• Ignabargli yog‘ochlarning fizik xossalari
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    YOG‘OCHNING XOSSALARI 
    Yog‘ochning fizik xossalari. Yog‘ochning rangi, asosan, hujayralardagi rangli moddalar miqdoriga
    daraxtning yoshiga va qanday sharoitda o‘sganligiga bog‘liq. Iqlim sharoiti o‘rtacha bo‘lgan joylarda o‘sgan 
    daraxtlar odatda bir xil rangda (oq sarg‘ishdan jigarranggacha) bo‘ladi. 
    Qarag‘ay, tilog‘och, eman va shunga o‘xshash daraxtlar o‘zagining rangi yog‘ochidan tubdan ajralib 
    turadi. Ayrim holatlarda yog‘ochda paydo bo‘ladigan g‘ayritabiiy ranglar, ya’ni rangli dog‘lar yoki qatlamlar 
    unda zamburug‘ kasalligi boshlanayotganligidan darak beradi.
    Fizik-kimyoviy omillar ta’sirida yog‘ochning rangi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi.
    Masalan, zirk daraxti tanasidan tilingan yog‘och vaqt o‘tishi bilan o‘z rangini och-binafshadan sariq-
    qizg‘ish ranggacha o‘zgartiradi. Bunga sabab, yog‘och hujayralaridagi ayrim moddalarning havo va nur 
    ta’sirida oksidlanishidir.
    Namlik yog‘och hujayralarida, ular orasidagi bo‘shliqlarda, pardalar yuzasida erkin, gigroskopik yoki 
    kimyoviy birikkan holatda bo‘ladi. Yangi kesilgan daraxtda namlik miqdori 35 dan 40% gacha bo‘lishi 
    mumkin. Sun’iy yoki tabiiy usulda quritilgan yog‘ochda erkin holatdagi suv 12—15% dan oshmaydi.
    Namlik daraxtda shira holatida ham bo‘ladi. Bu shira tashqi namlik va suv ta’sirida tez achib bijg‘iydi va 
    yog‘ochda kasalliklarni vujudga keltiradi.
    Quyidagi 2.1-jadvalda ignabargli yog‘ochlarning fizik xossalari keltirilgan. 
    2.1-jadval 
    Ignabargli yog‘ochlarning fizik xossalari 
    Quyidagi 2.10-rasmda suvga to‘lgan hujayralar shishish ko‘rsatkichini ularning kesimiga ko‘ra o‘zgarishi 
    ko‘rsatilgan. 
    Yog‘och namligini tajribaxona sharoitida aniqlash ko‘p vaqt talab etadi, shu bilan birga, tayyor 
    buyumlarning namligini aniqlash qiyin.
    Yog‘och buyumlar, taxta va to‘sinlarning namligini aniqlashda yangi usullarni qo‘llash mumkin. 
    Ma’lumki, yog‘ochning elektr o‘tkazuvchanligi uning namligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr nam o‘lchagichning 
    ishlash prinsipi ana shunga asoslangan. Yog‘och qancha nam bo‘lsa, u elektr tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi 
    va aksincha, yog‘och qancha quruq bo‘lsa, u tokni yomon o‘tkazadi.
    Taxta yoki to‘sinning namligini aniqlash uchun asbob uchlari yog‘och sirtiga botiriladi va asbob 220 voltli 
    elektr tokiga ulanadi. Elektr lampochka yonishi bilan asbob shkalasidagi strelka namlikni ko‘rsatadi. Bunday 
    asbob bilan 7—30% namlikni aniqlash mumkin.
    Namlik darajasiga ko‘ra, yog‘och quyidagi xillarga bo‘linadi: suvga to‘la to‘yingan namligi 35% dan ko‘p 
    bo‘lgan yangi kesilgan yog‘och; namligi 15—20% bo‘lgan havoyi — quruq yog‘och; namligi 8—10% bo‘lgan 
    xona quruqligidagi yog‘och. 
    Uzoq vaqt ochiq havoda saqlangan yog‘ochning namligi atrof muhit namligiga tenglashib qoladi. Bunga 
    yog‘ochning muvozanat namligi deyiladi.

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish