• Muzlashga chidamlilik.
  • Nam va quruq holatdagi deformatsiyalanish




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Nam va quruq holatdagi deformatsiyalanish. Ba’zi ashyolarni (gil, yog‘och va h.k.) suvga shimdirilsa, 
    hajmi o‘zgaradi, ya’ni ayrim hollarda ma’lum darajagacha shishadi. Shishganda yoki hajmi kattalashganda 
    ashyoning chiziqli hajm o‘lchamlari o‘zgaradi, ammo quritilganda u yana o‘zining avvalgi holatiga qaytadi. 
    Qotish yoki qurish jarayonida ayrim ashyolarning (gil, yog‘och, beton va boshqalar) hajmi kichrayadi. Bu 
    hol ashyoning kirishishi deb ataladi. 
    Suv o‘tkazuvchanlik. Ashyoning bosim ostida o‘zidan suv o‘tkazishi uning suv o‘tkazuvchanligi deb 
    ataladi. Ashyoning bu xossasi tom yopish, suv inshootlari va hovuzlar qurishda juda katta ahamiyatga ega. 
    Suv o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi namunaning 1 sm
    2
    yuzasidan 1 soat davomida o‘zgarmas bosim ostida 
    o‘tgan suv miqdori bilan (sm
    3
    ) o‘lchanadi. Juda zich ashyolargina, masalan, bitum, shisha, po‘lat, polimer va 
    maxsus tarkibli beton amalda suv o‘tkazmaydi. 
    Muzlashga chidamlilik. Ashyoni suvga to‘yingan holatida muzlatib yana qayta eritganda unda sezilarli 
    buzilish alomatlari bo‘lmasa, ya’ni mustahkamligi 25% dan, og‘irligi esa 5% dan ko‘p kamaymasa bu ashyo 
    muzlashga chidamli deb hisoblanadi. 
    Ashyo g‘ovaklaridagi suv harorat pasayishi bilan muzlaydi. Bunda suv hajmi 10% gacha kengayadi. 
    Ashyoning muzlashga chidamliligi maxsus muzlatgich kameralarida aniqlanadi. Buning uchun 
    sinalayotgan ashyodan tayyorlangan namuna quritilib og‘irligi topiladi, so‘ngra to‘la suv shimdirilib, 
    muzlatgich (harorati 

    15°C bo‘lgan) kameraga qo‘yiladi. Muzlagan ashyoni eritish uchun, uni normal harorat-
    dagi (20—25°C) suvga tushiriladi. Ashyoning turiga qarab, muzlatish va eritish uchun 4—6 soat vaqt ketadi. 
    Namunaning 1 marta muzlatib eritilishi bir sikl deb ataladi. 


    Serg‘ovak ashyolarning suv shimish darajasi 85% dan oshmasa, uni muzlashga chidamli ashyo desa 
    bo‘ladi. Shuningdek, tuzilishi zich bo‘lgan, hamda har tomoni berk g‘ovaklardan tashkil topgan ashyolarning 
    muzlashga chidamliligi yuqori bo‘ladi. Muzlashga chidamlilik darajasiga ko‘ra qurilish ashyolarini quyidagi 
    markalarga bo‘lish mumkin: (Muz) 10, 15, 25, 35, 50, 100, 150, 200, 300 va undan ko‘p.
    Namunalarni 10, 15 ... yoki 300 siklgacha sinab, ularni siqilishga bo‘lgan mustahkamligini etalon 
    namunalarga nisbatan qanchaga kamayganligi aniqlanadi va u muzlashga chidamlilik koeffitsienti — K
    muz
    orqali ifodalanadi. 
    Muzlashga chidamli qurilish ashyolarining K
    muz
    ko‘rsatkichi 0,75 dan ko‘p bo‘lishi kerak, ya’ni K
    muz 

    0,75. 
    Tajribaxona sharoitidagi muzxonalarda sinalgan ashyolarning muzlashga chidamlilik ko‘rsatkichi uch 
    yillik tabiiy muhit ta’siriga to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun ayrim qurilish ashyolarining muzlashga 
    chidamlilik markasini keltiramiz: devorbop qurilish ashyolari — 15—35 sikl; tombop asbestsement — 30—
    50; yuk ko‘taradigan konstruksiyalar, gidrotexnik inshootlar, yo‘l qurilishi betonlari — 50—300 va h.k. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nam va quruq holatdagi deformatsiyalanish

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish