• O‘tga chidamli loy
  • Shirali loydan ishlangan pardozbop sopol.
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    G‘ishtbop tuproq — tarkibida kaolinit, gidroslyuda, montmorillonit, ozgina kvars, karbonat va temir 
    oksidlari bo‘lgan har xil yiriklikdagi mineral zarrachalari aralashgan cho‘kindi tog‘ jinsi. 
    Bentonit tuprog‘i — montmorillonit guruhiga kiruvchi (kvars, gips, biotit, gidroslyuda va temir oksidi 
    aralashmalari) tuproq minerallaridan tashkil topgan vulqon kuli, tuf va lavalarni kimyoviy buzilish jarayonida 
    hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinsi. Bentonit tuprog‘i qurilishda (suv ta’siridan saqlovchi sifatida) buyumlar 
    choklarini to‘lg‘izishda, yer osti inshootlari, aerodrom va zovur chekkalarini mahkamlashda, keramzit va 
    agloporit olishda, chinni, fayans sopol qorishmalarning plastikligini yaxshilashda ishlatiladi.
    O‘tga chidamli loy, asosan kaolindan, birozgina kvars, dala shpati, gidroslyuda, karbonat va boshqa 
    aralashmalardan tashkil topgan mayda zarrachali sochiluvchan cho‘kindi tog‘ jinsidir. Asosan konstruksion 
    (shamotli) va termoizolyatsiya (yengil) ashyolari, shuningdek, yuqori harorat ta’sirida bo‘ladigan devorbop
    g‘ishtlarni terishda, suvoq qorishmalari sifatida hamda chinni, fayans, sopol va boshqa o‘tga chidamli 
    o‘choqlar qurishda keng ishlatiladi.
    Shirali loydan ishlangan pardozbop sopol. Chinni va fayans (xomashyo — chang aralashgan tuproq) 
    qorishmasini tayyorlashda tarkibida asosan kaolinit minerali bo‘lgan tog‘ jinsi — kaolin ishlatiladi. Barcha 
    pardozbop nozik sopol ashyolari tarkibini asosan dala shpati (mikrolin va boshqalar) bilan kvars tashkil etadi. 
    Qo‘shimcha xomashyolardan — kvars qumi, shamot, toshqol kabilar loyning plastikligini kamaytiradi. 
    Kirishishini kamaytirish va qoliplashga qulay loy olish uchun yuqori plastik tuproq qo‘shiladi. Sopol 
    buyumlardan har xil pardozbop qoplama plitkalar va kislotaga chidamli ashyolar olish uchun suyuq shisha 
    yoki ishqorni qumga qorishtirib asosiy qorishmaga qo‘shiladi.
    Sopol buyumlarni jozibali pardozbop qilish uchun ularning yuzasiga glazur (nemischa so‘z bo‘lib «shisha» 
    demakdir) surtiladi. Sopol buyumga qalinligi 0,15—0,3 mm qilib surtilgan glazur erish haroratigacha (1100—
    1300°C) qizdiriladi. Glazurning erish harorati pardozbop sopolning erish haroratidan kichik bo‘lishi kerak. 
    Agar glazur oson eruvchan bo‘lsa, u holda 900—1100°C gacha qizdiriladi. Erigan glazur sopol buyum 
    yuzasida 0,13—0,28 mm li shishasimon sirga aylanadi.
    Qiyin eruvchan glazur kvars, kaolin, tuproq, dala shpati, tabiiy karbonatli temirdan tashkil topgan. Oson 
    eruvchan glazur takribidagi kvars, dala shpati, dolomit quyqasini tayyorlayotganda unga bura, stronsiy 
    karbonat, magnezitlar qo‘shiladi. Glazurlar yaltiroq va yaltiroqmas bo‘ladi. Yaltiroq glazur rang beruvchi 
    oksidlar qo‘shib qizdiriladi. Yaltiroqmaslariga esa pigmentlar qo‘shiladi. Shuningdek, glazurlar rangli va 
    rangsiz bo‘ladi. Rangligiga 2—15% temir oksidlari, kobalt (havorang), xrom (ko‘k), marganes (jigarrang) 
    kabilar qo‘shiladi. Rangsiz glazurlarga qalay, surma, rux qo‘shiladi. Glazurlar temir sirtiga surtib eritilsa emal 
    deb ataladi. Pardozbop sopol buyumlarni yanada jozibali, chiroyli bo‘lishi uchun ular yuzasi angobli oq yoki 
    har xil rangli tuproq quyqasi bilan 0,25—0,44 mm gacha qalinlikda surtiladi. Oq rangli angob qizdirilgan oq 
    tuproqdan, rangli angob esa tuproqqa obdan tuyilgan mineral bo‘yoq yoki sintetik pigmentlar qo‘shib tayyor-
    lanadi. Me’morchilikda qoplama g‘isht va bloklar yuzasi angob bo‘yoqlari bilan surtilib pishiriladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish