• Suyak yelimi
  • Kazein yelimi.
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet145/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Bo‘yoqbop yelimlar. Bo‘yoq tarkiblarini tayyorlashda bog‘lovchi sifatida hayvonot, o‘simlik va polimer 
    yelimlar ko‘p ishlatiladi. Bo‘yaladigan yuzani gruntlashda, devorlarni shpaklyovkalashda, bo‘yoq tarkibini 
    tezroq qotirish maqsadida yelimli eritmalardan foydalaniladi. Ular hayvonot yelimi, suyak, kazein va go‘sht 
    pardadan ishlangan xillarga bo‘linadi. 
    Suyak yelimi obdan tozalangan va yog‘i ajratib olingan hayvon suyaklarini qayta ishlab olinadi. Suyak 
    yelimi to‘rt xil ko‘rinishda: qattiq plitka shaklida, yirik donali qilib tuyilgan, kukun qilib tuyilgan va gallerit 
    deb ataluvchi bo‘tqasimon ko‘rinishda tayyorlanadi. Shuni esda tutish kerakki, yelim chirishi mumkin, shu 
    sababli uni quruq joyda saqlash kerak. Yelim eritmasi ayniqsa tez chiriydi. Bunda, chirigan yelimdan 
    foydalanib tayyorlangan bo‘yoq ichki yuzalarga surtilsa, xonada badbo‘y hid uzoq vaqt saqlanib qoladi.
    Bo‘yoq tarkiblar tayyorlash uchun ishlatiladigan suyak va go‘sht parda yelimlari quyidagi texnik talablarga 
    javob berishi lozim: qattiq yelimni 24 soat suvga solib qo‘yganda unda mog‘orlash yoki chirish singari 
    alomatlar bo‘lmasligi, u shishmasligi kerak. 
    Kazein yelimi. Kazein yelimi quruq kazein kukunining ishqor va mineral tuzlar bilan aralashmasidan 
    iborat. Kazein-sut tarkibida 4% miqdorida oqsil moddalar bor. Sut achitilganda undan suzmasimon quyqa 
    tarzda kazein ajralib chiqadi. Tvorogda 20% ga yaqin tozalanmagan xom kazein bo‘ladi. Texnika kazeini 
    sutdan tayyorlanadi. Buning uchun sut achitiladi. Ajratib olingan kazein yuviladi va quritiladi. Natijada, xira 
    sariq rangli qattiq kazein kesakchalar olinadi, keyin ular manniy krupa yirikligida tuyiladi. 
    Kazein sovuq suvda ham issiq suvda ham erimaydi. Uni eritish uchun suvga soda, potash, novshadil spirt 
    kabi ishqorlarning biridan taxminan 5% qo‘shiladi. Shunda kazein erib ketadi va bir soatdan keyin undan 
    pishiq yelim hosil bo‘ladi.
    Kazein yelimi obdan tuyilgan kazeinga so‘ndirilgan ohak va mineral tuzlar (ftorli natriy, soda, mis 
    kuparosi va h.k.) qo‘shib bir oz kerosin aralashtirib tayyorlanadi. Ishlatish uchun juda qulay bo‘lgan 
    kukunsimon kazein yelimi toza bo‘lishi, undan hid kelmasligi kerak. Kazeinli bo‘yoq tarkiblarni tayyorlashda 
    asosan ishqorga chidamli pigmentlar ishlatiladi.
    Qo‘shiladigan ashyolarning sifatiga qarab kazein yelimi ikki xil: ekstra (В-107) va oddiy (06) navda 
    tayyorlanadi. Kukun holdagi kazein yelimi bir jinsli, qo‘shilmalar aralashmagan va mog‘orlamagan bo‘lishi 
    kerak. Yelimdan chirigan hid kelmasligi zarur. Bir og‘irlik qism yelimga ikki og‘irlik qism suv qo‘shib, 15—
    20°C haroratda ko‘pi bilan bir soat aralashtirilganda barcha bo‘laklari erib bitgan bir jinsli eritma hosil bo‘lishi 
    kerak. Yelimni quruq joyda saqlash shart. 
    Kazein yelimi asosan fasadlarni bo‘yashda ishlatiladi, chunki u juda pishiq, yuvilmaydigan bo‘yoq parda 
    hosil qiladi. 
    Kraxmallar. Qanday xomashyodan tayyorlanganiga qarab kraxmallar har xil bo‘ladi: kartoshka, 
    makkajo‘xori, bug‘doy, guruch kraxmali va boshqalar. Kraxmal kaftga solib siqilganda g‘irchillaydigan mayda 
    oq kukundan iboratdir. 


    Kraxmal sovuq suvda erimaydi, shuning uchun uni ishlatishda ustiga issiq suv quyiladi va qaynatiladi, 
    shundan keyin quyuq kleyster hosil bo‘ladi. Kraxmal dumaloq-dumaloq bo‘lib qolmasligi uchun unga avval 
    sovuq suv qo‘shib qoriladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish