
    qorishmasidan tashkil topgan. 
    ПВA bo‘tqa ashyoni og‘irligiga ko‘ra % hisobida taxminan quyidagi miqdorda olish mumkin: quyi qatlam 
    uchun ПВА suvi — 36%, kukun to‘ldirgich — 54%, pigmentlar — 6% va suv — 5%; yuqori yuza qatlam 
    uchun ПВA suvi — 56%, kukun to‘ldirgich — 30%, pigmentlar — 4% va suv 10% gacha miqdorda olinadi. 
    Bo‘tqaning suvga chidamliligini oshirish uchun uni 1 soat davomida 50°С issiqlikdagi formalin va xlorid 
    kislota bilan ishlash zarur. ПВА bo‘tqasi bilan yotqizilgan pol lak bilan bo‘yalsa uning chidamliligi ortadi. 
    Choksiz pollarni yotqizishda ishlatiladigan polimersement qorishmalar ПВA yoki divinilstirol kauchuk 
    suvi, portlandsement, qum, marmar yoki granit maydasi va mineral pigmentlarni qorishtirib olinadi. 
    Polimersement pollar ishlatilishiga ko‘ra bir va ikki qatlamli bo‘ladi. Polimersement qorishma plastik va 
    quyma hillarga bo‘linadi. 
    Quyma polimersement poli bir qatlamining qalinligi 3-4 mm bo‘lsa, plastik qorishma yotqizilganda esa 
    qalinligi 7—10 mm qilinadi. Ikki qatlamli pol yotqizish kerak bo‘lsa, quyma polimersement bo‘tqa 10—14 
    mm qalinlikda bo‘lishi kerak. Shu bilan birga yuza qatlami 7—10 mm qalinlikda plastik qorishma bilan 
    tekislanadi.
    Polimersement bo‘tqasi quyidagi tarkibda tayyorlanadi (bir xil rangdagi quyi qatlam uchun): 400 markali 
    portlandsement —17—18%; 50% li ПВA suvi — 7—8%; kukun to‘ldirgich — 70%; rang beruvchi 
    pigment — 5—6%.
    Tekislovchi yuza qatlam uchun: 400 markali portlandsement — 13-14%; 50% li ПВA suvi — 5-6%, 
    kukun to‘ldirgich — 75—80%. 
    Bo‘tqaning qulay joylashuvchanligini oshirish maqsadida qorishmaga sement og‘irligiga nisbatan 45—
    55% miqdorda suv qo‘shiladi. Polimersement qorishmasi asos bilan juda mustahkam yopishuvchanlik 
    xususiyatiga ega. Shuningdek, ishqalanishga va zarbga bo‘lgan mustahkamligi qoniqarlidir. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish