• Shishaplastik kompozitlar
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet133/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Polimer-mineral kompozitlar tarkibini bog‘lovchi moddani polimer va mineral bog‘lovchilar tashkil etadi. 
    Qurilishda zararli muhit ta’sirida ishlatiladigan chidamli polimersement betonlar bunga misol bo‘la oladi. 
    Organik bog‘lovchi sifatida polivinilatsetat, sintetik kauchuk, poliefir, karbamid yoki epoksid smolalari ko‘p 
    ishlatiladi. Qorishmada suvda eriydigan karbamid smolasi, furil spirti va boshqa sintetik suyuq qo‘shilmalarni 
    ishlatish mumkin. 
    Agar mineral bog‘lovchilar asosida olingan beton buyumlar zararli muhitda chidamli va yuqori mustahkam 
    bo‘lishi uchun ularni (stirol, bitum, metilmetakrilat) suyuq polimer yoki monomerlar bilan shimdirib 
    betonpolimer olish mumkin. Shimilgan beton g‘ovaklaridagi suyuq polimerlar qotadi, natijada, uning 
    mustahkamligi 10 barobar oshadi. 
    Temirpolimer buyumlar ayniqsa hozirgi vaqtda qurilishda keng qo‘llanilmoqda. Buning uchun 
    aluminiydan ishlangan buyum sinch poliefir, polixlorvinil va shu singari smolalar bilan qotiruvchi 
    qo‘shilmalar solingan qolipga joylanadi, keyin issiq texnologik jarayonda qotiriladi. Temirpolimer buyumlar 
    ob-havo muhitiga, zararli moddalar ta’siriga chidamli, nafis, ko‘rinishi chiroyli va tiniq bo‘ladi. Temirpolimer 
    ashyolardan rom va eshiklar, qoplama taxtalar va buyurtmachining xohishiga ko‘ra, har xil buyum va 
    konstruksiyalar tayyorlash mumkin. Shishaplastik kompozit qurilish ashyolarini tayyorlashda matritsa sifatida 
    polimer ashyolar — poliefir, epoksid yoki fenol smolalari, pishiqlovchi —armatura sifatida yuqori mustahkam 
    shisha tolalari ishlatiladi. Smolalarni tolalar bilan yopishqoqligi va yuqori adgeziyasi, shishaplastiklarni 
    cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligini oshiradi.
    Shishaplastik kompozitlar tarkibidagi smola va tola xillarining o‘zgarishi, hamda texnologik jarayonda 
    qo‘llaniladigan usullarning turlariga qarab ularning xossalari har xil bo‘ladi. Quyidagi 10.1-jadvalda poliefir 
    shishaplastik kompozitlarning xossalari yoritilgan. 
    Shishaplastik kompozitlardan har xil texnologik usullar bilan quvurlar, uzun va taxtasimon buyumlar, 
    to‘siq pardadevorlar, tombop listlar, hajmiy bloklar va hokazolar ishlab chiqariladi. 


    10.1-jadval 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish