ichki pardadevorlarini qurishda o‘lchamlari 330
170
40...945
320
115 mm ga teng g‘isht, tosh va plitalar
ishlatiladi.
Xorijiy davlatlarda bir tomoniga ariqchali shakl berilgan, umuman qorishma ishlatmasdan devor qurishga
mo‘ljallangan pardozbop g‘ishtlar ishlab chiqarilayotgani ma’lum. Bunday g‘ishtlardan katta o‘lchamdagi
bloklar, tovushdan saqlovchi g‘ishtlar va boshqa devorbop buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Masalan, shu
kunlarda Gollandiyalik mutaxassislar g‘isht uchun yelim ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Yelim g‘ishtni
sementga nisbatan juda mustahkam ushlaydi.
Natijada, devor o‘ta mustahkam bo‘lib, g‘isht teruvchilarning
ishi esa yanada yengillashadi, ya’ni odatda g‘isht terishda sement qorishma qatlami 1 sm dan kam bo‘lmasdi,
biroq yangi usulda esa yelimning qalinligi atigi 2 mm bo‘lsa bas.
Sopol g‘isht va toshlardan devorbop panel va bloklar tayyorlash qurilish ishlarida qo‘l mehnatini keskin
kamaytiradi. G‘isht, panel va bloklar gorizontal holatda maxsus temir qoliplarga o‘rnatilgan fiksator
moslamalar orasiga g‘isht bilan to‘lg‘iziladi.
Panellar bir, ikki va uch qatlamli, balandligi binoning 1 yoki 2 qavatiga mos qilib tayyorlanadi. Qalinligi
esa 80, 140, 180 va 280 mm ga teng. Bir qatlamli
panel faqat sopol toshlardan, ikki qatlamining birinchi
qatlami 0,5 g‘isht qalinligida, ikkinchi qatlami esa 100 mm li issiqlikni saqlovchi ashyodan iborat. Uch
qatlamli panel ichki va tashqi qatlamining har biri 65 mm li g‘isht, o‘rta qatlami esa 100 mm li qalinlikdagi
issiqlikni saqlovchi ashyodan tayyorlanadi. Tegishli mustahkamlikni ta’minlash maqsadida g‘ishtlar orasiga va
chekkalariga po‘lat armatura sinchi o‘rnatiladi.