• Toshqol sitallari
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Sitallar. Shisha eritmasining qisman yoki obdon kristallanishi natijasida sitallar hosil bo‘ladi. Sitallar 
    yuqori mustahkam (5000 kg/m
    2
    yoki 500 MPa gacha) va zararli muhitga chidamli hamda buyumlarni elektr 
    tokidan muhofazalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ashyolardir. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra sitallar qo‘ng‘ir, 
    jigarrang, kulrang, rangsiz va yaltiroq bo‘ladi. Sitallar olish texnologiyasi shishani olish texnologiyasiga 
    o‘xshashdir. Ammo bunda shisha eritmasiga uning tez kristallanishi uchun 4-5% miqdorda katalizatorlar 
    qo‘shiladi. 
    Tuzilishiga ko‘ra sitallar kompozit ashyo bo‘lib, mayda shisha kristallardan tashkil topgan uzluksiz amorf 
    shishasimon matritsadan iborat. Undagi shishasimon matritsa qatlamlarining qalinligi o‘ndan bir mikronga 
    teng. Kristallarning o‘rtacha yirikligi esa 1-2 mkm dan oshmaydi. Sitallardagi shishasimon matritsaning hajmi 
    90—95% ga teng bo‘ladi. Sitallar shisha singari mo‘rt, egilishdagi mustahkamligi kichik va qizdirishga 
    chidamli. Fizik-mexanik xossalariga ko‘ra sitallar po‘latni eslatadi. Uning qattiqligi toblangan po‘lat 
    qattiqligidan kam emas. Harorat 100°C bo‘lganda ham sitallda buzilish alomatlari bo‘lmaydi. Sitallarning 
    ayrim turlarini po‘lat bilan payvandlasa bo‘ladi. Kuchli kimyoviy zararli muhitga chidamli, siqilishdagi 
    mustahkamligi 500 MPa gacha bo‘lishi mumkin. 
    Sanoat korxonalari pollaridan og‘ir mashinalarning yurishi, kislota yoki ishqor singari zararli 
    suyuqliklarning to‘kilishini hisobga olganda, pollarni sitallardan ishlash tavsiya etiladi. Shuningdek, kimyo 
    sanoatidagi uskunalarning ayrim qismlari, yuqori zararli suyuqliklarni uzatishda ishlatiladigan quvurlar va 
    issiqlik ta’siridagi apparatlarni sitalldan tayyorlash iqtisodiy jihatdan samaralidir. Sitallar qo‘ng‘ir, kulrang, 
    jigarrang, xira va rangsiz xillarda ishlab chiqariladi. 
    Toshqol sitallari temir rudasining toshqol eritmasiga kvars qumi va qo‘shilmalar qo‘shib texnologik 
    jarayonlarni maxsus usulda boshqarilishi natijasida olingan shisha kristall ashyodir. Toshqol sitallar qurilishda 
    eng ko‘p ishlatiladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, toshqol sitallari zich, mayda zarrachali va yaltiroq bo‘lmaydi. 
    Uning zichligi 2500—2700 kg/m
    3
    ga teng, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 650 MPa gacha, qizdirishga 
    chidamliligi esa 750°C gacha bo‘lishi mumkin. Toshqol sitall eritmasiga ko‘pirtiruvchi minerallarni qo‘shib, 
    ko‘pik toshqol sitall ashyolarini olish mumkin. Issiqlikni saqlovchi ko‘pik toshqol sitallarning zichligi 300—
    600 kg/m
    3
    , siqilishdagi mustahkamligi 6—14 MPa, qizdirishga chidamliligi 750°C dan oshmaydi. Issiqlik 
    ta’sirida bo‘ladigan quvurlar va sanoat o‘choqlarini qoplashda ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish