|
Nim quruq zichlash usulida sopol buyumlar tayyorlashBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Nim quruq zichlash usulida sopol buyumlar tayyorlash. Nam yoki plastik usul bilan g‘isht
tayyorlanganda loy qorishmasining namligi 18—30% bo‘lsa, bu usulda tuproqning namligi 8—12% dan
oshmaydi va loy qorishmasini maxsus zichlash mashinalarida kuchli bosimda qoliplanadi.
Quyma usul. Murakkab shaklga ega bo‘lgan ko‘pgina sopol buyumlar (chanoq, unitaz, radiator va
vannalar) suyuq loy qorishmasini qolipga quyish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Qolipga quyish uchun kaolin, o‘tga chidamli loy, kvars, dala shpati kabi jinslarni suvda kukun
holatigacha tuyiladi va elektrolit qo‘shilmalar bilan qorishtirib suyuq xomashyo tayyorlanadi.
Xumdonda 1250—1300°C da (botirib olish yoki purkash usuli bilan) buyum sirtiga qoplangan sir eritilib,
uning yuzasida yupqa tekis shishasimon qatlam hosil qilinadi. Quyma usul ko‘pincha santexnika buyumlari
(fayans, chinni) ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi.
Pardozbop g‘isht uchun texnik shartlar. Oddiy loy g‘isht pa-rallelepiped shaklida, o‘lchamlari
250
120
65 yoki 250
120
88 mm bo‘lishi kerak. Amalda aniq o‘lchamli g‘isht olish mumkin emas. Shu
sababli Davlat standartlariga muvofiq g‘ishtning o‘lchamlari quyidagicha o‘zgarish bilan ishlanadi: plastik
usuldagi g‘isht uchun uzunligi bo‘yicha +3,
2 mm; nim quruq usuldagi g‘ishtlarda esa
3 mm,
3 mm,
2
mm.
G‘isht markasi uning mustahkamligiga qarab aniqlanadi. G‘isht markasi 5 ta g‘ishtning siqilishga va
egilishga sinab ko‘rilishi bilan (o‘rtacha ko‘rsatkich) topiladi. Davlat standartlariga muvofiq oddiy g‘isht
quyidagi markalarga bo‘linadi: 50; 30; 25; 20; 15; 12,5; 10 va 7,5.
Odatda nam usulda qoliplangan g‘ishtning hajmiy og‘irligi 1700-1900 kg/m
3
dan oshmaydi. Oddiy g‘isht
uchun suv shimuvchanlik ko‘rsatkichi 8—30%, pardozbop uchun 8-20% orasida o‘zgaradi.
Suvga to‘la to‘yingan oddiy loy g‘ishtni 15 marta, pardozbop g‘ishtni esa 25—30 marta muzlatib
eritilgandan so‘ng, unda buzilish nuqsonlari bo‘lmasa, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha markasi tegishli ravishda
15 va 30 deb topiladi. Demak, pardozbop g‘ishtni qabul qilishda uning navini bilish uchun yuqoridagi
xossalarni tajribaxona sharoitida aniqlash lozim. Yuqori sifatli yaxshi pishirilgan pardozbop g‘isht sarg‘ish
rangda bo‘ladi, temir bilan urganda jaranglaydi.
|
| |