Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005
MOOS ning qattiqlik shkalasi Ishqalanishga qarshilik. Pol, zinapoya, yo‘l singari ishqalanish kuchi ta’sirida bo‘lgan joylarda
ishlatiladigan ashyolar ishqalanishga sinab ko‘riladi. Buning uchun kub, plita yoki diametri 25 mm ga teng
bo‘lgan silindr (namuna)lar tayyorlanadi.
Ashyoni ishqalash doirasida 1000 marta aylantirilganda namunaning 1 sm
2
yuzasidan yo‘qotgan og‘irligiga
ishqalanish deb ataladi.
QURILISH ASHYOLARINING UMUMIY XOSSALARI Ushbu tushuncha barcha pardozbop qurilish ashyolariga tegishli bo‘lib, ularning xossalari va ichki
tuzilishlariga ko‘ra zararli muhit ta’siriga chidamli mexanik kuchlar, biologik va kimyoviy moddalar ta’sirida
ishonchli xossalarni o‘zida mujassam etgan ashyo bo‘lmog‘i kerak. Masalan, qurilish ashyolarining
chidamliligi deganda, ular qayerda ishlatilmasin hamma xossalari bo‘yicha davlat andozalarini qoniqtiradigan,
shuningdek, uzoq davr zararli muhitda ishlatilganda ham sifat ko‘rsatkichlari yomon bo‘lmaydigan ashyolarni
tushunmoq lozim.
Pardozbop qurilish ashyolarining chidamliligi ularning tarkibiga, tuzilishiga va sifatiga, shuningdek, unga
ta’sir etuvchi zararli moddalar xiliga, harorat, namlik kabi ko‘rsatkichlar darajasiga bog‘liq. Har bir ashyo
qanday muhit sharoitida ishlatilishiga qarab tanlanadi. Masalan, konstruksiya yoki buyum kislota yoki uning
eritmalari ta’sirida bo‘lsa, shu muhitga chidamli bo‘lgan ashyolar (kislotaga chidamli betonlar, tosh eritmasi
asosida ishlangan buyumlar, suyuq shisha va h.k.) tavsiya etiladi.
Pardozbop qurilish ashyolarining chidamliligi (ishlatilishida) ta’sir etuvchi zararli muhitda qancha davrda
buzilish nuqsonlari paydo bo‘lishi, namunalarni tajribaxonalarda zararli suyuqliklarda saqlab ularning
og‘irliklari va mustahkamliklarini hamda rangining o‘zgarishi bilan baholanadi.
Bino va inshootlarni ko‘tarib turuvchi barcha konstruksiyalarning zararli muhitda chidamlilik muddati
ulardan foydalanish davriga teng bo‘lishi kerak. Ashyolarni zararli muhitda chidamlilik ko‘rsatkichi