• Uy zamburug‘i
  • YOG‘OCH ASHYOLARNING XILLARI
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Mog‘or zamburug‘i bilan nam yog‘ochlar tez kasallanadi. Ular yog‘och yuzasida kulrang, ko‘k va boshqa 
    ranglarda mayin paxta singari tarqalgan bo‘ladi. Ammo, yog‘ochning mustahkamligiga uncha zarar 
    yetkazmaydi. Bunday zamburug‘lar daraxt kesilgandan keyin, hatto qurigandan keyin ham nobud bo‘lmaydi. 
    Aksincha, yog‘ochda chirish kasalligi taraqqiy etaveradi. Bunday zamburug‘ bilan shikastlangan daraxtdan 
    ishlangan konstruksiya qurilishda qo‘llanilgan taqdirda ham keyinchalik buzilishi mumkin. Ayniqsa, nam 
    sharoitda ularning buzilishi tezlashadi. 
    Uy zamburug‘i deb ataluvchi yog‘och kasalligi juda xavflidir. U odatda kesilgan daraxtni, hatto qoniqarli 
    namlikda ishlatiladigan yog‘och ashyolarini bir necha oy ichida shikastlab, ishga butunlay yaroqsiz qilib 
    qo‘yishi mumkin. Bunday zamburug‘lar bilan shikastlangan yog‘ochlarni inshootlar uchun ishlatish mumkin 
    emas. 
    Zamburug‘ urug‘lari uzoq joylargacha shamolda uchib tarqaladi, ular binolarning yog‘och qismlarini juda 
    tez shikastlab, sal tekkanda maydalanib-sochilib ketadigan qo‘ng‘ir rang ko‘k massaga aylantiradi. Uy 
    zamburug‘i yog‘ochning hamma qatlamini shikastlaydi, ba’zan yog‘ochning faqat kun yorug‘i tushib va havo 
    ta’sir etib turadigan sirti — yupqa qatlamgina sog‘ bo‘ladi. Yog‘och ashyolar uchun eng xavfli nuqson haqiqiy 
    uy zamburug‘i bilan shikastlanishdir. U deyarli hamma yog‘och jinslarda uchraydi. Ayniqsa, ignabargli 
    daraxtlarni ko‘proq shikastlaydi. 
    Bu xildagi zamburug‘lar harorat 15—25°C va namlik 22—35% bo‘lgan muhitda to‘la rivojlanadi va 
    yog‘ochni butunlay chiritib yuboradi. Qorong‘u va zax binolarda, shuningdek, yaxshi quritilmagan 
    yog‘ochlarda zamburug‘lar juda tez ko‘payadi. 
    YOG‘OCH ASHYOLARNING XILLARI 
    Qurilishda ishlatiladigan yog‘och ashyolar ikki asosiy guruhga bo‘linadi: tilingan va tilinmagan ashyolar. 
    Tilinmagan yog‘och deb daraxt tanasining ildiz va butoqlardan tozalangani xari va xodalar deyiladi. 
    Uch qismi diametri 14 sm va bundan katta bo‘lgan, hamda har ikki santimetrdan keyin bir tekisda 
    yo‘g‘onlashib boradigan tilinmagan yog‘ochlar xari deb ataladi (2.13-rasm, a). Agar tilinmagan yog‘och 
    uchining diametri 14 sm dan kam bo‘lsa, u holda xoda (diametri 8—11 sm) yoki xodachalar (diametri 3—7 
    sm) deb ataladi. 
    Xarilarning uzunligi Davlat standartlariga muvofiq 3-9 metr atrofida bo‘ladi. Lekin qurilishda o‘rtacha 
    uzunlikdagi, ya’ni bo‘yi 4—7,0 m keladigan xarilar ko‘proq ishlatiladi. Ularning diametri tubidan uchiga 
    qarab har 1 metrda 1 sm dan 1,5 sm gacha kamayib boradi. Tilingan yog‘ochlarni olishda, har metrda 1,5 sm 
    dan ko‘proq ingichkalashgan xarilar yaroqsizdir. Chunki taxta tilishda ularning ko‘p qismi chiqitga chiqib 
    ketadi.
    Tilinmagan yog‘ochlar sifatiga ko‘ra sortlarga bo‘linadi. Birinchi sortga yuqori sifatli xarilar kiradi. 
    Bunday xarilardan binolarning og‘irlik kuchi ta’sir etuvchi konstruksiyalar, duradgorlik va mebel buyumlari 
    tayyorlanadi. Ikkinchi sortga ayrim nuqsonlari bo‘lgan, ammo zamburug‘ bilan kasallanmagan xarilar kiradi. 
    Bu sortdagi yog‘ochlar kuch ta’sirida ishlaydigan konstruksiyalar, qoliplar va shunga o‘xshashlarni 
    tayyorlashga ketadi. Uchinchi sort xarilarda nuqsonlar ko‘p bo‘ladi, lekin chirish kasalligi bo‘lmasligi kerak. 
    Bunday yog‘ochlar esa bino va inshootlarning ikkinchi darajali qismlari sifatida yog‘och binolar qurishda va 
    shu kabilarda ishlatiladi. 
    Xoda va xodachalardan ko‘pincha qurilishda to‘sin, ustun va sinchlar, hamda tirgaklar tayyorlanadi. 
    Xodalar bo‘yiga arralanib tilingan yog‘och ashyolar olinadi. Yog‘ochning sifatiga va undagi nuqsonlarning 
    miqdoriga qarab tilingan yog‘och ashyolar oltita sortga bo‘linadi. 
    Qurilishda tilingan ashyolarning quyidagi turlari ishlatiladi: xarini bo‘ylamasiga qoq o‘rtasidan arralab 
    bo‘linsa, yarim xarilar hosil bo‘ladi (2.13-rasm, b). 
    Yarim xarilar isitilmaydigan binolarning devorlariga, yopma sinchlariga va boshqalarga ishlatiladi. Yarim 
    xari deganda uning ko‘ndalang kesimini — d/2 tushunmoq kerak. Masalan, xarining diametri 140 yoki 180 
    mm bo‘lsa, yarim xari 140/2 yoki 180/2 deb yoziladi. 
    Butun xarini bo‘ylamasiga to‘rt qismga teng arralab, chorak xari olinadi (2.13-rasm, d). Davlat 
    standartlariga muvofiq, tilingan yog‘ochlar ko‘ndalang kesimning shakliga va katta-kichikligiga qarab qurilish 
    bruslari, bruschalar hamda boshqa xillarga bo‘linadi. 
    Xari to‘rt tomonidan arralansa, to‘g‘ri to‘rtburchak yoki kvadrat kesimli toza kesilgan brus hosil bo‘ladi. 
    Bruslar kesimining o‘lchami 100—220 mm chegarasida belgilanadi.
    Qurilishda asosan ustunlar sifatida kvadrat kesimli bruslar tombop yopma to‘sinlar, stropila to‘sinlar va 
    to‘rtburchak kesimli (2.14-rasm) bruslar ishlatiladi. Ko‘pincha, ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rtburchakli toza 
    qirqilgan brus hosil qilishga zarurat bo‘lmaydi. Yog‘ochni tejash maqsadida xarining to‘rt tomoni chala 
    arralanib, yumaloq qirrali brus hosil qilinadi. 


    Faqatgina ikki tomoni arralangan xari ikki kandli brus deb ataladi. Qurilish uchun uzunligi 1—7 m, eni 
    120—300 mm va qalinligi 110—225 mm bo‘lgan bruslar yaroqli hisoblanadi. 
    Yog‘och ashyolarning qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan xili —taxtadir. Ular ko‘ndalang kesimining 
    shakliga qarab uch xil: eni bir o‘lchamda, hamma tomoni arralangan to‘g‘ri qirrali taxta (2.15-rasm, a), ikki 
    qirrasi chala arralangan yumaloq qirrali taxta (2.15-rasm, b) va ikki qirrasi butunlay arralanmagan taxtalarga 
    (2.15-rasm, d) bo‘linadi. Umuman, taxta deganda eni qalinligidan uch marta ortiq bo‘lgan yog‘ochni tushunish 
    lozim. 
    Xarini arralanganda ikki yoki to‘rtta chekkasidan chiqqan taxta pushtaxta deyiladi (2.15-rasm, e). Bunday 
    taxtalar qurilishda ikkinchi darajali qismlar yoki yordamchi ashyo sifatida ishlatiladi. 
    Taxtalarning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Taxtaning eni 80—300 mm bo‘ladi. Ular qalinligi jihatdan 
    ikki xil: yupqa va qalin xillarga bo‘linadi. Yupqa taxtalarning qalinligi 8, 16, 19 va 25 mm, qalin taxtalarniki 
    esa 40, 50, 60 va 100 mm bo‘ladi. 
    Qurilishda oldindan yo‘nib tayyorlab qo‘yilgan yog‘och elementlardan, polbop shpuntli taxtalar (2.16-
    rasm), chaspaklar, polning devorga tutashgan burchagiga qoqiladigan plintuslar va zinapoya tutqichi kabi 
    yarimfabrikat buyumlar keng ishlatilmoqda. Yo‘nilgan taxtalar ko‘ndalang kesimining shakliga ko‘ra: to‘g‘ri 
    to‘rtburchakli (randalangandan keyin ham o‘zining avvalgi shakli o‘zgarmaydi) va shpuntli xillarga bo‘linadi. 
    Shpuntli taxtalar pol uchun, devorlarni qoplash va pardevorlar qurish uchun ishlatiladi. Bunday taxtalar 
    randalangan bo‘lib, ularning bir chetida shpunt (ariqcha), ikkinchi chetida chizig‘i bo‘ladi. Shu tufayli, ularni 
    bir-biriga zich qilib birlashtirish mumkin. 
    Chaspaklar (2.17-rasm) devor suvog‘i bilan eshik kesakisining bir-biriga tutashgan joyini berkitib turish 
    uchun, shuningdek, yog‘och uylarda deraza hamda eshik o‘rinlariga shakl berish uchun ishlatiladi. Chaspaklar 
    taxtalarning uzunligi bo‘ylab maxsus randa bilan yo‘nib tayyorlanadi. 
    Galtel va plintuslar polning devor bilan tutashgan joyini berkitib turadi. Zina panjaradan foydalanish qulay 
    bo‘lishi uchun, panjaraning yuqorigi tomoniga har xil kesimli tutqichlar mahkamlanadi (2.18-rasm). 
    Yog‘och ashyolar juda ko‘p bo‘lgan joylarda (o‘rmonli rayonlarda) yog‘och taxtalardan imorat tomlarini 
    yopishda ham foydalaniladi. Buning uchun bo‘yi 50—70 sm, eni 8—15 sm va qalinligi 0,3 sm keladigan 
    plastinkalar hamda gont (qalin qirrasi bo‘ylab nov shaklida yo‘nilgan taxtachalar) tayyorlanadi. Ular uchun 
    qattiqligi o‘rtacha bo‘lgan yog‘och (qarag‘ay, terak, zirk daraxti va h.k.) ishlatiladi. 
    Suvoqchilikda ishlatiladigan rezgi taxta qalinligi 2-3 mm, eni 30 mm ga yaqin va uzunligi 1,5-2 mm 
    keladigan reykadir. 
    Fanerlar yupqa yog‘och qatlamlari tolalarini bir-biriga tik qo‘yib, yelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bu 
    qatlamlar yuqori sifatli, tanasi to‘g‘ri bo‘lgan qayin, zirk daraxti, terak hamda qarag‘aydan tayyorlanadi.
    Maxsus stanoklarning keng va juda o‘tkir pichog‘i yordamida aylanib turuvchi xaridan yupqa qatlam —
    faner shponi shilinadi (2.19-rasm). 
    Fanerning o‘lchamlari: 72,5

    183 sm, qalinligi 0,15—1,2 sm. Faner tayyorlashda ishlatiladigan yelim 
    xossalariga qarab suvga chidamsiz va suvga chidamli xilllarga bo‘linadi. Suvga chidamli faner qayin daraxti 
    shponidan tayyorlanadi, bunday fanerning shponlari maxsus sintetik smolalardan (fenolformaldegid, karbamid 
    va h.k. lardan) olingan yelimlar bilan yopishtiriladi: 7, 9 va 11 qatlamli bo‘ladi. 
    Oq qayin yog‘ochidan shilingan shponlarni bakelit yelimi bilan yopishtirib fanerlar olinadi. Bunday 
    fanerlarni tayyorlashda yelimning qanday smoladan ishlanganligiga ko‘ra БФС (spirtda eruvchan smo-
    lalardan), БФB-1 (spirtda va suvda eruvchan smolalardan) va БФB-2 (suvda eruvchan smolalardan) singari 
    markalarga bo‘linadi. Bakelit bilan yopishtirilgan faner juda mustahkam, zararli muhitga chidamli bo‘ladi. 
    Fanerlarni o‘zaro yopishtirib, yelimlangan konstruktiv elementlar tayyorlanadi. 
    Parket — turli yog‘ochdan tayyorlangan, uzunligi 15—50 sm, eni 3,5—9 sm va qalinligi 1,2; 1,7; 2,0 sm 
    keladigan taxtachadir. Parketning ariqchali, shpuntli, falsli va qiya qirrali (2.20-rasm) xillari ishlab chiqariladi. 
    Endilikda donali parket taxtachalarning qalinligi 1,5 sm, uzunligi 15 dan 40 sm gacha, eni 3 dan 6 sm gacha 
    bo‘lgan xillari ishlab chiqarilmoqda. 
    Qurilishda ignabargli daraxt yog‘ochdan tayyorlangan parket shitlar ko‘p qo‘llaniladi. Ularning o‘lchami 
    100

    100 sm dan 140

    140 sm gacha bo‘lishi mumkin. Parket shit kesimi 4,4

    9,4 sm li bruschalardan yig‘iladi, 
    qalinligi 3-3,5 sm li shpunt brusga bir tekis yotqiziladi va unga yaproqli yog‘ochning qattiq turidan tay-
    yorlangan parket taxtachalar ma’lum shaklda suvga chidamli yelim bilan yopishtirilib pol qilinadi. 
    Hozirgi parket shit o‘rniga boshqa yirikroq elementlar: eni 15 sm va uzunligi 300 sm gacha bo‘lgan parket 
    taxtalar va qattiq qog‘ozga yopishtirilgan yig‘ma mozaika parketlari ishlatilmoqda. Bunday polbop 
    elementlarning kattaligi 40—60 sm bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi yog‘ochlardan (2.21-rasm) qalinligi 2,6-5 sm 
    bo‘lgan duradgorlik plitalari ishlanadi. Bunday plita mayda reykalarni bir-biriga yopishtirib va zarur bo‘lgan 
    taqdirda bir yoki ikki tomoniga faner shponi yopishtirib tayyorlanadi. 


    Yuqorida aytib o‘tilgan yarimfabrikat va buyumlardan tashqari zavodda tayyorlangan yog‘och 
    konstruksiyalardan ham qurilishda keng foydalaniladi. Qurilishga yog‘och konstruksiyalar tayyor yoki qurilish 
    maydonining o‘zida yig‘iladigan holda ham keltiriladi. 
    Yopma va qavatlararo konstruksiyalar sifatida kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak va T shaklida yelimlangan 
    to‘sinlar, yig‘ma qoliplar va shunga o‘xshashlar qurilishda ko‘plab ishlatiladi. Bunday konst-ruksiyalarni 
    tayyorlashda yelim sifatida suv ta’siriga chidamli bo‘lgan kazeinli sement, suvga chidamli fenolformaldegid va 
    shu kabilar ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish