|
PARDOZBOP TOG‘ JINSLARI SHAHARBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005PARDOZBOP TOG‘ JINSLARI SHAHAR
XIYOBONLARI QURILISHIDA
Shaharlarning me’moriy ansanblini va sun’iy landshaftini yaratish shahar obodonchiligining ajralmas
qismi hisoblanadi. Shaharni obodonlashtirishda ko‘pchilik holatlarda tabiiy tosh ashyolaridan (ko‘prik
qurilishida, ariqlarning chetini chegaralashda, yo‘l va tratuarlar chetidagi bordyur sifatida, maydonlarni
qoplashda va h.k.) foydalaniladi (3.15-rasm).
Shaharni obodonlashtirishda ishlatiladigan toshlar dekorativ xossaga ega bo‘lishi bilan birga, yuqori
mustahkam va zararli muhitlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday talablarga javob beradigan tabiiy toshlar
bilan maydonlar qoplanganida, ular yaroqsiz holatga kelganida asfaltbeton yo‘llar kabi buzib emas, balki
osongina almashtirib qo‘yish imkoniyatlari mavjud. Shahar obodonchiligida tabiiy toshlarning ishlatilishiga
asosiy sabablardan biri — ularning uzoqqa chidamliligi hisoblanadi. Shuning uchun tabiiy toshlarni doimiy
atmosfera ta’siridagi xiyobon, bog‘ va maydonlarni qoplashda ishlatish samaraliroqdir.
Gidrotexnik inshootlarda — ariq, damba, to‘g‘on va h.k. larda tabiiy toshlardan granit, bazalt, diabaz,
gneys, ohaktoshlar ishlatiladi. Ularning siqilishdagi mustahkamligi 60 MPa dan kam, suv shimuvchanligi 3 %
dan ko‘p va sovuqqa chidamliligi 100 sikldan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘ZBEKISTONDAGI PARDOZBOP TABIIY
TOSH ASHYOLARI
O‘zbekistonda qurilish ashyolari ishlab chiqarish uchun yaroqli barcha turdagi mineral xomashyolar
mavjud. Bularga — tosh, qum, tuproq, shag‘al, ohaktosh, gips, karbonat jinslari, asbest, bo‘r, marmar, talk,
vermukulit, perlit va boshqalar kiradi. Beton, qorishma, silikat buyumlar, pishiq g‘isht, g‘ovak to‘ldiruvchilar,
sirlangan pardozbop sopol plitalar, issiqlikdan muhofazalovchi, gidroizolyatsiyalovchi va umumiy qurilish
ashyolarining chidamliligini oshiruvchi ashyolar ishlab chiqish uchun xomashyo zaxiralari yetarli.
Hozirgi iqtisodiy yo‘nalishlarning takomillashishida tabiiy tosh ashyolarini ishlab chiqarish, ular asosida
samarali va zamonaviy qurilish ashyolari tayyorlash texnologiyalarni yangicha usulga yondoshib
rivojlantirishda va qurilish industriyasini bozor talablari asosida boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish talab
etiladi. Jumladan: Yevropa standartlari talabiga javob beruvchi buyumlarni (marmar va granit bloklari —
zinapoya, tutqich, vaza, fontan, panjara va h.k.) ishlab chiqarish respublika sharoitidan kelib chiqqan holda
bozor siyosatida ayirboshlash, marketing izlanishlarini olib borish, xorijiy davlatlarni bizning mahsulotlarni
sotib olishga qiziqtirish, ishlab chiqarilayotgan ashyo xillarini ko‘paytirish, marmar — granit va boshqa tabiiy
toshlardan milliy, jozibador va nozik buyumlar tayyorlash kabi muammolarni hal etish uchun zamonaviy ilg‘or
texnologiyalarni tanlashda tubdan yangicha yondoshish zarur.
Buning uchun, ushbu yo‘nalishga doir barcha korxona va zavodlar texnik bazalarini butunlay o‘zgartirish
kerak bo‘ladi. Foydali boylik qazib olish va ularni qayta ishlash texnologik tizimlarini g‘arb davlatlaridan
imtiyozli kredit bilan tender usulida sotib olish yoki investitsiya yo‘li bilan yetakchi firmalarni respublikaga
jalb etilsa yuqoridagi muammolarni hal etish mumkin bo‘ladi.
|
| |