E qosimov, M. Akbarov




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

PIGMENTNING XILLARI 
Tabiiy bo‘r — bo‘yoqchilik ishlarida bo‘r gruntovkalar, shpaklevkalar, shuningdek, suvli har xil 
bo‘yoqlar, asosan yelimli aralashmalar tayyorlashda ishlatiladi.
Kimyoviy tarkibi jihatidan olganda, u toza kalsiy karbonatdir. Unda faqat oz miqdorda temir oksidlari va 
qum uchraydi. Ishlab chiqarish usuliga qarab bo‘r har xil bo‘ladi. Yirik bo‘r kondan qazib olingan holida har 
xil kattalikdagi bo‘laklardan iborat bo‘ladi. To‘yingan bo‘r olish uchun yirik bo‘r tegirmonlarda tortiladi. Bo‘r 
changi olish uchun yanchilgan bo‘r havo separatorlaridan o‘tkaziladi. Separatordan o‘tgan bo‘r suvda loyqatib 
tozalab olinsa, tozalangan bo‘r hosil bo‘ladi. 
Bo‘yoqchilik ishlarida tozalangan bo‘r yoki uning changini ishlatish ma’qul. Chunki bo‘r tuyilgan holatda 
ishlatiladigan bo‘lsa, unga qum aralashtirish zarurdir.
Bo‘r pigmenti qo‘shilgan bo‘yoqning berkituvchanligi 100—120 g/m
2
. Bo‘rni har qanaqa pigmentga 
aralashtirish mumkin, bu jihatdan olganda bo‘r tarkibida ishqor bo‘ladigan boshqa oqlovchi moddalardan katta 
farq qiladi. Bo‘rni istalgan pigment bilan ishlatish uchun unga ohak aralashmagan bo‘lishi kerak. 
Havoyi ohak oq pigment sifatida ham ishlatiladi. Buning uchun eng toza ohakni tanlab olish kerak, aks 
holda, undagi aralashmalar ohakning rangiga ta’sir etadi. Ohak zamazkaning ba’zi navlarini va linoleum 
yopishtiriladigan bo‘tqani tayyorlash uchun ham ishlatiladi. 
Kaolin — oq tuproq, suvli bo‘yoq aralashmalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Shiplarni va devorning 
yuqori qismlarini kaolin bilan oqlash mumkin. Bunda, kaolinga yelim qo‘shmasa ham bo‘ladi, chunki u juda 
kam ko‘chadi. Bo‘r aralashtirilgan kolerlarga bo‘yalish va texnik sifatlarini yaxshilash uchun kaolin qo‘shiladi. 
Kaolin qo‘shilgan koler ancha moyliroq bo‘ladi, bo‘yoq bir tekis chiqadi. Kaolin qo‘shilmagan kolerga 
qaraganda mo‘yqalam bilan yaxshiroq bo‘yaladi. 
Tayyor bo‘yoqlarning quruq aralashmalarini tayyorlashda to‘ldirgich sifatida bo‘r o‘rniga tuyilgan 

Download 1,14 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish