• Berkituvchanlik qobiliyati
  • Pigmentning ranglash kuchi
  • Pigmentlarning biriktiruvchanligi
  • Pigmentlarning maydalik darajasi
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet147/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

     
    Pigmentlarning tasnifi 
    Bo‘yoqchilikda ishlatiladigan moddalarning xilma-xilligi texnologiyalar takomillashuvida katta rol 
    o‘ynadi. Ota-bobolarimiz pigmentlarni sirtga yaxshi yopishishini ta’minlashda mo‘m, tuxum oqi, tvorog, ohak 
    va boshqa bog‘lovchilardan keng foydalanganlar.
    Zamonaviy texnologiyalar har xil sintetik smolalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Pigmentlarning sifati 
    quyidagi ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi: 


    Berkituvchanlik qobiliyati — pigmentni alif bilan aralashtirib hosil qilingan suyuq bo‘yoq tarkibi oyna 
    shishasi yuzasiga surtish yo‘li bilan aniqlanadi. Pigmentning berkituvchanligi 1 m
    2
    yuzaga sarf qilingan (g 
    hisobida) pigment miqdori bilan aniqlanadi. 
    Pigmentning ranglash kuchi deganda qizil yoki yashil pigmentlarni oq pigment bilan aralashtirganda o‘z 
    rangini yo‘qotish xususiyati tushuniladi. Agar pigmentning rang beruvchi kuchi yuqori bo‘lsa, ochiq va nafis 
    rang hosil qilishda oq pigmentga undan juda kam aralashtirsa ham bo‘ladi. 
    Pigmentlarning biriktiruvchanligi bilan ranglash kuchi bir-biridan batamom farq qiladi. Masalan, sariq 
    rangdagi oxra pigmentining ranglash kuchi unchalik yuqori bo‘lmasa ham, berkituvchanligi ancha yuqori 
    (65—100 g/m
    2
    ) bo‘ladi, ishqor ta’siriga chidamsiz bo‘lgan lazur deb ataluvchi pigmentniki esa, aksincha
    ranglash kuchi yuqori, berkituvchanligi past. Rangli yuzalarni bo‘yashda berkituvchanligi bilan ranglash kuchi 
    yuqori bo‘lgan pigmentlarni ishlatish tavsiya etiladi. 
    Pigmentlarning maydalik darajasi bo‘yoqning mayinligi va undan hosil bo‘ladigan bo‘yoq pardaning 
    kirishishiga, shuningdek, bo‘yaladigan yuza bilan uning mustahkam yopishishiga katta ta’sir qiladi. Pigment 
    qanchalik mayda tuyilgan bo‘lsa, uning berkituvchanligi, ranglash kuchi va boshqa xususiyatlari shuncha 
    yaxshilanadi. Pigment zarracha 0,01 dan 0,055 mm yiriklikka qadar tuyilgan bo‘lishi kerak. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish