|
E qosimov, M. Akbarov Pdf ko'rish
|
bet | 146/168 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #124022 |
Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005O‘simlik yelimlari ikki xil bo‘ladi: dekstrin va un changi. Dekstrin kraxmalni qayta ishlab olinadi, un
changi esa don yanchish sanoatining chiqindisidan olinadi. Ishlatish uchun qulay bo‘yoq tarkibi olish uchun 45
g quruq dekstrin, 1 kg bo‘r kifoya qiladi. O‘simlik yelimlari gruntlash, shpaklyovkalash va bo‘yoq tarkiblarini
tayyorlashda, bog‘lovchi modda sifatida, shuningdek, gulqog‘ozlarni devorga yopishtirishda ishlatiladi.
Sun’iy yelim — sun’iy smolalarning suvdagi eritmasi, ya’ni karboksilmetil sellulozalari bilan
metilsellulozalarning suvdagi eritmasidir. Sarg‘ish rangli yog‘och sellulozani kimyoviy yo‘l bilan qayta
ishlashdan hosil bo‘lgan mahsulot — karboksilmetil selluloza chirishga chidamli, shishish xususiyatiga ega
bo‘lgan suvda eruvchan smoladir. U yelimli va moyli bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.
Polimer yelimlar yopishuvchanligi juda yuqori bo‘lgan sintetik polimer moddalardan iborat. Bunday
yelimlar suvli yoki spirtli eritmalar asosida tayyorlanadigan emulsiyalar sifatida ishlatiladi. Masalan, НПВA
yelimi suv va spirt eritmasi asosida tayyorlanadi. U parda ashyolarni, gulqog‘ozlarni, darz ketgan yoki
shikastlangan temir-beton konstruksiyalarni (НПВA sement yelimi) yopishtirishda ishlatiladi.
Suyultiruvchi ashyolar. Quyuq bo‘yoq tarkiblarni suyultirishda yoki mineral pigmentlar asosida
bo‘yoqlar tayyorlashda suyultiruvchi ashyolar ko‘p ishlatiladi. Suyultiruvchining erituvchidan farqi shundaki,
suyultiruvchiga parda hosil qiluvchi modda qo‘shilgan bo‘ladi. Bu esa bo‘yoq tarkiblarining sifatini anchagina
yaxshilaydi. Suyultiruvchi emulsiyalar gruntovkalar tayyorlashda va quyuq moy bo‘yoqlarni suyultirishda
ishlatiladi.
Masalan, rux va litropon belilasi hamda rangli quyuq bo‘yoqlardan temir surigi, mo‘miyo va oxralarni
suyultirishda emulsiyalar ko‘p ishlatiladi. Qanday bo‘yoq bo‘lishidan qat’i nazar, unga qo‘shiladigan
suyultiruvchi miqdori 22—40% dan oshmasligi lozim.
Erituvchilar. Barcha bo‘tqasimon bo‘yoq tarkiblarni ishlash uchun qulay darajaga keltirishda erituvchilar
katta ahamiyatga ega.
Erituvchilar ishlatilishiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi: moyli lak va bo‘yoqlar uchun; gliftal va bitum lak bo‘yoqlari
uchun; epoksid, nitroselluloza va perxlorvinil lak-bo‘yoqlari uchun ishlatiladigan erituvchilar.
Yelimli suv-emulsiyali bo‘yoqlar uchun erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Lak-bo‘yoqlarni eritishda
ko‘proq skipidar, solventnaft, uayt-spirt va boshqalardan foydalaniladi.
Sikkativlar («sikko» — quritish demakdir). Qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan sikkativ ruxli marganes
sikkatividir. U naftanat kislotasida eritilgan ruxli marganes tuzidan olinadi. Sikkativlar, asosan moyli va
sintetik lak-bo‘yoqlarning qurishini tezlatish uchun qo‘shiladigan suyuqlikdir. Bo‘yoq pardani tez quritish
kerak bo‘lsa, unga 5-8%, lak uchun esa 10% gacha sikkativ qo‘shish tavsiya etiladi.
PIGMENTLAR
Kimyoviy birikmalar bilan bo‘yalgan, suvda va biriktiruvchilarda, shuningdek, organik eritmalarda
erimaydigan hamda kukun holatida suyuq bog‘lovchilar bilan osongina aralashib bo‘yoq hosil qiladigan
moddalar pigmentlar deb ataladi. Pigmentlar organik va mineral bo‘ladi. Mineral pigmentlar o‘z navbatida
tabiiy hamda sun’iy xillarga bo‘linadi (11.1-jadval).
11.1-jadval
|
| |