• Qoplama sopol plitkalar.
  • Guldor-mayolik buyumlar
  • Pardozlashda ishlatiladigan fasadbop qoplama sopol ashyolar




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Pardozlashda ishlatiladigan fasadbop qoplama sopol ashyolar. Binoning fasad qismini qurishda sifatli, 
    to‘g‘ri shaklli, bir tekis rangdagi g‘isht va sopol toshlar ko‘p ishlatiladi. Fasadbop qoplama g‘isht va toshlar 
    shakliga va ishlatilishiga ko‘ra bir qatorga va burchaklarga teriladigan xillarga ajratiladi. Bunday g‘ishtlar 150, 
    100, 75 markalarda chiqariladi. Ularning suv shimuvchanligi 8—14%, sovuqqa chidamliligi 25 sikldan kam 
    bo‘lmasligi kerak. 
    Fasadbop qoplama g‘isht va toshlar zinapoya devorlarini, sexning ichki qismini, oshxona devorlarini 
    qoplashda ham ishlatiladi. Faqat yon tomoni sirlangan g‘isht suv va nam ta’sirida bo‘ladigan sanuzel 
    devorlarni qoplashda ko‘p ishlatiladi. Shuningdek, fasadbop ashyolar, deraza taxtasi sifatida ham ishlatiladi. 
    Qoplama sopol plitkalar. Nodir binolar fasadini pardozlashda juda ko‘p sopol qoplama ashyolar 
    ishlatiladi. Masalan, qoplama plitkalar, toshlar, terrakot va boshqa sirlangan buyumlar. 
    Qoplama sopol buyumlar, asosan nam usul bilan tayyorlanadi va yuqori sifatli loy qorishmasi bo‘lgan 
    taqdirda esa nim quruq usul ham ishlatiladi. Fasadbop qoplama sopol plitalar (4.7-rasm) yuqori sifatli loyni 
    obdan pishitib (zichlash usuli bilan) ishlanadi. 
    Bunday sopol plitkalar qalinligi 20—25 mm, yuzasi 250

    138 mm o‘lchamlarda qatorbop va burchakbop 
    qilib chiqariladi. Plitkalarning suv shimuvchanligi 6—14%, muzlashga chidamliligi esa 25 sikldan kam 
    bo‘lmaydi. Plitkalar tayyor devor yuzasiga sement qorishmasi bilan yopishtiriladi. 
    Terrak buyumlar (4.8-rasm) — sun’iy ravishda bezalgan va rang berilgandan so‘ng pishirilgan qoplamali 
    sopol ashyo. Sirlanmagan terraktorlar haykaltaroshlikda, kichik arxitektura qismlari, devorbop ashyolar 
    sifatida ishlatiladi. 
    Guldor-mayolik buyumlar — pishirish jarayonida tabiiy ravishda ranglanuvchi yoki rangli sir surtilgan 
    qoplamali sopol ashyo. Bunday sopol plitkalar bilan qoplangan bino fasadi gilamsimon chiqadi. Toshkentda 
    qurilgan 19 qavatli ma’muriy bino va Amir Temur nomidagi muzey kabi binolar bunga misol bo‘la oladi (4.9-
    rasm). 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pardozlashda ishlatiladigan fasadbop qoplama sopol ashyolar

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish