• Viniplast quvurlar
  • Polietilen quvurlar.
  • Faolit quvurlar.
  • Shishaplastik quvurlar
  • Nashelniklar
  • UZUNASIGA O‘LCHANADIGAN PLASTMASSA




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet138/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    UZUNASIGA O‘LCHANADIGAN PLASTMASSA 
    ASHYOLAR 


    Plastmassa quvurlar. Keyingi vaqtlarda vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlarida plastmassa quvurlar 
    ko‘plab ishlatilmoqda. Bunday quvurlarning zanglamasligi, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamliligi, bo‘yab 
    turishni talab qilmasligi bilan po‘lat va cho‘yan quvurlardan farq qiladi. Bunday quvurlarni yotqizish va 
    montaj qilish metall quvurlarga qaraganda qulay va arzondir. 
    Viniplast quvurlar — plastifikator va maxsus to‘ldirgichlar qo‘shib tayyorlangan polivinilxlorid 
    smoladan olinadi. 
    Viniplast quvurlar o‘zining zanglashga chidamliligi, pishiqligi va yengilligi tufayli gaz va neft quvurlari, 
    oqova suv shaxobchalari, shamollatish sistemalarini montaj qilish va zararli suyuqliklarni, gazlarni va 
    kimyoviy reaktivlarni uzatishda ishlatiladi. 
    Polietilen quvurlar. Polietilen quvurlar o‘zining yuqori fizik-kimyoviy xossalari tufayli xilma-xil joylarda 
    ishlatiladi. 
    Quvurlar tayyorlash uchun polietilendan keng foydalanilayotganligiga asosiy sabab shuki, u yengil, 
    zanglashga chidamli, oqib o‘tayotgan suyuqlik harakatiga kam qarshilik ko‘rsatadi, kislota, ishqorlar ta’siriga 
    chidamli va elastik. Polietilen quvurlar viniplast quvurlardan 1,5 marta, po‘lat quvurlardan esa 10 marta 
    yengil. Ularni 50 yilgacha bemalol ishlatish mumkin. 
    Faolit quvurlar. Faolit — fenolformaldegid smola asosida olinadigan zichlangan ashyo. U uchun 
    to‘ldirgich sifatida asbest, grafit, kvars qumi va maydalangan koks ishlatiladi. Faolit quvurlar kislotalar (xlorli 
    va ftorli vodorod) ta’siriga chidamli. Shuning uchun ular kimyo sanoatida zararli suyuqliklarni uzatishda 
    ishlatiladi. 
    Shishaplastik quvurlar — Qurilishda ishlatiladigan quvurlar ichida asosan bosimsiz ishlaydigan quvurlar, 
    sanoat binolarida shamollatish kanallari, vanna, rakovina, idish-tovoq yuvadigan baklar va boshqalarni ishlab 
    chiqarishda qo‘llaniladi. 
    Shishaplastik quvurlar 150°C va undan ortiq haroratga chidaydi. Ular poliefir smolalardan olinadi. Ulardan 
    suv inshootlarida va kimyoviy suyuqliklarni uzatishda ham foydalaniladi. 
    Uzunasiga o‘lchanadigan buyumlar deganda plintuslar (pol yoki devor o‘rtasidagi chokni berkitib 
    turuvchi uzun taxtalar), zinapoya tutqichi, chaspak (nalichniklar), eshik va oyna bloklari ham ko‘zda tutiladi. 
    ПВX dan tayyorlangan, uzunasiga o‘lchanadigan buyumlar, plintus, dasta va zinapoyachalar uchun 
    nakladkalar tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Plintuslar burama mix yordamida mahkamlanadi, ashyoning silliq 
    sirtidagi iflos dog‘lar oson artiladi, qo‘shimcha bo‘yashni talab qilmaydi. Murakkab shakldagi plintuslarda 
    radio va telefon simlari uchun naychalar qoldirilgan bo‘ladi. 
    Zinapoya tutqichini o‘rnatish va uni mahkamlash juda oson, qo‘shimcha mehnatni talab qilmaydi, sirti 
    to‘g‘ri va silliq, qo‘l bilan ushlash qulay. Zinapoya tutqichlari oq, ko‘k, zangori, havorang, pushti, qizil, 
    kulrang, jigarrang, qora va h.k. bo‘lishi mumkin. Chaspak (nalichnik) eshik, deraza, ayniqsa pardadevor 
    tirqishlarini berkitishda ishlatiladi. 
    Nashelniklar santexnika uskunalari bilan devorlar o‘rtasidagi tirqishlarni berkitishda ishlatiladi. 
    Shuningdek, devorlar o‘rama ashyolar va plitkalar bilan qoplanganda qoladigan choklarga ishlov berish va 
    devorbop yirik panelli binolarning ulanish joylari va choklariga ishlov berish uchun ishlatiladi. Undan tashqari, 
    deraza, eshiklar va yirik panelli devor choklarini zichlashda ishlatiladigan qistirmalar tayyorlanadi. Karnizlar 
    devor bilan shiftning tutashgan burchaklarini bezashda ishlatiladi. Bunday buyumlar bo‘tqa, burama mix 
    yordamida asosga mahkamlanadi yoki issiq havo vositasida payvandlanadi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish