• Fenolit plitkalar
  • Izotrop shishaplastiklar
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Polistirol plitkalar — tomonlari 100

    100 va 150

    150 mm keladigan kvadratlar shaklida, maxsus 
    zichlagich avtomatlardan chiqariladi. Polistirol plitkalar issiqlikka uncha chidamli emas, shu sababli ochiq 
    o‘choqlar bo‘lgan xonalarga, bolalar muassasalariga polistirol plitkalar ishlatilmaydi. 
    Fenolit plitkalar — fenolformaldegid smolalariga tegishlicha polixlorvinil smolasi qo‘shib tayyorlanadi. 
    To‘ldirgich sifatida ma’dan va organik kukunlar aralashmasi ishlatiladi. U turli xil pigmentlar qo‘shish bilan 
    rangdor qilinadi. 
    Bunday plitkalarni tayyorlashning asosiy usuli issiq holda zichlashdir. Bunda o‘lchamlari 150

    150 mm va 
    qalinligi 4-6 mm bo‘lgan plitkalar olinadi. Plitkalar yaxshi yopishib turishi uchun, ularning orqa tomoni taram-
    taram qilib ishlanadi. Plitkalarning hajmiy og‘irligi 1300—1400 kg/sm
    3

    Fenolitdan tayyorlangan plitkalar bug‘ o‘tkazmaydi va ko‘pchilik organik, kislotalar ta’siriga chidamli. 
    Plitkalar fenolformaldegid smola yoki bitumli mastika yordamida yopishtiriladi. Bu plitkalar ishlab chiqarish 
    sexlari va tajribaxonalarida, ba’zan esa turarjoy binolari va jamoat maishiy binolarning polini qoplash uchun 
    ishlatiladi, ular bilan devorlarni qoplash ham mumkin. 


    Izotrop shishaplastiklar qirqilgan shisha toladan yasaladi, egilishga va cho‘zilishga bo‘lgan 
    mustahkamligi o‘zaro yaqin —200—210 MPa ga boradi. 
    Shishaplastikning yangi turi, to‘ldirgich sifatida tangasimon shisha donalari ishlatiladigan anizotrop 
    shishaplastikdir. U fizik-mexanik xossasi bo‘yicha mavjud barcha shisha plastiklardan afzal turadi, chunki 
    to‘ldirgich — tangasimon shishalar ashyoning har tomonlama mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Tangasimon 
    shisha eng yupqa shisha pardasini (shisha zar) maydalash natijasida hosil qilinadi. Shisha parda eritmadan 
    cho‘zib hosil qilingan juda yupqa lentadan iborat. 
    Tekstolit — fenolformaldegid smola bilan shimdirilgan gazlamani qatlam-qatlam qilib 140—160°C da va 
    8—10 MPa bosimda zichlab olingan yuqori mustahkam plastik ashyodir. U mashinasozlikda, 
    samolyotsozlikda, radiotexnikada hamda konstruktiv ashyo sifatida ishlatiladi. Tekstolitdan shesternalar, 
    podshipniklar, vtulkalar tayyorlanadi. Chunki bu juda kam ishqalanadigan, zarb bilan urganda tovush 
    chiqarmaydigan ajoyib ashyodir. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish