• Pardozbop gips.
  • GIDRAVLIK BOG‘LOVCHI MODDALAR
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Yuqori mustahkam gips. Ikki molekula suvli tabiiy gips toshini 750—800°C haroratda kuydirilgandan 
    keyin tuyiladi va unga natriy sulfati, aluminiy va boshqa tuzlar qo‘shib yuqori mustahkam gips olinadi. 
    Bunday gips sekin qotuvchan, ammo siqilishdagi mustahkamligi 30 MPa gacha bo‘lishi mumkin. Ularning 
    rangi oq bo‘ladi. 
    Olingan gipsni qotirish uchun suv miqdori 60% emas, balki 40—50% olinadi. Bunday gipsning 7 kundan 
    keyingi mustahkamligi 15—40 MPa ga teng bo‘ladi. 
    Yuqori mustahkam gips juda muhim inshootlar qurishda, shuningdek, metallurgiya sanoatida qoliplar 
    tayyorlashda ishlatiladi. 
    Pardozbop gips. Zararli aralashmalardan tozalangan gips toshini 550—700°C da kuydirib, keyin tuyish 
    jarayonida unga aluminiy achchiqtoshi qo‘shib pardozbop gips olinadi. 
    Pardozbop gips oq rangli bo‘lib, uning nur qaytarish koeffitsienti 90% dan kam bo‘lmasligi kerak. 
    Quyuqlanishining boshlanishi 1 soatdan keyin, oxiri 12 soatgacha davom etadi. Oq sement 100—400 mar-
    kalarda chiqariladi. 
    U qurilishda pardozbop qorishma sifatida sun’iy marmar toshlari, me’mor va bezak buyumlari 
    tayyorlashda ishlatiladi. 
    Yuqori haroratda pishirilgan gips — tabiiy gips toshini yoki angidritni 800—1100°C da kuydirib, keyin 
    mayda qilib tuyilgan bog‘lovchidir.
    Yuqori haroratda kuydirilgan gips 100, 150 va 220 markalarda chiqariladi. Uning zichligi 2,8-2,9 g/sm
    3

    hajmiy og‘irligi 900—1100 kg/m
    3
    ga teng. Yuqori haroratda kuydirilgan gips sekin quyuqlanuvchan bo‘lib, 
    boshqa gipslarga nisbatan suvga chidamlidir. 
    Qurilishda g‘isht terishda, suvoqchilikda, beton buyumlari hamda sun’iy marmar toshlarni tayyorlashda 
    ishlatiladi. 
    GIDRAVLIK BOG‘LOVCHI MODDALAR 
    Suv, nam va quruq sharoitda qotish xususiyatiga ega bo‘lgan gidravlik bog‘lovchilarga gidravlik ohak, 
    portlandsement va uning xillari hamda maxsus — tomponaj, kengayuvchan, kirishmaydigan, rangli, glinozem 
    sementlar kiradi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish