• Vitrina oynasi
  • Toshqol eritmasidan ishlangan buyumlar




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Toshqol eritmasidan ishlangan buyumlar. Temir rudasini eritib cho‘yan olganda, eritma sirtiga suyuq 
    toshqol ko‘tariladi. Undan turli buyumlar ishlanadi. Bunday buyumlar pollar qurilishida, qoplama plitalar 
    sifatida va zararli muhitda ko‘p ishlatiladi.
    Pardozbop rangli va rangsiz simli taxta oynalar sanoat korxonalari, zavod va zarb bilan ish yurituvchi 
    sex derazalari uchun ishlatiladi. Shuningdek, bino va inshootlarning ichki xonalarida to‘siq sifatida ham 
    ishlatiladi. Bunday taxta oynalarni ikki yoki bir tomoni tekis yoki bezakli shtamplangan bo‘ladi. 
    Vitrina oynasi ikki xil markada ishlab chiqariladi: yaltiratilgan markasi M7 va yaltiratilmagani M8. 
    Qalinligi 6,5—12 mm, yuzasi 3000

    6000 mm

    o‘lchamlarga ega. Jamoat binolari, ko‘rgazma vitrinalari va 
    derazalarini qurishda ishlatiladi. Nur o‘tkazuvchanligi 75—83% ga teng. 
    Ma’lumki, oddiy oynalar ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmaydi. Bu kamchilikni uveoloviye oynalarini 
    ishlatish natijasida bartaraf etishimiz mumkin. Uveoloviye oynalari inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan 
    280—320 Nm uzunlikdagi ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi va infraqizil nurlarning bir qismini o‘tkazmaydi. 
    Bunday xususiyatga ega bo‘lgan oynalar maxsus tarkibdagi — silikatli, bo‘r-silikatli va fosfatli 
    xomashyolardan olinadi. Oynalarning ultrabinafsha nurlarni o‘tkazishi nafaqat oynaning tarkibiga, balki 
    qalinligiga ham bog‘liqdir. Uveoloviye oynalarining samaradorligi qalinligi kamayishi xisobiga oshib boradi. 
    Ularning uzoqqa chidamliligi ishlatilish jarayonida ultrabinafsha nurlarni o‘tkazish qobiliyati bilan baholanadi. 


    Masalan, bo‘r-silikatli va fosfatli oynalarning ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmasligi atigi 5% ni tashkil etishi 
    mumkin. Biroq, ba’zi ishqorli oynalarda bu ko‘rsatkich Na
    2
    O miqdoriga qarab 30% gacha kamayishi mumkin. 
    Bunday oynalarni qizdirganda ularning ultrabinafsha nurlarini o‘tkazish qobiliyati asta-sekin yaxshilanadi. 
    Bunday holatlarda ularni qizdirish jarayoni 300—450°C haroratda 2—10 soat davom etishi mumkin. 
    Ultrabinafsha nurlari qog‘oz, mato, lok va bo‘yoqlarga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun kutubxona, 
    muzey va yuk xonalarda ultrabinafsha nurlarini yutuvchi oynalar ishlatilishi kerak. 
    Ultrabinafsha nurlarini yutuvchi oynalarning 2 turi — bo‘yalgan oynalar va temir, mis va qalay oksidli 
    pardalar bilan qoplangan oynalar mavjud. Birinchi turi — rangsiz oyna 360—370 Nm uzunlikdagi 
    ultrabinafsha nurlarini yutadi. Ikkinchi turdagi oynalar sariq rangda bo‘lib ultrabinafsha nurlarini to‘la yutadi. 
    Hozirgi kunda yarim yaltiroq qoplamali oynalar ko‘plab ishlatilmoqda. Ularda ishlatiladigan qoplama 
    pardalar rangsiz va rangli bo‘lishi mumkin. Rangsiz oynalarning yuzasiga temir, kobalt, mis va titan 
    pardalarini qoplash natijasida qaytaruvchi qoplamalar olish mumkin bo‘ladi. Agar yuza aluminiy va kumush 
    oksidlari bilan qoplansa oyna yarim yaltiroq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunda qoplama pardalarning qalinligi 
    0,1—0,6 mkm ni tashkil etadi.

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish