Hozirgi kunda gollandiyalik mutaxassislar tomonidan g‘isht yelimi ham ishlab chiqarilgan. Bunday yelim
bilan yopishtirilgan g‘ishtlarning mustahkamligi sementli qorishmalarga nisbatan ancha mustahkam bo‘ladi.
Sement qorishmasining qalinligi 1 sm bo‘lsa, yelimning qalinligi atigi 2 mm ga teng.
A. Alto zamonaviy me’moriy shakllarni yaratish borasidagi izlanishlari natijasida shunday xulosaga
kelgan: «To‘g‘ri shakldagi g‘isht zamon talabiga javob bermaydi, ya’ni g‘isht devorlarning to‘g‘ri shakllari biz
erkin shakllar beruvchi toshlarni yaratmaguncha qolaveradi. Shunday shakllarni yaratishimiz kerakki, g‘ishtni
terganda talab qilingan ko‘rinishdagi — qavariq, botiq va h.k. devorlarni qurish mumkin bo‘lsin».
Afsuski hozirgacha bunday shakllar beriluvchi g‘ishtlar yo‘q, lekin me’mor,
dizayner va muhandislar
yangi turdagi yelim va g‘ishtlarni yaratish ustida izlanmoqdalar.
Jumladan, g‘ishtning yangi shakli bo‘yicha Amerikaning № 4124961 patentini misol qilishimiz mumkin
(4.2-rasm).
Bunday g‘ishtlarning afzalliklariga quyidagilar kiradi: devor
qurish kam mehnat talab qiladi, terilgan
g‘ishtlar bir-biri
bilan mustahkam yopishadi, estetik xossalari yaxshilanadi, ular pardozbop bo‘lgani
uchun
suvoq qilinmaydi. Ularning o‘lchami 222
111
55 mm ga teng.
Fasadbop sopol buyumlar. Bino va inshootlarning fasadini qurishda pishiq g‘isht va turli shakldagi sopol
toshlar ishlatiladi. Qo‘llanishi va shakli bo‘yicha fasadbop g‘isht va toshlar qatorbop va burchakbop turlarga
bo‘linadi. Ular 75, 100, 150 markalarda ishlab chiqariladi va suv shimuvchanligi 8—14%, sovuqqa
chidamliligi 25 sikldan ko‘p bo‘ladi.
Fasadbop g‘isht
va toshlar zinapoya, devor va h.k.larda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, emal bilan
qoplangan fasadbop sopol plitalar vanna va oshxonalarning devor va pollarini qoplashda ham ishlatiladi.
Pardozbop sopol buyumlarning yuzasiga turli pardozbop qatlamlar berilishi ularning qo‘shimcha
afzalliklarini keltirib chiqaradi. Uning bunday xossalari me’mor-quruvchilarga
sopolni bezash ishlarida va
devorbop ashyo sifatida ishlatishga imkon bergan.
Hozirgi kunda qayta ta’mirlash ishlari uchun maxsus g‘ishtlar, yuzasi bo‘yalgan va teshikli xillari
ishlatilmoqda. Ularning markasi 150, suv shimuvchanligi 6-7% va sovuqqa chidamliligi 35—50 siklni tashkil
etadi.
Rangli sopol ashyolar uchun suvli geksametafosfat natriy bo‘yog‘i ishlatiladi.
U xomashyoni pishirish
jarayonida tuproq bilan ta’sirlashishi natijasida rangli oynasimon qatlam hosil qiladi.
Shuningdek, turli tarkibdagi, g‘ovakli, ikki qatlamli g‘ishtlar zich bezak qatlamlar (5-10 mm) bilan ishlab
chiqarilmoqda. Ularning narxi bo‘yalgan g‘ishtlarga nisbatan ancha arzon bo‘ladi. Izlanishlar natijasida
bunday g‘ishtlarning qatlamlari bir-biri bilan mustahkam bog‘langanligi va yetarli
muzlashga chidamlilikka
egaligi isbotlangan. Zarurat bo‘lganda bunday g‘ishtlarga kremneorganik emalli qatlam berilishi mumkin.
G‘isht yuzasida fakturalar xosil qilishning yana bir usuli torkretlashdir. Faktura berilgan xom g‘ishtlar
900—1050°C da pishiriladi.