• TOG‘ JINSLARINING TARKIB TOPISHI VA KLASSIFIKATSIYASI Yer qatlamida joylashgan tog‘ jinslari paydo bo‘lishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: magmatik
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    3-bob 
    PARDOZBOP TOG‘ JINSLARI 
    TOG‘ JINSLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 
    Tabiiy tosh yog‘och singari eng qadimiy qurilish ashyolaridan hisoblanadi. Insoniyat ilk bor toshdan 
    mehnat asboblari va qurollarini ishlagan. Tabiiy toshlar juda serobligi, mustahkamligi hamda chidamli 
    bo‘lganligi sababli boshpanalar qurishda asosiy qurilish ashyolari sifatida qo‘llanila boshladi. Tog‘ jinslari
    asosan, mexanik ravishda qayta ishlangan (bloklar, plitalar va h.k.) yoki tabiiy holatda (qum, shag‘al), 
    shuningdek, maxsus texnologik jarayonlarda qayta ishlab olingan (bog‘lovchilar, sopol, shisha va boshqalar), 
    qurilish ashyolari sifatida ishlatiladi.
    Bunday tog‘ jinslarining tuzilishi ularni tashkil topish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi va tuzilishi, hamda 
    teksturasiga ko‘ra boshqa tog‘ jinslaridan ajralib turadi. 
    TOG‘ JINSLARINING TARKIB TOPISHI 
    VA KLASSIFIKATSIYASI 
    Yer qatlamida joylashgan tog‘ jinslari paydo bo‘lishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: magmatik (vul-
    qondan otilib chiqqan) yoki birlamchi jinslar, cho‘kindi yoki ikkilamchi jinslar —metamorf jinslar (3.1-
    rasm). 
    Yer qatlamining quyi qismi magma deb ataluvchi yuqori haroratda erigan bo‘tqadan iborat. O‘zining 
    tarkibiga ko‘ra, u yer qatlamidan kam farq qiladi. Magmaning yer yuzasiga otilib chiqqan qismi magmatik 
    (yoki otilib chiqqan) jinslar deb ataladi. Tabiiy sharoitda shakllangan magmatik jinslar turli mineralogik 
    tarkibga va tuzilishga ega bo‘ladi. Binobarin, ularning texnik xususiyatlari ham bir xil bo‘lmaydi. 
    Granit — qurilishda keng tarqalgan chuqurdagi magmatik yaxlit pardozbop tog‘ jinsi. U bir tartibli —
    kristall jins bo‘lib (3.2-rasm), asosan kvars (20—40%), dala shpati — ortoklaz (40—70%) va slyuda (5—
    20%) dan tashkil topgan. Bundan tashqari granit tarkibida ishqorli plapgioklaz, rogovaya obmanka kabi 
    minerallar ham uchraydi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish