TOSH VA TOSHQOL ERITMALARIDAN




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

TOSH VA TOSHQOL ERITMALARIDAN 
OLINADIGAN ASHYOLAR 
Tabiiy tog‘ jinslari va har xil qo‘shilmalarni yuqori haroratda eritib turli shakldagi qoliplarga qo‘yib 
olingan ashyolarga quyma tosh deb ataladi. Ishlatiladigan tog‘ jinslarining kelib chiqishi va xiliga qarab 
quyma tosh piroksenli, melilitli, mullitli, korundli va boshqa turlarga bo‘linadi. Qurilish ashyolari ishlab 
chiqarishda, asosan, piroksinli konglomeratlar ishlatiladi. Piroksenli tog‘ jinslari guruhiga kiruvchi bazalt-
diobaz kabi toshlarni yuqori haroratda eritganda qora, ko‘kimtir, och-sariq va oq rangli quyma toshlar hosil 
bo‘ladi. Melilitli tog‘ jinslarini eritganda kulrang, mullitli — to‘q-kulrang, korundli jinslarni eritib 
qoliplaganda och kulrangdan to‘q va och-sariq ranggacha bo‘lgan quyma tosh ashyolarini olish mumkin. 
Ishlatilishiga ko‘ra quyma toshlar pardozbop, polbop va o‘tga bardoshli xillarga bo‘linadi. 
Quyma toshlar o‘zlarining fizik va mexanik xossalari bilan boshqalaridan yuqori turadi. Ularning 
siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 500 MPa gacha boradi, qattiqligi 7 (piroksen tog‘ jinslari) dan 9 (korund) 
gacha o‘zgaradi, zichligi 0,2% dan kam, suv shimuvchanligi 0,1%, chidamlilik koeffitsienti 0,9—1,0 ga teng. 
Piroksen guruhiga tegishli quyma toshni 500—700°C gacha, mullit va korund quyma toshlarini 1500°C gacha 
qizdirganda ular erimaydi yoki zo‘riqishi hisobiga buzilmaydi.
Quyma toshlarni ishlab chiqarish texnologiyalari bir-biridan farq qilmaydi va quyidagi texnologik 
jarayonlar bo‘yicha olib boriladi: tegishli tarkibdagi xomashyoni tayyorlash (tozalash, maydalash, g‘alvirdan 
o‘tkazish, torozida tortish), 1400-1450°C gacha qizdiradigan aylanma yoki shaxta o‘choqlarida, maxsus 
vannalarda elektr energiyasi vositasida eritish, oldindan qizdirib qo‘yilgan qoliplarga quyish (o‘tga chidamli 
cho‘yan, po‘lat yoki silikat qoliplar), asta-sekin (bir kun yoki undan ko‘p) sovitish va nihoyat quyma tosh 
yuzasini tozalash va tekislash.
Erigan toshni qoliplarda sovitish jarayoni alohida ahamiyatga ega. Chunki, bu jarayonda quyma toshning 
tuzilishi shakllanadi; 800—900°C da qisman kristallanishi boshlanadi. Sovishning keyingi daqiqalarida darz 
yoki yoriqlar bo‘lmasligi uchun quyma toshda ichki zo‘riqishning paydo bo‘lmasligini ta’minlash zarur. 
Tog‘ jinslari bazalt, diabaz va boshqa oson eruvchan toshlarni eritib olingan qurilish ashyolari zararli 
suyuqliklar ta’sirida bo‘ladigan buyum va konstruksiyalarni muhofaza qilishda, yo‘l va yo‘lkalar qurilishida, 
qoplama bezak plitalar olishda ishlatiladi. Bazalt va diabazdan ishlangan quyma tosh plitalarning siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 400—500 MPa ga, egilishdagisi esa 60—65 MPa ga teng. Ular kimyoviy muhit 


ta’sirida buzilmaydi. Ishqalanishga bo‘lgan mustahkamligi 0,4-0,5 g/sm
2
dan oshmaydi. Yaltiroq quyma tosh 
olish kerak bo‘lsa, xomashyo sifatida tarkibida temir oksidi kam bo‘lgan yoki maxsus oqartiruvchi qo‘shilma 
(ruh oksidi) lar aralashtirilgan kvars qumi, dolomit, bo‘r yoki marmar ishlatiladi. Oq quyma toshlar me’moriy 
bezak buyumlari sifatida va haykaltaroshlikda ishlatiladi. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish