E qosimov, M. Akbarov




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

4-bob 
PARDOZBOP SOPOL QURILISH 
ASHYOLARI
Qadimgi o‘zbek kulolchilik sanoatiga asoslangan sopol qurilish ashyolari va buyumlari deganda yarim 
kristall ashyoni tushunmoq lozim. Buning uchun tarkibida oson eruvchan temir oksidlari va qiyin eruvchan 
moddalar bo‘lgan tabiiy tuproqni mineral qo‘shilmalar bilan qorishtirib tayyorlangan buyumni yuqori 
haroratda kuydirganda oson eruvchan moddalar erib qolganlarini o‘zaro bog‘laydi va natijada sopol hosil 
bo‘ladi. Sopol buyumning erigan qismi (ichki tuzilishidagi) sopol cherepogi deyiladi. 
Tabiatda juda ko‘p tarqalgan sog‘ tuproq sopol buyumlar ishlab chiqarishda birdan-bir xomashyo 
hisoblanadi. Tuproq suv bilan aralashtirilganda u oson qoliplanuvchan plastik loyga aylanadi. Keyin uni 
qoliplab yuqori haroratda kuydiriladi va turli qurilish buyumlari, ro‘zg‘or anjomlari hamda me’morchilik 
qismlari ishlanadi. 
Sopol ashyolarni ishlab chiqarish o‘ziga xos qadimiy tarixga ega. Insoniyat tarixida loy birdan-bir qurilish 
ashyosi sifatida ishlatilgan. Loyni somon bilan qorishtirib, xom g‘isht sifatida eramizdan avval 8000 yil oldin 
turarjoylar qurilgani ma’lum. Xom g‘ishtni kuydirib uylar qurish eramizdan avval 3500 yil oldin g‘isht va 
cherepitsa yuzasini sirlab pishirish usuli ishlab chiqilgan. 
Birinchi ming yillikning o‘rtalarida Xitoyda chinni — forfor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Eramizdan 2-
3 ming yil avval O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududida sopol buyumlari uy-ro‘zg‘or asboblari
me’morchilik, pardozbop buyum va qismlar sifatida ishlatilganligi ma’lum. Asrlar davomida sopol buyumlar 
asosiy qurilish ashyosi bo‘lishi bilan birga, uning sifati va shakli, ishlab chiqarish texnologiyasi yildan-yilga 
mukammallashib borgan. Qadimgi o‘zbek kulolchilik sanoatining qay daraja rivojlanganligiga Samarqand, 
Buxoro, Xiva yodgorliklarini qurishda ishlatilgan me’morchilik, dekorativ va pardozbop qoplama, sopol 
buyumlar misol bo‘la oladi. 
Sopol buyumlar sirtini oq, ko‘k va boshqa ranglarda sirlash texnologiyasi va ularning tarkibi O‘rta Osiyoda 
Yevropa davlatlaridan oldin ishlab chiqilganligini tarix tasdiqlaydi. 
1855-yil Germaniyada ixtiro etilgan tasmasimon g‘isht qoliplovchi zichlagich va 1858-yilda doira 
shaklidagi g‘isht pishiruvchi xumdonlar dunyoda sopol buyumlarni ishlab chiqarish sanoatining o‘sishida katta 
ahamiyat kasb etdi. 
Ilmiy izlanishlar natijasida yadro energetikasi, mashinasozlik, elektron va raketa texnologiyalariga mos 
xossalarga ega bo‘lgan maxsus sopol buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Sopol oksidi aralashmasidan ishlangan 
o‘ta mustahkam, chidamli mashina motori va ehtiyot qismlar amaliyotda qo‘llanildi va bu ixtiro sanoat 
xodimlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda (4.1-rasm). 
Sopol ishlab chiqarish sanoati, ayniqsa urushdan keyingi yillarda juda rivoj topdi. Juda ko‘p ilmiy va 
amaliy muammolarni hal etishda respublika olimlari va mutaxassislari P.A. Zemyatchenskiy, D.I. Vinogradov, 
F.X. Tojiyev, A. Ismatov va boshqalar katta xizmat qildilar. 
Qurilishda ishlatiladigan sopol ashyolar zichligiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: g‘ovak va zich. G‘ovak 
sopol ashyolarga suv shimuvchanligi 5% dan ko‘p bo‘lgan buyumlar kiradi. Masalan, turli g‘ishtlar, pardozbop 
sirlanmagan qoplama sopol plitkalar, oqova suv drenaj quvurlari, cherepitsa, keramzit, g‘ovakli sopol bu-
yumlar va h.k. 


Zich sopol ashyolarga suv shimuvchanligi 5% dan kam bo‘lgan buyumlar kiradi. Bunday buyumlarga 
sirlanmagan, ammo eritib qoliplangan (yo‘l qurilishida va pardozbop qoplama taxtachalar sifatida 
ishlatiladigan klinker, pol va pardozbop qoplama sopol taxtachalar), sirlangan (binoning old qismini qoplashda 
ishlatiladigan pardozbop g‘isht, pardozbop qoplama sopol taxtachalar, oqova suv quvurlari) sopol buyumlar 
kiradi.

Download 1,14 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish