• YOG‘OCH — ME’MORLAR IJODIDA
  • PARDOZBOP YOG‘OCH ARXITEKTURASI




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    PARDOZBOP YOG‘OCH ARXITEKTURASI 
    XX asrda yog‘och arxitekturasida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan sintetik yelimlarning yaratilishi 
    rivojlanish uchun turtki bo‘ldi. Yog‘och asosida yelimlangan ashyolar olishga imkoniyat tug‘ildi, yangi 
    arxitektura shakllari va estetika paydo bo‘ldi, natijada yog‘ochning ishlatilish ko‘lami kengaydi. Yog‘och 
    sanoat va qishloq xo‘jaligi binolarida yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi ashyolar sifatida keng qo‘llanila boshladi. 
    Yog‘ochdan tayyorlangan konstruksiyalar hozirgi kunda ham ko‘plab ishlatilmoqda. 


    O‘rta Osiyoda yog‘ochdan qurilgan sinch devorlar binolarning mustahkamligini oshirdi. Sinch oralari 
    g‘isht va boshqa issiqlikni saqlovchi ashyolar bilan to‘lg‘iziladi. Bunday binolar asosan bir yoki ikki qavatli 
    binolarni qurishda keng ishlatiladi.
    Yelimlangan yog‘och buyumlar yuqori mustahkamligi, yengilligi, biologik chidamliligi, iqtisodiy sama-
    radorligi yaxshi bo‘lgani uchun arxitektura kompozitsiyalarini olishda keng qo‘llanila boshladi. Yangi estetika 
    paydo bo‘layotgani nafaqat arxitektorlarni, balki quruvchi mutaxassislarning ham e’tiborini tortdi. 1906-yilda 
    germaniyalik yog‘och ustasi Otto Xetser yelimlangan egilgan yog‘och konstruksiyalar yaratish borasida 
    birinchi patentni olgan. Shundan keyin ko‘pchilik mamlakatlarda yelimlangan yog‘och konstruksiyalar —
    to‘sin, ravoq, rom, ferma va boshqa fazoviy konstruksiyalar yaratilgan. 
    Yelimlangan yog‘och-taxtalar sanoat, transport, savdo, sport va boshqa turdagi inshootlarning tom 
    konstruksiyalarida ko‘plab ishlatilmoqda. Yelimlangan yog‘och romlarning turlari 2.1-rasmda, yelimlangan 
    fazoviy konstruksiyalarning ko‘rinishi 2.2- va 2.3-rasmlarda, yelimlangan yog‘och plitalar tuzilishi esa 2.4-
    rasmda ko‘rsatilgan. 
    YOG‘OCH — ME’MORLAR IJODIDA 
    Qurilish amaliyotida yog‘ochga kelajak ashyosi sifatida qaraladi. Hozirgi kunda yog‘ochning o‘ziga xos 
    xususiyati va qo‘llanish ko‘lami kengayib bormoqda. U asosan ikki yo‘nalishda — tabiiy holatda va 
    yelimlangan buyumlar sifatida ishlatilmoqda.
    Ikkala holatda ham yog‘ochning fizik xossalari katta ahamiyatga ega. Bu xossasi ashyoning estetik 
    ko‘rinishi va shakllarini belgilab turadi.
    Hunarmand va me’morlar qurilish ashyolarining xossalari va arxitektura shakllarini olishga ta’sir qilishi 
    haqida turli fikrlar aytganlar.
    Qadimda uylar bitta ashyodan — yog‘och, g‘ishtdan yoki shu kabi ashyolardan qurilgan. Bunda ulardan 
    tayyorlangan konstruktiv elementlarning ishlashi katta ahamiyat kasb etmagan. Vaqt o‘tishi bilan ularning 
    kerakli xossalaridan samarali foydalanish rivojlanib borgan. Hozirgi kunda ko‘pincha bino va inshootlarning 
    yuk ko‘taruvchi qismlari beton va temir-beton elementlaridan qurilmoqda. Biroq yog‘ochning ko‘rinishi, 
    estetik xossalari va mustahkamligi arxitektura shakllarini tayyorlashda keng foydalanilmoqda.
    Xonalarning interyerlarida yog‘och alohida o‘rin tutadi. Jumladan, uni badiiy dekorativ bezashda yog‘och 
    o‘ymakorligi mahsulotlaridan keng foydalaniladi. Bunda asosan yog‘ochning teksturasi va rangi sifatli 
    buyumlar olishda muhimdir. Har bir yog‘och turi har xil teksturaga va tabiiy ranglarga ega. Lekin tabiiy 
    holatda ishlatilganda uning rangi o‘zgarishi mumkin. Masalan, tayyorlangan yog‘och-taxtaning rangi oq 
    bo‘lsa, ma’lum vaqtdan keyin u sarg‘ayib borishi mumkin va h.k.
    Kompozitsiyalarni tayyorlashda yog‘och ustalari turli rangdagi yaltiroq bo‘yoqlarni ishlatishi natijasida bir 
    xil rangli buyumlar tayyorlanishi mumkin. Zamonaviy uylarni dekorativ bezashda va estetik ko‘rinishini 
    yaxshilashda bunday usulda tayyorlangan yog‘och buyumlari muhimdir. Masalan, 2.6-rasmda egilgan 
    yog‘ochdan yasalgan vintsimon zina ko‘rsatilgan.
    Yog‘och o‘ymakorligi mutaxassislari tomonidan yasalgan elementlar qurilayotgan uylarning fasadlarida 
    ko‘plab ishlatilmoqda. Bunda ishlatilayotgan yog‘ochning tabiiy rangi bir xil bo‘lishi lozim. Aks hollarda uni 
    lok bo‘yoq ashyolari bilan qoplash zarur bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda ashyolarni tabiiy holatda 
    ishlatishga ko‘proq e’tibor qaratilgan. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish