emandan ishlangan buyumda darzlar hosil bo‘ladi. Suvda ko‘p vaqt turgan eman yog‘ochi juda qattiq bo‘lib
qoladi. Bunga sabab emandagi teri oshlaydigan kislotalar temir oksidlari bilan birikib,
suvga chidamli ashyo
bo‘lishi va uning yog‘och yuzasini qoraytirishidir. Texnik xossalari yaxshi bo‘lganligi va chidamliligi sababli,
eman ko‘priklar, gidrotexnik inshootlar qurilishida keng ishlatiladi. Eman yog‘ochining radial va tangental
kesimi juda chiroyli. Eman parket,
bochka taxtasi, faner, mebel tayyorlash va pardozlashda ishlatiladi.
Qayrag‘och — o‘zagi och-qo‘ng‘ir yoki kulrang-qo‘ng‘ir, zaboloni keng och-sariq yog‘och jinsdir.
Qayrag‘och taxtasi zarbga yaxshi qarshilik qiladi. O‘zi og‘ir, pishiq, bir oz egiluvchan, qattiqligi o‘rtacha
ashyo. Ayniqsa, suvda o‘z pishiqligini yaxshi saqlaydi,
ochiq havoda, nam sharoitda esa tez chiriydi.
Qayrag‘och gidrotexnik inshootlarda, mashinasozlikda ishlatiladi.
Oq qayin — bargli daraxtlar ichida eng ko‘p tarqalgan jins. Oq qayin yog‘ochi qattiq va pishiq,
lekin
tanasining egriligi va turli hasharot, zamburug‘lar ta’siriga chidamsiz bo‘lganligi sababli ayrim buyumlarga
yaroqsizdir. Undan bolg‘a sopi, yo‘nib ishalanadigan buyumlar yasaladi. U faner
ishlab chiqarish sanoatida
ham ishlatiladi.
Oq qayin po‘stlog‘ining oqligi unda smolasimon moddalar (masalan, betulin) borligini bildiradi. Shuning
uchun po‘stlog‘i shilinmagan oq qayin tanasidan nam o‘tmaydi, unga zararkunandalar zarar yetkazmaydi. Agar
oq qayin yog‘ochi chiriy boshlagan bo‘lsa, uning rangi o‘zgaradi.
Qora qayin — qizil, sarg‘ish ranglarning turli tuslarida uchraydigan jins. Oq qayin daraxtida bunday tuslar
bo‘lmaydi. Har qanaqasiga kesganda ham qora qayinda yillik qatlamlar, o‘zak nurlari yaxshi ko‘rinib turadi
(2.8-rasm).
Qora qayinning radial kesimi juda chiroyli, pishiq, ammo nam va haroratlar ta’siriga chidamsizdir. U
ko‘proq Kavkaz, Qrim va Markaziy Osiyoning janubiy tumanlarida o‘sadi.
Qora qayin yog‘ochi asosan mebel va faner ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi, undan parket va o‘quv
asboblari ishlanadi.