IGNABARGLI YOG‘OCH JINSLAR




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

IGNABARGLI YOG‘OCH JINSLAR 
Qurilishda ishlatiladigan yog‘och ashyolarining asosiy qismi ignabargli jinslardir. 
Qarag‘ay qanday tuproqli yerda o‘sganligiga qarab ikki xil bo‘ladi: birinchisi qum tuproqli yerda o‘sgan 
daraxtning yog‘ochli qismi mayda qatlamli bo‘lib, juda zich, pishiq va sarg‘ish-qizil rangda, qattiq bo‘ladi, 
ikkinchisi pasttekislikda o‘sadigan yog‘ochli qismi sarg‘ish, oq yoki qizg‘ish, yirik hujayrali, bo‘sh va yengil 
bo‘ladi. Qalin daraxtzorda o‘sgan qarag‘ayning tanasi to‘g‘ri va kam shoxli bo‘ladi. Qarag‘ay yog‘ochida 
smola ko‘p bo‘lganligi sababli, u tez chirimaydi va nam ta’siriga chidamli bo‘ladi. 
O‘zbekistonda qarag‘ay juda kam. Qozog‘istonning janubida o‘sadigan qarag‘ay boshqa qarag‘ayga 
nisbatan sifatsizdir. Uning tanasi egri, yog‘ochi bo‘sh va tez chiriydi. Qarag‘ay yog‘ochi qurilishning deyarli 
hamma joylarida, jumladan, ko‘prik qurishda, shpallar va turli yordamchi konstruksiyalar tayyorlashda, qo-
liplar yasashda ishlatiladi. Qarag‘ay 350—500 yil yashaydi. 
Archa — yog‘ochligi to‘la pishgan, sarg‘ish-oq yoki qizg‘ish-oq (botqoqliklarda o‘sadigan turi) daraxt. U 
O‘rta Osiyoning tog‘ bag‘rlarida o‘sadi. Archa tanasi to‘g‘ri, silindrsimon, ammo ko‘p shoxli bo‘ladi. Uni 
yorish oson, qarag‘ayga qaraganda kam smolali, shuning uchun, nam ta’sirida tez chiriydi. Quruq joyda ishla-
tiladigan archa yog‘ochi juda uzoq vaqt chirimay saqlanadi. Goh namlanib, goh qurib turadigan joyda 
ishlatilgan archa yog‘ochi 5-6 yildan keyin butunlay chirib ishdan chiqadi. Archa 350 yil yashaydi. 80—150 
yillik archalari qurilish uchun eng yaxshi ashyodir. 
Tilog‘och — katta mag‘zli, qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli, yog‘och qatlamining yupqaligi va o‘zagining rangi 
bilan tubdan ajralib turadi. Tilog‘och yog‘ochi ko‘p qatlamli, pishiq, og‘ir va qattiq, nam yoki suv ta’siriga 
chidamli ashyo hisoblanadi (2.9-rasm). 
Unda smola ko‘p bo‘lganidan zararkunandalar ta’siridan shikastlanmaydi. Tilog‘och gidrotexnik va yer 
osti inshootlarini qurishda keng ishlatiladigan ashyodir. Tilog‘och daraxtlar ichida eng tez o‘suvchi, tanasi 
to‘g‘ri, kam shoxli jins. Suvda ko‘p vaqt saqlangan tilog‘och yog‘ochi yanada pishiqlanadi. Tilog‘och 
yog‘ochining ko‘rinishi tangental kesimi bo‘yicha birmuncha chiroyli bo‘lsa ham mebel sanoatida kam 
ishlatiladi. Bunga sabab, uning qattiqligi hamda tarkibida smola ko‘pligidir. U Rossiya Yevropa qismining 
Shimoli-Sharqida o‘sadi. 
Kedr — katta mag‘zli jins. Kedr yog‘ochi sarg‘ish-oq, o‘zagi esa sariq-qizg‘ish ranglarda bo‘lishi mumkin, 
yillik qatlami yupqa, o‘zi yumshoq, ammo, yetarli darajada pishiqdir. Kedr tanasi to‘g‘ri va uzun. U 600—700 
yil yashaydi. Asosan Rossiyada, Yevropada nam yerlarda o‘sadi. Sifatiga ko‘ra, kedr yog‘ochi qarag‘ayga 
yaqin turadi. Qurilishda xoda va tilingan taxta holida va duradgorlikda ham ko‘p ishlatiladi.
Pixta — mag‘zsiz va kam smolali jins. Uning yog‘ochi qora qarag‘ayning yog‘ochi singari g‘ovak, yengil 
va oson sinuvchan, sifati esa qora qarag‘aynikidan pastroq bo‘ladi. Pixta kam smolali bo‘lganligidan boshqa 
ignabargli daraxtlarga qaraganda tezroq chiriydi. U Kavkazda, Rossiyaning Shimoli-sharqida, O‘rta Osiyoda 
o‘sadi. Pixta xoda va tilingan taxta holida ishlatiladi. 



Download 1,14 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish