E qosimov, M. Akbarov




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Muzlashga chidamlilik — Tabiiy toshdan ishlangan namunaga to‘liq suv shimdirib, keyin muzxonada 
yaxlatib, so‘ngra uni yana eritib, standart usullarda sinab uning muzlashga chidamliligi aniqlanadi. Tosh 


ashyolar muzlashga chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalarga (siklga) bo‘linadi: 10, 15, 35, 100, 150, 200, 
toshlarning muzlashga chidamlilik markasi katta bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining xilma-xilligi ularning estetik xossalari, teksturasi, fakturasi, shuningdek, fizik-mexanik 
xossalari bo‘yicha tanlashga imkon beradi. Agar tabiiy tosh agressiv muhitda, yerto‘lalarda ishlatilsa uning 
yemirilishga chidamliligiga qarab tanlash kerak. Masalan, tosh atmosfera yoki mexanik kuchlar ta’sirida 
ishlatilsa, uning zichligi 2500 kg/m
3
dan kam bo‘lmasligi lozim. Bunday holatlarda granit, siyenit, gabbro, 
labradoritni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ohaktosh turidagi jinslar nam va suv ta’sirida o‘zlarining 
dekorativ sifatini tezda yo‘qotadi, rangini o‘zgartiradi, yuzasida har xil dog‘lar hosil bo‘ladi. 
Bino va inshootlarning sokol qismini pardozlashda ishlatiladigan tabiiy toshlarning qalinligi 40—60 mm 
bo‘lishi kerak. Devor yuzasini qoplashda ishlatiladigan tabiiy toshlarning qalinligi 8, 10, 20 va 40 mm bo‘ladi. 
Bunda, asosan tabiiy toshlardan — ohaktosh, marmar, travertin, dolomit va shu kabilar ishlatiladi. 
Zararli muhitlarga chidamlisi 2500 kg/m
3
zichlikka ega bo‘lgan silikat tog‘ jinslari — gabbro, siyenit, 
diorit, bazalt va granit hisoblanadi. Bunday silikat jinslar ishlatilganda ularning tarkibidagi kremniy oksidi turli 
zararli muhitlarda o‘z xususiyatlarini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Tabiiy toshlarni tanlashda 
yedirilishga, sovuqqa chidamliligiga va mustahkamligiga katta e’tibor beriladi. 
Tabiiy toshlarning yemirilishi uning tuzilishida qatlamlanish, darzlar hosil bo‘lishi va dog‘lar paydo 
bo‘lishi bilan aniqlanadi. Pardozbop toshlarning yemirilishida asosan beshta omil — namlik, oltingugurtli gaz, 
kislotali gaz, harorat va biologik muhit sabab bo‘lishi mumkin.
Qish oylarida tabiiy tosh g‘ovaklaridagi suvlar muzlashi natijasida ham uning tuzilishi buziladi. 
Shuningdek, bunday suvlar temir buyumlarni ham zanglatadi. Agar toshlar karbonat jinsidan tayyorlangan 
bo‘lsa, ular biologik muhit ta’sirida turli bakteriyalar toshning g‘ovaklarida paydo bo‘lishi natijasida toshning 
yuzasi fakturasi, o‘lchamlarini va shaklini o‘zgartirishi mumkin. 
Pardozbop tabiiy toshlar, asosan sementli qorishmalar yordamida yopishtiriladi. Ma’lumki, zamonaviy 
texnologiyalarda tabiiy toshdan kesib olingan pardozbop plitalarning qalinligi 6—10 mm ni tashkil etadi. Agar 
pardozbop plitaning qalinligi 20 mm dan katta bo‘lsa, ularni yopishtirishda turli chirimaydigan mahkamlovchi 
uskunalardan foydalaniladi.

Download 1,14 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish