• Qoplama toshtaxtalar
  • Yengil jinsli toshlardan
  • TABIIY TOSH ASHYOLARINING XILLARI




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    TABIIY TOSH ASHYOLARINING XILLARI 
    Xarsangtosh portlatish usuli bilan yoki zarba beruvchi ma-shinalar yordamida qazib olinadi. Xarsangtosh 
    bo‘laklari poydevorlar qurishda, devor terishda, vodoprovod quduqlari qurishda ko‘plab ishlatiladi. 
    Xarsangtosh noaniq shaklda va har xil kattalikda bo‘ladi (300—500 mm). Siqilishdagi mustahkamligi 10 MPa 
    dan, yumshash koeffitsienti esa 0,75 dan kam bo‘lmasligi kerak. Yo‘lka va pollar uchun ishlatiladigan 
    xarsangtosh taxtalari markasi 800 dan kam bo‘lmasligi lozim. 
    Qoplama toshtaxtalar sokol bloklari, zinapoya, pilyastr va ustun qismlari, deraza tokchasi, qirg‘oqlarni 
    puxtalovchi toshtaxta va boshqalar kiradi. Qoplama buyumlar tayyorlashda markasi 1000 dan kam, suv 
    shimuvchanligi 0,5% dan ko‘p bo‘lmagan tog‘ jinslari ishlatiladi. 
    Toshtaxtalarning qalinligi — arralangani 25—60 mm, yo‘nilgani esa 100—150 mm dan ko‘p bo‘lmasligi 
    kerak. Qoplama buyumlar sifatida zichligi 1300 kg/m
    3
    , markasi 200, sovuqqa chidamliligi 25 sikl, yumshash 
    koeffitsienti esa 0,7 dan kam bo‘lmagan ohaktoshlar ishlatiladi. Bunday buyumlarning suv shimishi 12% dan 
    ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
    Ohaktoshdan to‘g‘ri burchakli toshtaxtalar (3.12-rasm) va yonlari tekislangan me’mor qismlari 
    tayyorlanadi. Ularning o‘lchamlari: uzunligi 394-994 mm, eni 394—954 mm va qalinligi 50-80 mm. Bundan 
    tashqari, kerakli o‘lchamdagi toshtaxtalarni buyurtirish ham mumkin. 
    Yengil jinsli toshlardan arralanib tayyorlangan devorbop toshlar sun’iy toshlarga nisbatan qurilishda katta 
    ahamiyatga ega. 
    Chig‘anoq tosh, g‘ovakli ohaktosh, tuf va opok kabi yaxlit yengil jinslardan arralash usuli bilan turli 
    o‘lchamlarda devorbop bloklar tayyorlanadi. Og‘irligi 1500 kg gacha bo‘lgan bunday bloklar qurilishda 
    devorlar va pardadevorlar, me’mor qismlari sifatida ishlatiladi. Bloklar qalinligi 300—500 mm (devor terish 


    uchun) va 100—200 mm (pardadevor uchun) ga teng qilib tayyorlanadi. To‘g‘ri devor va bino burchaklarini 
    terish uchun, shuningdek, ravoqlar sifatida 3.13-rasmda ko‘rsatilgan tosh bloklari ishlatiladi. 
    Hozirgi kunda tog‘ jinslarini faqat pardozbop va dekorativ ashyolar sifatida ishlatish samarali degan 
    tasavvurlar bor. Biroq tabiiy toshlarning zaxiralari ko‘p bo‘lgan hududlarda ular eng arzon va asosiy qurilish 
    ashyolari bo‘lib qolmoqda. Ularni bino va inshootlarda yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, devor, pardadevor, 
    poydevorlar qurishda ishlatish mumkin. Tabiiy toshlarni qurilishda ishlatish hududiy zaxiralarga bog‘liq. 
    O‘zbekistonda juda katta miqdorda tabiiy toshlardan buyumlar ishlab chiqarilmoqda. 
    Qurilishda keng tarqalgan devorbop tabiiy toshlar quyidagi markalarga bo‘linadi: chig‘anoq tosh — 4; 7; 
    10; 15; 25; 35; 50; vulqon tufi, mayda g‘ovakli ohaktosh — 3,5; 5,0; 7,5; 100; 150; 200. Yengil toshlarning 
    zichligi bir-biridan katta farq qiladi (900—1800 kg/m
    3
    ).
    Yengil jinslardan tayyorlangan devorbop toshlarning yumshash koeffitsienti 0,6 dan kam bo‘lmasligi 
    kerak. Devorbop toshlar quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi (mm): 490

    240

    100, 390

    190

    88, 
    380

    380

    215, 390

    190

    288. 
    Toshlarni qayta ishlash sanoati mexanizatsiyalashishi natijasida to‘g‘ri shaklga ega bo‘lmagan tog‘ jinslari 
    qurilishda juda kam ishlatilmoqda.
    Ma’lumki to‘g‘ri shaklga ega bo‘lmagan tog‘ jinslaridan qurilgan devorning talab darajasidagi 
    mustahkamligi yuqori bo‘lmaydi. Asosan, seysmik hududlarda bunday tog‘ jinslaridan yaratilgan 
    konstruksiyalarning mustahkamligini ta’minlash zarur. Shuning uchun tabiiy toshlardan qurilgan devorlar 
    temir-beton bog‘lamalar yordamida mustahkamligini oshiradi.
    Bino va inshootlarning devorlarini qurishda har xil rangdagi (kulrang, oq, qizil, jigarrang va h.k.) 
    pardozbop toshlar ishlatiladi (3.14-rasm). Ularning mustahkamligi 0,4—40 MPa, og‘irligi bo‘yicha suv 
    shimuvchanligi 30%, sovuqqa chidamliligi 15—25 sikl, zichligi 2100—2300 kg/m
    3
    bo‘ladi. Tashqi devorlarni 
    qurishda 1600—2000 kg/m
    3
    zichlikdagi toshlarni ishlatish samarali hisoblanadi. 
    Tomlarni yopishda tabiiy jinslardan, asosan loyli slaneslar ishlatiladi. Loyli slanesni yupqa plastinkalarga 
    bo‘lib tombop taxtachalar ishlanadi. Uning kattaligi 250

    150 dan 600

    350 mm gacha, qalinligi 5-8 mm. 
    Egilishdagi mustahkamlik chegarasi 16 MPa, sovuqqa chidamliligi esa 25 sikldan kam emas. Loyli slanes 
    taxtachalar tomlarni yopishda, yog‘och yoki qamish plitali devorlarni qoplashda ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish