|
E qosimov, M. AkbarovBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Chatnoq (metik) — daraxt tanasining ichidan yorilishi. Bunday yoriqlar tana o‘zagida ancha enli bo‘lib,
daraxtning sirtqi qatlamiga yaqinlashgan sari torayib boradi. Chatnoq daraxtni kesgandan keyingina ko‘rinadi.
U tananing ichki qismi bo‘ylab, to‘g‘ri tekislik yoki burama shaklida bo‘ladi.
Taxta, to‘sin yoki boshqa tilingan yog‘ochlar sifatini aniqlashda chatnoq nuqsoni e’tiborga olinishi lozim.
Yog‘och quritilganda chatnoq yorig‘i kattalashadi.
Ajriq — daraxtning yillik halqasi bo‘ylab yorilishi. Ajriq tana uzunligining bir qismini ishg‘ol etadi.
Daraxtning ko‘ndalang kesimida ajriq yarim yoy, ayrim hollarda doira shaklida bo‘ladi.
Yog‘ochning oftob yoki havo ta’sirida o‘zagiga qadar yorilishi — g‘o‘la, to‘sin va taxtalar tez qurishi
natijasida yuz beradi. G‘o‘la, to‘sin va taxtalardagi yorilish, avvalo uchidan boshlanadi. Chunki nam
yog‘ochning ko‘ndalang kesimida tez bug‘lanadi.
Yog‘ochning hasharotlardan shikastlanishi. O‘sib turgan, kesilgan daraxt va tilingan yog‘ochlar juda
ko‘p zararkunanda hasharotlardan shikastlanib, ularning sifati pasayadi. Hatto u qurilish uchun yaroqsiz bo‘lib
qolishi ham mumkin. O‘sib turgan daraxtga zararkunanda hasharotlar tushsa, u shikastlanadi, ba’zan qurib
qoladi. Bunday hasharotlarga po‘stloq, yog‘och kemiruvchi qo‘ng‘izlar, qurtlar va shu kabilarni kiritish
mumkin.
Yog‘ochning po‘stloq kemiruvchilardan zararlanganligini, uning tashqi ko‘rinishidan bilsa bo‘ladi.
Po‘stloq kemiruvchi qo‘ng‘izlar va tolalar bilan oziqlanadigan qurtlar, odatda, daraxt tanasining sirt qatlamida
kichik chuqurchalar va chigal joylashgan kanalchalar o‘yib shikastlaydi. Po‘stloq kemiruvchilarni deyarli
hamma yog‘ochlarda uchratish mumkin.
Turarjoy va jamoat binolaridagi mebellarga ham qurt tushadi. Bunday qurtlar mebel kemiruvchi qurtlar
deb ataladi. Ular rangi to‘q-qo‘ng‘ir, uzunligi 3-4 mm bo‘ladi. Quruq yog‘ochda diametri 2 mm gacha bo‘lgan
chuqurchalar o‘yib mebel, deraza, pardevor, parket va shunga o‘xshashlarni shikastlaydi. Ko‘p qurt tushgan
yog‘ochning ichki qismi changsimon massaga aylanib, tashqi kuchga qarshilik ko‘rsata olmaydigan darajada
bo‘lib qoladi.
Bular yog‘ochning buzilishiga yoki uning shikastlanish daraja-siga, zamburug‘larning xiliga qarab
guruhlarga bo‘linadi. Zamburug‘lar chirish kasalligini yangi kesilgan yoki o‘sib turgan daraxtning singan
butoqlari orqali tarqaladi.
|
| |