• Kazein — emulsion bo‘tqa
  • Bitum-rezina bo‘tqasi
  • MФ-17 mochevina-formaldegid-yelim
  • Bakelit parda
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet141/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Mochevina-formaldegid (MФ-17) va fenolrezorsina yelimlar bilan yog‘ochga qog‘oz qatlamli plastik 
    listlar, yog‘och tolali plitkalar va pardozlovchi fanerlar yelimlanadi. 
    Kazein-yelim (Б-107) bilan yog‘och qatlamli plastik listlar, yog‘och-qirindi plitkalar, pardozbop suv 
    o‘tkazmaydigan fanera, linkrust kabilarni beton yuzaga yoki suvoqqa yelimlab yopishtirish mumkin. 
    Kazein — emulsion bo‘tqa bilan yog‘och tolali va yog‘och qirindili plitkalar hamda pardozbop 
    faneralarni yog‘och, beton va suvoqli yuzalarga yopishtirish mumkin. Ayrim bo‘tqa va yelimlar, sovuq bitum-
    rezina bo‘tqalarning tarkibi quyidagichadir (og‘irligi bo‘yicha, %): 
    Bitum-rezina bo‘tqasi: eski maydalangan rezina — 7, III markali rezina — 46, benzin — 30, kumaron 
    smola — 3, kanifol — 3, rubaks — 3, antiseptik (krezot yog‘) — 1, VII navli to‘ldirgich asbest — 7. 
    Kazein-sement bo‘tqasi: «OБ» markali kazein yelim — 14, suv — 43, 400 markali portlandsement — 43. 
    Kanifol bo‘tqa: kanifol — 17, olif-oksol — 7, denaturat spirti —11, maydalangan ohak — 65. 
    MФ-17 mochevina-formaldegid-yelim: mochevina-formaldegid smola — 90, yog‘och uni — 8, quruq 
    shavel kislotasi — 2. 
    БР-12 fenol-rezorsin — yelim: fenol-rezorsin smola — 88, qotirgich (benzosulfokislota) — 12. 
    Konstruksion yelimlar. Turli ashyolar va konstruksiyalarni yelimlash uchun eng ko‘p tarqalgan universal 
    epoksid yelim hisoblanadi. Buning uchun to‘ldiruvchi sifatida sement, marshalit, gips, kaolin, talk, rux oksidi, 
    asbest, chinni yoki yog‘och uni, aluminiy, temir, cho‘yan kukuni va boshqa kukun moddalar ishlatiladi.
    To‘ldirgichlar yelimlanadigan choklarga qo‘yiladigan talabga muvofiq tanlanadi. Masalan, chinni unini va 
    tuyilgan qumni qo‘shish bilan chokning issiqlikka chidamliligini oshirish mumkin, u germetiklikni oshiradi
    tolali to‘ldirgichlar (asbest, shisha tola) choklarda hosil bo‘ladigan siljituvchi kuchlarga qarshilik ko‘rsatadi, 
    temir qirindilari esa mustahkamlikni oshiradi. Epoksid yelimlar ftoroplastlarni, polietilen va kapronni yaxshi 
    yopishtirmaydi. 
    Eng ko‘p tarqalgan yelimlar orasida poliefir smolasidan (ПН-1) tarkib topgan yelimlar keng tarqalgan. 
    Unga initsiator sifatida gidroperekis izopropilenbenzol (3%) va qotishni tezlatuvchi kobalt naftenatning 10% li 
    eritmasi (8%) qo‘shiladi. Bunday yelimlar betonlarni yopishtirish uchun ham ishlatiladi. 
    Fenolformaldegid — yelim ko‘proq o‘zlashtirilgan. U bilan fanera, plastmassa, temir va boshqa ashyolar 
    yelimlanadi. Fenolformaldegid yelimlardan ВИAM-В-В-З (zaharli), KБ-З (kam zaharli), (СП-2) suvda 
    eriydigan yelim yog‘ochlarni yelimlash uchun ishlatiladi, shuningdek, БФ-2, БФ-4 kabi yelimlar buyum 
    yopishtirishda ko‘p tarqalgandir. 


    Temirlarni yelimlash uchun fenolepoksid yelim eng yaxshisi hisoblanadi. Undan tashqari, korbinol 
    yelimga 30% xlorperon qo‘shilganda oyna va rezinani yelimlash mumkin. Karbamid, kauchukli, 
    kremniyorganik poliamidli, poliuretanli va polivinil atsetatli (betonni ta’mirlash uchun) yelimlar ko‘p uchrab 
    turadi. 
    Pardasimon yelimlarni ishlatish va tashish oson, ular yuqori harorat, ya’ni 150—180°C da va 1-2 MPa 
    solishtirma bosimda eriydi, bir-biriga yaxshi moslashtirilgan sirtlarni yelimlaydi. 
    Bakelit parda (yupqa qog‘ozga surkalgan fenolformaldegid yelim) bilan qayin daraxtidan ishlanadigan 
    suv o‘tkazmaydigan faneralar yelimlanadi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish