BO‘YOQCHILIKDA ISHLATILADIGAN ASHYOLAR




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

BO‘YOQCHILIKDA ISHLATILADIGAN ASHYOLAR


 
Aliflar. Lak-bo‘yoqlar tayyorlashda asosan tabiiy va aralashtirilgan (sun’iy) aliflar ishlatiladi.
Tabiiy aliflarning qotishi kolloid kimyoviy jarayon bo‘lib, u havodagi kislorod bilan oksidlanish 
natijasidir. 
Tabiiy alif zig‘ir, kanop, kungaboqar va boshqa o‘simlik moylaridan tayyorlanadi. Buning uchun o‘simlik 
moyiga maxsus aralashma (sikkativlar) qo‘shilib, u 200°C gacha qizdiriladi. Zig‘ir va kanopdan olinadigan alif 
qurilishda yuqori sifatli ashyo hisoblanadi. Shuning uchun ular o‘ta muxim inshootlardagina ishlatiladi. 
Tabiiy alifning kamchiligi uning sekin qurishi, sun’iy aliflardan qimmatroq turishidir. Tabiiy alif o‘rniga 
quyuq-suyuqligi va parda hosil qilish xossalari unga yaqin bo‘lgan sun’iy va yarim sun’iy aliflarni ishlatish 
mumkin. 
Yarim sun’iy alif tayyorlash uchun o‘simlik moyi maxsus ishlanib, quyuq yopishqoq modda holatiga 
keltiriladi, keyin unga teng miqdorda (ya’ni 50%) erituvchi qo‘shiladi. Erituvchi suyuqlik sifatida skipidar, 
uayt-spirt yoki solventnaft (benzol) ishlatish mumkin. Yarim sun’iy alifning tez qurishiga sabab tarkibidagi 
erituvchining uchib ketishi hamda moyning havodagi kislorod bilan oksidlanishidir. 
Qurilishda eng ko‘p tarqalgan yarim sun’iy aliflardan biri oksol aralashmasidir. Oksol aralashmali alif 
olish uchun zig‘ir yoki kanop moyiga kungaboqar moyi aralashtiriladi, keyin unga sikkativ qo‘shib, issiq havo 
bilan qaynatiladi, hosil bo‘lgan quyuq yopishqoq moyni uaytspirt yoki solventnaft bilan suyultiriladi. Oksol 
aralashma quyuq bo‘yoqlarni suyultirish va binoning faqat ichki yuzalarini moylash uchun ishlatiladi. 
Sun’iy (surrogatli) aliflar neft mahsulotlaridan, masalan, neftenol va karbonol aliflar yoki kanifol va 
shunga o‘xshash organik moddalardan ishlanadi. Aliflar qurilishda quyuq moyli bo‘yoqlarni suyultirishda
temir konstruksiyalarni dastlabki moylashda, tunukalarni va deraza panjaralarini va boshqa ko‘p qurilish 
buyumlarini aliflashda, shpaklyovkalar tayyorlashda ishlatiladi. Surrogatli aliflar binoning ichki yuzalari va 
ikkinchi darajali inshootlar uchungina ishlatiladi. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BO‘YOQCHILIKDA ISHLATILADIGAN ASHYOLAR

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish