E qosimov, M. Akbarov




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

1-bob 
 
QURILISH ASHYOLARINING XOSSALARI 
PARDOZBOP QURILISH ASHYOLARI 
 
TASNIFI VA XOSSALARI 
Qurilish ashyolari standartlari 
Qurilish ishlarida texnika taraqqiyotining qurilish usullarini tobora industrlashtirishni va ishlatib 
kelinayotgan ayrim qurilish ashyolari o‘rniga yangilarini ishlatish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini 
takomillashtirishda respublikamizdagi standartlashtirish sistemasi katta ahamiyatga ega. 
«Standart» davlat hujjati bo‘lib, u qurilish ashyolarini ishlab chiqaruvchi va ularni ishlatuvchi har bir 
vazirlik, boshqarma va korxonalar uchun majburiy qo‘llanmadir. Har bir standart o‘z raqamiga va tasdiqlangan 
yiliga ega. Masalan, pardozbob g‘isht standartida — birinchi son uning tartib raqamini, ikkinchisi esa 
tasdiqlangan yilini ko‘rsatadi. 
Har bir qurilish uchun tasdiqlangan standartda ashyoning tarkibi, xossalari, o‘lchami, shakli, sinash 
usullari, qabul qilish shartlari, saqlash va tashish, shu bilan birga fan va texnika yutuqlari kabi ma’lumotlar 
keng yoritilgan bo‘ladi. 
Iqtisodiy islohotlar o‘tkazilayotgan bozor sharoitida xo‘jalik yuritish, pardozbop qurilish ashyolarini ishlab 
chiqarish negizini tubdan isloh qilishni va qurilish tizimida xomashyolar ta’minotini birgalikda qayta tashkil 
qilishni talab qiladi. Respublikamizda mavjud bo‘lgan kapital qurilishni rivojlantirish va qurilish ashyolarini 
ishlab chiqarish majmuasini qayta o‘rganib boshqarish, tashkil qilish va mablag‘ bilan ta’minlash asoslariga 
o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. 
Avvallari qurilishda yig‘ma temir-beton konstruksiyalardan ko‘p qavatli binolar qurish havas bo‘lgan 
bo‘lsa, endi qu‘yma betonli uylar, kottejlar qurish kerak bo‘ladi. Mahalliy qurilish ashyolarini qo‘llash ulardan 
devorbop, issiq-sovuqdan muhofazalovchi buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish qurilish tannarxini 
kamaytiradi. 
Sanoat va qishloq chiqindilaridan ishlangan ashyolar chiqarish va ulardan ilg‘or texnologiya vositasida 
buyumlar tayyorlash qurilishga sarflanadigan xarajatlarni 20% ga, qurilish ashyolari sanoatiga ketadigan 
kapitalni 35-40% gacha kamaytirishi mumkin. Respublikamizdagi pardozbop qurilish ashyolari sanoatining ri-
vojlanishida ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
— pardozbop qurilish ashyolarini ishlab chiqarish sur’ati kapital qurilishga nisbatan oldinda bo‘lishini 
ta’minlash; 
— pardozbop ashyo, buyum va konstruksiya xillarini hozirgi zamon talabiga ko‘ra takomillashtirish, ularni 
har xil maqsadlar uchun ishlatish mumkinligini ta’minlash; 
— pardozbop ashyolar sifatini, ayniqsa zararli muhit ta’sirida uzoqqa chidamliligini ta’minlash; 
— mahalliy xomashyolardan samarali pardozbop qurilish ashyolarini olish; 


— korxonalarning quvvatini bozor talablariga ko‘ra aniqlash; 
— pardozbop qurilish ashyolari sanoatini yangi texnologiya va avtomatlar bilan ta’minlash, ularni 
hisoblash texnikasi orqali boshqarish. Buning uchun xalq xo‘jaligi rivoji rejalariga asoslangan holda 
pardozbop qurilish ashyolari ishlab chiqarishni yo‘lga qoyish, kichik va o‘rta korxonalarni ko‘paytirishni 
yo‘lga qo‘yish zarur. 
Mustaqillik davrida respublikamiz shahar va qishloqlari ko‘rkamlashib bormoqda. Ravon ko‘chalar, go‘zal 
xiyobonlar, ajoyib bino va inshootlar shaharlarimizni yanada salobatli, ko‘rkam qilmoqda. 
Pardozbop qurilish ashyolarining xossalarini va tuzilishini bir xil muhit ta’sirida o‘zgarishi umumiy 
qonuniyatga mos keladi. Masalan, zichligi bir xil bo‘lgan barcha ashyolarga ta’sir etuvchi zararli muhit ularni 
bir tizimda to‘la buza olmaydi. Agar shu ashyolar g‘ovak bo‘lsa, ularning buzilish jarayoni bir-biridan farq 
qiladi. 
Qurilish ashyolarining xillari, shu qadar ko‘pki siz o‘quvchi va talabalar ularni bir tizimga tushirib maxsus 
tasnif yordamida o‘rgansangiz qurilish ashyolari to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumot olishingiz maqsadga 
muvofiq bo‘ladi (1.1-rasm). 
Qurilish ashyolari tabiiy va sun’iy bo‘ladi. 
Sun’iy qurilish ashyolarini ishlab chiqarish tegishli yo‘nalishlarga bo‘linadi. Masalan, sement sanoati
shisha sanoati va h.k. 
Har bir qurilish ashyosi o‘zining tarkibi, ishlatiladigan xomashyolarning kelib chiqishi va ishlab chiqarish 
texnologiyasiga ko‘ra, yuqorida keltirilgan xossalarga ega. Ashyoning tarkibi, tuzilishi va holatining o‘zgarishi 
bilan uning qurilish va texnologik xossalari ham o‘zgaradi. Qurilish ashyolari xossalari turg‘un bo‘lmaydi, ular 
fizik, mexanik va kimyoviy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib turadi. 
Qurilish ashyolarini texnik xossalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. 

Download 1,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish