|
Rangli shishalarning yorug‘likni o‘tkazuvchanligiBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Rangli shishalarning yorug‘likni o‘tkazuvchanligi
Issiqlik bilan ishlangan shisha olishda ular samarali bo‘lgan elektrkimyoviy usul bilan bo‘yaladi. Bunda
shisha massaga mis va qo‘rg‘oshin oksidlari qo‘shish natijasida kulrang yoki bronza rangini olish mumkin.
Shuningdek, shisha massaga mis va vismut oksidlari qo‘shilsa qizil rang, vismut va kumush oksidlari qo‘shilsa
sariq rang, vismut va kobalt qo‘shilsa havorangli shishalarni olish mumkin.
Radioaktiv nurlarga chidamli oyna ishlab chiqarishda maxsus shisha tarkibi ishlatiladi. Shishabop
xomashyoni tayyorlashda rentgen nurlarni yutuvchi qo‘rg‘oshin va bora miqdori ko‘p bo‘lgan optik shisha
qo‘shiladi. Oynaning radioaktiv nurlarni yutishini oshirish maqsadida shisha tarkibiga 0,25—1,5% seriy oksidi
qo‘shiladi. Bunday oynaning chidamliligi va nur yutuvchanligi uning zichligiga bog‘liq.
Masalan, qo‘rg‘oshin qo‘shilgan taxta oynaning zichligi 6300 kg/m
3
ga teng. Unda qo‘rg‘oshin oksidi 80%
ni tashkil etadi. Bu oynaning radioaktiv nur yutuvchanligi po‘lat bilan barobardir. Sekin yuruvchan
neytronlarni yutishi uchun, oyna tarkibiga bora, litiy yoki kadmiy oksidlari qo‘shiladi. Radioaktiv nurlar
yo‘lini to‘suvchi oynalar atom elektrostansiyalari va izotoplar tayyorlaydigan korxonalar qurilishida keng
ishlatiladi.
Oddiy taxta oyna yuzasi qiyaligi 0,5 mkm li kumush tuzidan tashkil topgan yupqa parda bilan qoplansa,
elektr toki o‘tkazadigan oynaga aylanadi. Bunday oyna yuzasida harorat 500 dan 700°C gacha ko‘tarilishi
mumkin. Mashinalarning orqa oyna yuzasi namlansa yoki qor qoplasa bunday haroratda tezda quriydi. Oyna
yuzasi har xil rangdagi (ko‘k, sariq, havorang) lyuminofora yupqa parda bilan qoplansa, unga tushgan nurni
qaytarish hisobiga u yanada yorishadi. Qalinligi 5—25 mm li taxta oynaning bir tomoni nur o‘tkazmaydigan
rangli emallar bilan qoplanadi va silliqlanadi. Ikkinchi tomoniga o‘yma chiziqli yoki har xil burchakli
shakllarda bezak beriladi.
Oynaning rangli emal qoplangan tomoniga marmar yoki boshqa tabiiy tosh tasviri berilsa, marblitni —
shisha-marmar xillarini olish mumkin. Marblit va uning boshqa xillari bino devorlarini dekorativ bezashda,
polni qoplashda, bino yo‘laklari va katta xonalarning devorlarini zararli muhitdan saqlashda ishlatiladi.
Rangli yoki o‘yma bezakli taxta oynalarni 100
100 dan 200
200 mm gacha o‘lchamlarda kesib olingan
plitalar binolarning ichki devorlarini qoplashda ishlatiladi. Bunday shisha-plitkalarning bir tomoni
yaltiramaydigan emal yoki uni eritilgan holatida qoplanadi.
Emal qatlami purkagich bilan plitkaning bir tomoniga sepiladi. Keyin plitkalar yuzasidagi qoplamani
yopishtirish uchun issiqlik bilan qayta ishlanadi. Emallangan plitkalar devorlarni qoplashda ishlatiladi.
Plitkalarni devorga yopishtirishda polimersement qorishmalar yoki polimer mastikalar ishlatiladi.
|
| |