|
E qosimov, M. AkbarovBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Ko‘p teshikli g‘isht. Bunday g‘ishtlar uchun xomashyo sifatida tuproq yoki trepel tog‘ jinsli tuproq
ishlatiladi. Ko‘p teshikli g‘ishtlar har xil shaklda chiqariladi. Ko‘pincha to‘g‘ri burchakli parallelepiped
shaklidagi, qalinligi bo‘ylab ko‘p teshikli (31 tadan 105 tagacha) devorbop g‘ishtlar chiqariladi. Ishlab chiqa-
rishda ko‘p teshikli g‘ishtlar nam va nim quruq usulda qoliplanadi. Tomonlarining o‘lchami oddiy g‘ishtga
nisbatan katta bo‘ladi. 4.5-rasmda tomonlarining o‘lchami 250
120
65, 250
120
88 va 250
120
103 mm ga
teng bo‘lgan nam usulda qoliplangan ko‘p teshikli g‘ishtlar ko‘rsatilgan.
Ko‘p teshikli g‘ishtlarning zichligi 1200—1300 kg/m
3
, suv shimuvchanligi esa massa bo‘yicha 18% dan
oshmaydi.
Nam usulda qoliplangan ko‘p teshikli g‘ishtlar siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha 4 ta markaga
bo‘linadi: 75, 100, 125 va 150.
G‘isht yuzasidagi chuqurcha tomonlari besh burchak qilib ishlangan g‘ishtlar odatda nim quruq usulda
qoliplanadi. Besh tomonli chuqurchalardan iborat bo‘lgan g‘ishtdan terilgan devorda vertikal uzun teshiklar
bo‘lmaydi. Ko‘p teshikli g‘ishtlarni
15°C da 15 marta muzlatib eritilganda buzilmasligi kerak.
Yengil vaznli qurilish g‘ishti. Bunday g‘ishtlar yonuvchan qo‘shilmalar aralashtirib qoliplanadi.
Yonuvchan qo‘shilmalar sifatida yog‘och qirindisi tuyilgan toshko‘mir maydasi va tuyilgan torf ishlatiladi.
Yuqori haroratda loydagi yonuvchan qo‘shilmalar (maydalangan g‘o‘zapoya) yonib, o‘rnida g‘ovaklar hosil
bo‘ladi va g‘isht vazni yengillashadi. Hajmiy massasi bo‘yicha yengil vaznli g‘isht A, B va V kabi uch sinfga
bo‘linadi, ya’ni sinf A-700 dan 1000 kg/m
3
gacha , B-1000 dan 1300 kg/m
3
gacha, V-1300 dan 1450 kg/m
3
gacha. Siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha A sinfi — 75, 50, 35, B sinfi — 75, 50 va V sinfdagi g‘ishtlar esa
100, 75, 50 markalarga bo‘linadi.
Qurilishlarda ko‘p teshikli yoki yengil vaznli g‘ishtlarni ishlatish natijasida ishlab chiqarish va g‘ishtni
tashishga sarflanadigan xarajatlar kamayadi. Shu bilan birga bunday g‘ishtlardan terilgan devor yengil bo‘ladi
va o‘zidan issiqlik kam o‘tkazadi, hamda zilzila xududlari uchun maqsadga muvofiqdir.
|
| |