• Gipsni tashish va saqlash.
  • Gips qotishiga qo‘shilmalarning ta’siri.
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Gipsning qotishi. Gipsning qotish jarayoni uning gidrotatsiyalanishi bilan boshlanadi, ya’ni bunda yarim 
    molekulali suvli gips qaytadan kristall holatdagi ikki suvli gipsga aylanadi: 
    CaSO
    4

    0,5H
    2


    1,5H
    2


    CaSO
    4

    2H
    2

    Aslida gipsning qotishi uchun kam suv talab qilinsada, gips qorishmasini qulay joylanuvchan qilish uchun 
    suv ko‘p solinadi. Buyumning mustahkamligini oshirish uchun undagi ortiqcha suv quritish yo‘li bilan 
    yo‘qotiladi. 
    Gips zarrachalari gel deb ataluvchi yelimsimon holatga kiradi, bu esa uning gidratatsiyalanishi deb 
    ataladi. Natijada, kolloid holatdagi juda mayda zarrachalardan tashkil topgan gips xamiri hosil bo‘ladi va tez 
    sur’atda kristallana boshlaydi. 
    Qurilish gipsi pardadevorlar qurishda juda ko‘p ishlatiladigan gips plitalari (gips bilan yog‘och qipig‘idan 
    ishlangan), «quruq suvoq» deb ataladigan gips taxtalar (ikki qog‘oz orasiga qo‘yib qotirilgan gips taxta), 
    devorbop bloklar, ravoq buyumlari ishlashda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, qurilish gipsi bino 
    devorlarining ichki tomonini suvashda, naqqoshlikda va bezak buyumlar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Gips 
    o‘tga chidamli bo‘lganligi uchun, undan binoni shamollatuvchi qurilmalar, lift kataklari va boshqalar 
    tayyorlanadi. 
    Gipsni tashish va saqlash. Gipsli bog‘lovchilarni tashishda, saqlashda ularga nam ta’sir etmasligi kerak. 
    Ochiq joyda gipsni bir oydan ortiq saqlash mumkin emas. Aks holda, uning mustahkamligi 20% gacha
    kamayadi. Gips saqlaydigan omborlarning pollari, albatta, yog‘och taxtalardan qurilgan bo‘lishi kerak. 


    Gips qotishiga qo‘shilmalarning ta’siri. Qotish xususiyatiga ko‘ra, gips bog‘lovchilari ikkiga bo‘linadi: 
    tez qotuvchi gips bog‘lovchilari (qurilish, o‘ta mustahkam, qolipbop va tibbiy gipslari); sekin qotuvchi 
    (angidridli sement va yuqori darajada kuydirilgan gips) gips bog‘lovchilari. 
    Gipsning quyuqlashish va qotish vaqtlari xomashyoning xossasi, uni tayyorlash sharoiti, saqlanish muddati 
    va sharoitiga, qo‘shilgan suv miqdori (suv bilan gips nisbati — S/G) bog‘lovchi modda va suvning harorati, 
    aralashtirish sharoitlariga va ular tarkibida biror qo‘shilmalarning borligiga bog‘liq. Rolandning fikricha, 
    gipsda uning eruvchanligini kuchaytirish yoki sekinlashtirish imkonini beradigan moddalarning borligi 
    gidrotatsiyaning tezlashishi yoki sekinlashishi uchun sharoit yaratadi. Uning ta’kidlashicha, gidrotatsiya tezligi 
    ham erigan modda tabiatiga, ham uning eritmadagi konsentratsiyasiga bog‘liq.
    Gipsning (yarim gidratning) eruvchanligini kuchaytiruvchi moddalar — tezlatgichlar, eruvchanligini 
    susaytiruvchi moddalar — sekinlatgichlar hisoblanadi. Masalan, NaCl tuzi yarim molekula suvli gips va 
    ekstrix-gips gidrotatsiyasi tezlatgichi bo‘lib, angidridga ta’sir etmaydi. CaCl
    2
    esa yarim molekula suvli 
    gipsga ta’sir qilmaydi, lekin ekstrix-gips va angidrid gidrotatsiyasini sekinlashtiradi. MgCl
    2
    tuzi yarim 
    molekula suvli gipsni tezlashtiradi, ekstrix-gips va angidridni sekinlashtiradi. 
    Shuni ta’kidlash kerakki, quyuqlashishini sekinlashtirgich va tezlatgichlar gips buyumlarining natijaviy 
    mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq ayrim sirti faol moddalardan o‘rtacha miqdorda (0,1—0,3%) 
    qo‘shish, buyumlar mustahkamligining faqat ularni yumshatuvchi omil sifatida va suv-gips nisbatining 
    kamayishi hisobigagina emas, balki hosil bo‘layotgan ikki gidrat kristallarning adsorbsion modifikatsiyasi 
    hisobiga ham ortishiga imkon beradi. Shuningdek, sirti faol qo‘shilmalar yordamida, gipsning doimiy sarfi 
    o‘zgarmagan sharoitda, beton aralashmasining harakatchanligini oshirish mumkin. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish