Yorilishga qarshiligi. Yog‘ochga mix, pona va h.k. qoqilganda u tolalari bo‘ylab yorilishi mumkin.
Yog‘ochning yoriluvchanligi, avvalo, tolalarining zichligiga bog‘liq. Yog‘ochni yoriluvchanlikka
sinash uchun
qalinligi va eni 20 mm li prizmani randalab, 2.12-rasmda ko‘rsatilgan o‘lchamlarda namunalar tayyorlanadi va
Mixaelis asbobida ikki uchidagi o‘yiqqa kuch berib tortiladi. Yog‘ochlar juda qiyin yoriluvchan (shamshod,
grab, olcha, tiss), qiyin yoriluvchan (zarang, shumtol, kashtan) va oson yoriluvchan (qarag‘ay, terak, eman,
archa va h.k.) bo‘ladi.