RESPUBLIKADAGI PARDOZBOP TABIIY




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

RESPUBLIKADAGI PARDOZBOP TABIIY 
TOSHNI QAYTA ISHLASH
Toshlarni qayta ishlash O‘zbekiston uchun o‘ziga xos ko‘p yillarga teng tarixga ega. Mamlakatimizda 
ixtisoslashgan maxsus yirik korxonalarda toshlarni qazib olish va qayta ishlash o‘tgan asrning 60-yillaridan 
boshlandi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, aniqrog‘i 1995—1996-yillarda, ko‘pgina muassasa 
va shaxsiy firmalar Italiyaning zamonaviy texnologiyalarini olib keldilar. Natijada, tabiiy toshlarni qazib olish 
va ularni qayta ishlash sanoati yuksala boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi maxsus qaroriga ko‘ra tosh qazib oluvchi 
va ularni qayta ishlovchi barcha korxonalar eskirib qolgan texnik bazasini yangi mashina va asbob-uskunlar 
bilan almashtirish vazifasi qo‘yildi. Natijada, 1998-yildan boshlab «O‘zqurilishashyo» OAU ga qarashli 
korxonalar, Navoiy Tog‘-metallurgiya kombinati, «O‘zavtoyo‘l» konserni, O‘zbekistonning Amerika, 
Avstriya, Angliya va Gretsiya davlatlari bilan tuzilgan qo‘shma korxonalar, Toshkent shahar hokimiyati 
hamda xususiy korxonalar o‘zlarining moddiy bazasini chet el uskunalari bilan jihozlash ishlarini boshlab 
yubordilar.
Hozir faoliyat ko‘rsatayotgan barcha korxonalarni yirik, o‘rta va kichik guruhlarga bo‘lsak 16 ta yirik 
korxonada 2000-yilning boshlarida tabiiy toshdan ishlangan pardozbop toshtaxta miqdori 855 ming m
2
ni 
tashkil etdi. Respublikamizdagi o‘rta quvvatga ega bo‘lgan 9 ta korxonada 180 ming m
2
marmar toshlari va 70 
mingdan ko‘p mayda korxona va sexlarda 100 ming m
2
pardozbop marmarlar ishlandi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 2000-yilning boshlariga kelib 1 mln. 125 ming m
2
qoplama tabiiy tosh 
ashyolari ishlab chiqarildi. Respublikamizdagi korxonalarning ish unumini 2 marta oshirish imkoniyati 
yaratildi.
Respublikamizdagi barcha korxonalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqdalar: tabiiy tosh 
qoplama buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar; marmar granit va travertin bloklari; shag‘al, qum, chaqiq 
tosh, xarsangtoshlar; shisha, sopol, fosfor, chinni buyumlari sanoati uchun xomashyo — dala shpati va dolomit 
toshlari; omixta em uchun oziqa uni; pardozbop mayda toshlar va marmar xarsanglari; tabiiy tosh, naqshbop 
(mozaika), polbop va xalq iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi korxonalardir. 
Xorijiy davlat texnologiyalari bilan jihozlangan Qashqadaryo va Samarqand marmar AU lari tog‘ jinslarini 
olmos — arqon arrasi yoki suvning yuqori bosimida kesuvchi mashinalardan foydalanmoqdalar. Ularning 
imkoniyati 15 ming kub metrgacha marmar xarsanglarini arralab bloklar tayyorlash. Lekin respublikamizning 
bunday bloklarga bo‘lgan ehtiyoji faqatgina 78 ming m
3
ni tashkil etadi.
G‘ozg‘on marmari butun dunyo bo‘yicha ko‘pgina davlatlarga tanish. Lekin o‘zining to‘la quvvatga ega 
bo‘lgan imkoniyatidan foydalanmayapti. Marmar zaxiralarini o‘rganish, borlaridan to‘liq foydalanish uchun 
tog‘ konlaribop mashina va uskunalarni xorijdan (tendr asosida) sotib olish yo‘li bilan, tog‘ jinslarini qayta 
ishlash va samarali ashyolar ishlab chiqarishni 3,5-4 barobar oshirish mumkin.
Xalq xo‘jaligi uchun eng qimmatli kvars, dala shpati konsentrati, ozuqa uni kabi xomashyolar, shuningdek, 
shisha, chinni, sopol va chorva ozuqalari ishlab chiqaruvchi korxonalar Markaziy Osiyoda yagona — bizning 
Respublikamizda mavjud.
Boltiqbo‘yi, Belarussiya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston kabi davlatlarga bizning respublikamizdan juda 
ko‘p miqdorda pardozbop yirik marmar qumi (mramornaya kroshka), ozuqa uni yuborilar edi. Umuman, 
respublikada tabiiy tosh ashyolarini ishlab chiqarish 1990-yilga nisbatan ancha kamaydi. Bunga sabab: 
korxonalardagi mashina, asbob va uskunalar moddiy va ma’naviy tomondan eskirdi; ozuqa uni, dolomit toshi, 
maydalangan marmar, kvars, dala shpatiga bo‘lgan talab tubdan kamaydi; ayrim tabiiy tosh ashyolarining sifati 
Yevropa standartlari talabini qondirmayapti. 
Respublikada oynabop shishalar, shisha idishlar, avtomobil shishalari uchun asosiy xomashyo — kvars, 
dala shpati konsentratini ixtisoslashgan «Langar» AU ishlab chiqaradi. Uyushmaning ish unumi yiliga 50 ming 
tonnani tashkil etadi. O‘zbekiston respublikasi har xil rangli tabiiy tosh ashyolarini chiqarish uchun yetarli 
zaxiralarga ega. Hozirgi kunga kelib har xil muassislar yordamida respublikada 33 ta marmar konlari, 18 ta 
granit va gabbro, 1 ta travertin va ohaktoshlar, 2 ta tuf va pardozbop qumtosh konlari topilgan, ularning 
xossalari har tomonlama o‘rganilgan. Respublikamiz konlarida 80 mln metr kubdan ziyod qoplamabop tabiiy 
tosh zaxiralari bor. Ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan tabiiy tosh ashyolari jami 44,7 mln m
3
ga teng, shulardan 
25,2 mln m

ni marmar, 17,3 mln m
3
ni granit va gabbro, 2,2 mln m
3
ni qumtosh zaxiralari tashkil etadi.


Mustaqillik yillarida O‘zbekiston shaharlarida sanoat va uy-joy binolari qurish va ularga pardozbop 
qoplama ashyolarni ko‘plab ishlatish, shuningdek, xalqaro talablarni qondiruvchi ko‘prik, avtoyo‘l va 
temiryo‘llar qurilishi jadal sur’atlarda rivojlanib Respublikamiz kapital qurilishlarida ajoyib ashyo — tabiiy 
toshlar ko‘plab qo‘llanila boshlandi. Qurilish uchun zarur bo‘lgan tabiiy tosh ashyolarini qidiruv ishlari 
O‘zbekistonda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgacha topilgan qazilma boyliklar zaxiralari qurilish talablarini bir 
necha o‘n yillargacha qondiradi. 
Sinov savollari 
1. Tog‘ jinslarining takribiy qismi, pardozbop xillarini bayon qilib bering. 
2. Chuqurdagi yaxlit cho‘kindi va metamorf tog‘ jinslari, xossalari va ishlatilishi haqida gapirib bering. 
3. Pardozbop tog‘ jinslarining me’morchilikdagi o‘rni. 
4. Inshootlarning ichki va tashqi qismini pardozlashda qanday jinslar ishlatiladi? 
5. Shahar xiyobonlarini pardozlashda qanday tabiiy toshlar ishlatiladi? 
6. Tog‘ jinslarining asosiy xossalari haqida gapirib bering. 
7. Pardozbop tog‘ jinslariga qanday ishlov beriladi? 
8. O‘zbekistondagi asosiy pardozbop tog‘ jinslari nimalar? 

Download 1,14 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish