Tombop rangli sopol buyumlar




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Tombop rangli sopol buyumlar. Tomlarni sopol buyumlar bilan yopish O‘zbekistonda ham rivojlangan 
edi. Xozir ba’zi Yevropa davlatlarida tomlar 100% sopol buyumlar bilan yopiladi. 
Cherepitsa eng arzon, chidamli sopol tom ashyosidir. U nam usulda tayyorlangan loy qorishmasini puxta 
ishlab shtamplash yo‘li bilan maxsus cherepitsa zichlovchi mashinada tayyorlanadi. Rangli cherepitsa olish 
kerak bo‘lsa, loy qorishmasiga shisha sanoatida ishlatiladigan har xil sun’iy va tabiiy rang pigmentlar 
qo‘shiladi. Qurilishda ariqchali qilib shtamplangan, lentasimon, tekis yuzali lentasimon va konkisimon 
cherepitsalar ko‘p qo‘llanadi. Ammo, mo‘rtligi va juda qiya (30°C gacha) terilishi zarurligi, qo‘l mehnatining 
ko‘pligi ularni qurilishda ko‘plab ishlatishga imkon bermaydi. Cherepitsaning mustahkamligi 70 MPa dan, 
muzlashga chidamliligi esa 25 sikldan kam bo‘lmasligi kerak. 
Cherepitsaning qalinligi aytarli katta bo‘lmaganligi sababli, xomashyo sifatida ishlatiladigan loy nihoyatda 
mayin va unda zararli aralashmalardan kalsiy tuzlari bo‘lmasligi kerak. 
Yirik zavodlarda cherepitsa tasmali zichlagich mashinalarda shtamplanadi. Revolver zichlagich soatiga 
600—700 dona ariqchali cherepitsa tayyorlaydi. Cherepitsa xonali yoki tonnelli xumdonlarda 36 soat da-
vomida quritiladi va 40-45 soatda aylanma yoki tonnel xumdonlarda kuydiriladi. 1 m
2
tom yuzasiga to‘liq yo-
pilgan, suvga to‘yingan, shtamplangan cherepitsaning massasi 50 kg dan, tasmasimonniki 65 kg dan 
oshmasligi lozim. 
Cherepitsa tomga terilganida ular biri ikkinchisining ustiga yotqiziladi. Shu sababli tasmasimon tekis 
cherepitsaning foydali yuzasi 55% dan oshmaydi. Tekis va shtamplangan ariqchasimon o‘yiqli cherepitsaning 
foydali yuzasi 75—85% ni tashkil etadi. Cherepitsa chidamliligi bo‘yicha boshqa tombop ashyolardan ustun-
dir, uni 300 martagacha muzlatib va eritilganida ham buzilmaydi. Tomning 1 m
2
yuzasini qoplash uchun tekis 
lentasimon cherepitsadan 40 dona, boshqa turlaridan 14—20 dona kerak bo‘ladi. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish