• Elektr o‘tkazuvchanlik
  • TABIIY TOSH ASHYOLARINING




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    TABIIY TOSH ASHYOLARINING 
    ASOSIY XOSSALARI 
    Zichligi yuqori bo‘lgan yaxlit tabiiy tosh ashyolarining (granit, diabaz, marmar va boshqalar) zichligi 
    2500—3100 kg/m
    3
    ga teng bo‘lsa, g‘ovak ashyolarni (trepel, bo‘r va chig‘anoq ohaktosh, pemza tuf) zichligi 
    500-1700 kg/m
    3
    ga teng. 
    Qurilishbop tosh ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning zichligiga bog‘liq. Og‘ir tosh 
    ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5—3,0, g‘ovakli va serg‘ovak ashyolarning issiqlik 
    o‘tkazuvchanlik koeffitsienti esa 0,2—0,6 Vt/m 

    grad gacha bo‘lishi mumkin. Tosh ashyolarining erish 
    harorati ularning tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Monomineral jinslarning erish harorati nihoyatda yuqori 
    bo‘ladi. Masalan, kvarsning erish harorati — 1710°C, marmarniki — 1810°C, dolomitniki — 1710°C ga teng. 
    Tarkibida dala shpati, temir oksidi va ishqorlar bo‘lgan ko‘p mineralli jinslarning erish harorati esa kamroq 
    bo‘ladi. Masalan, granit — 1450°C, diabaz — 1350°C tarkibida temir birikmalari bo‘lgan tuproq — 1200°C 
    da eriydi. 
    Elektr o‘tkazuvchanlik xususiyati tosh ashyolari zichligiga va suv shimuvchanligiga bog‘liq. Tabiiy 
    toshlardan dielektrik ashyolar sifatida, asosan marmar va slaneslar ishlatiladi.
    Tosh ashyolarning mustahkamligiga va ularning qayta ishlanish darajasiga qarab Moos shkalasi bo‘yicha 
    qattiqligi aniqlanadi. 
    Pardozbop tog‘ jinslarini tanlashda ularning tashqi ko‘rinishidagi belgilari yozib boriladi.
    1. Jinsning shakli, undagi qatlamlarning yo‘nalishi, darz yoki yoriqlarning soni va kattaligi. 
    2. Cho‘kindi tog‘ jinslarining mineralogik tarkibi va ulardagi tabiiy sementning xususiyati. Tosh 
    tarkibidagi tabiiy sementning xususiyatini aniqlash uchun jins avvalo sinaladi. Agar jins mustahkam va 
    chidamli bo‘lsa, undagi bog‘lovchi tabiiy sement, qum, tuproq; mustahkamligi kichik bo‘lsa loyli sement 
    bo‘ladi. 
    3. Rangi va o‘zaro ichki bog‘lanishi; jinsni quruq holatida ikkiga bo‘lib aniqlanadi. 
    4. Jinslardagi mineral donalarning kattaligi, ularning o‘zaro joylashishi va qanday holatda birikkanligi.
    5. Jinslardagi minerallarning tiniqligi, mikrodarzlarning miqdori (bunda jinsning yemirilish darajasi 
    aniqlanadi.). Tajribaxonada sinash ishlarining hajmi va toshlarni ishlatishga yaroqli-yaroqsiz ekanligi yuqorida 
    keltirilgan shartlar aniqlangandan keyingina topiladi. 
    Tajribaxona sharoitida, asosan tog‘ jinslarining rangi, bir jinsliligi va yaltiroqligi kabi xossalari yordamida 
    uni tashkil etgan minerallar turi aniqlanadi. Tog‘ jinsida karbonatlar guruhiga mansub minerallarning bor-
    yo‘qligi xlorid kislotaning 10% li eritmasi yordamida aniqlanadi. Eritma tomizilganda kalsiy karbonatli jins 
    qaynaydi, ya’ni karbonat angidrid ajralib chiqadi. So‘ngra jinsning endigina sindirilgan joyini ko‘zdan 
    kechirib, uning tuzilishi va tasviri o‘rganiladi. Tog‘ jinslarining qaysi turga mansubligi va fizik-mexanik 
    xossalari uning qanday sharoitda vujudga kelganligiga bog‘liq. Tog‘ jinslari har xil xususiyatlarga ega. Tosh 
    ashyolarning eng zarur xossalari to‘g‘risida quyida qisqacha ma’lumot berilgan. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish