Pigmentlarning yorug‘likka chidamliligi




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Pigmentlarning yorug‘likka chidamliligi deganda ularning tabiiy yoki sun’iy yorug‘lik ta’sirida o‘z 
rangini saqlab qolish xususiyati (ya’ni qorayishi yoki kuyishi) tushuniladi. Buning uchun alif bilan 
qorishtirilgan pigment shisha bo‘lakka surtiladi, keyin uning 5/6 qismini qog‘oz bilan berkitib, quyosh nuriga 
yoki sun’iy yorug‘lik yo‘nalishiga tik qilib qo‘yiladi. Bo‘yoq surtilgan shisha plastinkaning ochiq qismidagi 
pigment rangining o‘zgarishiga qarab, uning yorug‘likka chidamliligi aniqlanadi. 
Ishlatilishi qulay bo‘lgan suyuq bo‘yoq tarkibini tayyorlash uchun 100 g pigmentga sarflangan alif miqdori 
pigmentning moy singdiruvchanligi deb ataladi. Pigmentlar rangiga ko‘ra axromatik (rangi oq, kulrang va 
qora) va xromatik (boshqa turdagi ranglar) guruhlarga bo‘linadi. 
Har bir ashyo rangli yorug‘lik nurlarining bir qismini yutadi, bir qismini esa qaytaradi. Shunga ko‘ra biz 
ashyo rangini ko‘ramiz, ya’ni ashyodan qaytgan nurlarning rangi organizmda — ko‘zda aks etadi. 
Ashyolarning bu xossasi bo‘yoqchilikda alohida muhim ahamiyatga ega, chunki bo‘yoqchilik ishlarida 
manzaralar hosil qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad ashyolarning rangdorlik sifatiga to‘la asoslangandir. 
Pigment rangini aniq bilib olish juda muhim, aks holda, loyihada ko‘rsatilgan rang tusini beradigan bo‘yoq 
aralashmasini hosil qilish qiyin. 
Oxra, surik, yashil va boshqa bir qancha pigmentlar xilma-xil tus beradi. Bo‘yoq aralashmaning talab 
etilgan tusini tanlashda shu aralashmani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan pigmentlar rangini bilish kerak. 
Standartda bo‘yoqlarning rangi va tusini tegishli shkala va etalonlar rangi va tusi bilan taqqoslab aniqlash 
usuli ko‘rsatilgan. Bo‘yoq tusining tiniqligi ikkita yonma-yon turgan tusga qarab aniqlanadi. Bu usul 
pigmentlar, moyli laklar, bo‘yoqlar, emallar, nitrobo‘yoqlar rangini aniqlashda qo‘llaniladi. 
Bo‘yoq pardasining quyosh nuri, yomg‘ir, qor, shamol va boshqa faktorlarning yemiruvchi ta’siriga 
bardosh bera olish xususiyati uning muhit ta’siriga chidamliligi deb ataladi. 
Lak-bo‘yoq ashyolarning muhit ta’siriga chidamliligi muhit stansiyalarida tekshiriladi. Muhit stansiyalari 
binolar tomida yoki yerda, ya’ni muhit to‘la ta’sir etadigan ochiq joylarda tashkil qilinadi. 
Ashyolarning muhit ta’siriga chidamliligini sinash ishi uchun vizirometr deb ataladigan asbobdan 
foydalaniladi. Bu asbob yordamida bo‘yalgan plastinkalarga navbatma-navbat sovuq va issiq, nam va quruq 
havo hamda ultrabinafsha nurlar ta’sir ettiriladi. 
Bo‘yoqchilikda ishlatiladigan pigmentlarning ishqorlar ta’siriga bardosh bera olish xususiyati 
bo‘yoqlarning ishqorga chidamliligi deb ataladi. Ohaktosh, kazeinli, silikatli va boshqa xil bo‘yoq 
aralashmalar tarkibida ishqor bo‘ladi. Shuning uchun, bunday aralashmalar tayyorlashda ishqorlar ta’siridan 
parchalanmaydigan va o‘zining tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmaydigan pigmentlar qo‘llanishi kerak. 
Ishqor ta’sirida o‘zgaradigan eng ko‘p qo‘llanadigan pigmentlarga kron va lazurdan iborat xromli yashil 
bo‘yoqlarning barcha xillari, qo‘rg‘oshinli, limon tusli hamda sariq kronlar, bo‘yoqchilikda ishlatiladigan lazur 
va hokazolar kiradi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, ishqor ta’siriga bardosh bera olmaydigan pigmentlar va yelimli koler kabi 
neytral aralashmalarni to‘la qurimagan suvoq yuzasini bo‘yash uchun ishlatib bo‘lmaydi, chunki suvoqda 
ishqor bo‘lishi mumkin, u esa bo‘yoqni buzadi. 
Pigmentning tashqi ko‘rinishiga qarab, ishqor yemiruvchi ta’siriga chidamli yoki chidamli emasligini bilib 
bo‘lmaydi. Qurilish sharoitida pigmentlarning ishqorga chidamliligini sinab ko‘rish mumkin, buning uchun 5 
% li ishqor eritmasiga 2-3 g pigment solinadi, 1-2 soat o‘tgandan so‘ng pigmentni ishqor eritmasidan olib 
etalon pigment rangi bilan taqqoslab ko‘riladi. 
Suvli kolerlar tayyorlashda qo‘llaniladigan pigmentlar suvda erimasligi kerak. Suvda eruvchan 
pigmentlarni suvli kolerlar tayyorlash uchun ishlatish yaramaydi. Chunki, tarkibida suvda eruvchan pigmentlar 
bo‘lgan aralashmalar bo‘yoq ishlarida ishlatilganda bo‘yalgan yuzalarning ba’zi joylarida bo‘yoq quyilib 
qoladi. Bundan tashqari shu xil yuzalarni ta’mirlashda «unish» sodir bo‘ladi, ya’ni suvda eruvchan pigment 
qo‘shib tayyorlangan bo‘yoqning rangi yangi bo‘yoq orasidan o‘tib yuzaga chiqib qoladi. 


Pigmentlarning suvga chidamliligini aniqlash uchun suvda suyultirilgan bo‘yoqdan bir tomchi olib, oq filtr 
qog‘ozga tomiziladi. Tomchi atrofida hosil bo‘lgan rangsiz nam dog‘ bu bo‘yoqning suvda erimasligini 
ko‘rsatadi. Filtr qog‘ozda tomchi atrofiga yoyilib ketgan rangli dog‘ning hosil bo‘lishi esa bo‘yoqning suvda 
eruvchanligini ko‘rsatadi. 
Yupqa qilib surtilgan suyuq aralashmaning qotib bo‘yoq pardaga aylanish jarayoni qotish deb ataladi. 
Qotish jarayoni 2 asosiy bosqichga bo‘linadi: «changdan» qotish va «to‘la» qotish. Eng yupqa sirtqi bo‘yoq 
parda hosil bo‘lish payti «changdan» qotish deb ataladi. Yuzaga berilgan bo‘yoq ashyo qavatining batamom 
qotib bir xil parda hosil bo‘lish paytiga «to‘la» qotish deb ataladi. Buning uchun plastinkaga paxta tamponi 
qo‘yiladi, uning ustiga yuzasi 1 sm
2
ga teng bo‘lgan yog‘och plastinka, plastinka ustiga esa 200 g keladigan 
yuk qo‘yiladi. Yarim minut o‘tgandan keyin yuk — yog‘och plastinka va paxta tamponi olinib, bo‘yoq parda 
yuziga paxta tolalari yopishganligi va ulardan iz tushib qolganligi tekshiriladi. Bu alomatlarning bo‘lmasligi 
bo‘yoq pardaning to‘la qotganligini ko‘rsatadi. 
Lak-bo‘yoq pardaning yaltiroqligi fotoelektrik usul bilan aniqlanadi. Bunda, parda sirtidan o‘tgan nurlar 
tarami fotoelementning nurga sezgir qatlamiga tushganda hosil bo‘ladigan fotonni o‘lchashga asoslangan. 
Bu usul bilan lak-bo‘yoq pardalarning yaltirashi etalon deb qabul qilingan oyna yaltiroqligi bilan 
taqqoslanadi. Oynaning yaltiroqligi 100 barobar deb qabul qilinib, sinalayotgan bo‘yoq pardaning yaltiroqligi 
oyna yaltiroqligiga nisbatan shartli ravishda hisoblanadi. 
Bo‘yoq yoki lak pardani bukilgandagi mustahkamligini aniqlash uchun sinalayotgan bo‘yoq yoki lok ashyo 
qalinligi 0,2-0,3 mm, eni 20 mm va uzunligi 100—150 mm keladigan tunuka plastinkaga surtiladi. Bo‘yoq 
qotgandan keyin plastinkaning bo‘yalmagan tomonini sterjenga qattiq qisib turib, sterjen atrofida 180° ga asta-
sekin bukiladi. Sinash qalinligi 20 mm keladigan sterjendan boshlanadi, keyin plastinkaning boshqa joyi 
qalinligi 15 mm keladigan sterjenda bukiladi. Bukish shu yo‘sinda bo‘yoq pardada yoriqlar paydo bo‘lguncha 
davom ettiriladi. Bo‘yoq pardaning bukilishga mustahkamligi shu lak-bo‘yoq qoplamani bukishda 
shikastlanmagan eng ingichka sterjenning diametri bilan ifodalanadi. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish