|
QORISHMANING ASOSIY XOSSALARIBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005QORISHMANING ASOSIY XOSSALARI
Qorishmaning joylanuvchanlik bilan yoyiluvchanlik kabi xossalari uni ishlatish uchun qulay bo‘lishligini
ta’minlashi kerak. Tayyorlangan qorishmaga standart konusning qancha chuqurlikka botishiga qarab, uning
yoyiluvchanlik ko‘rsatkichi topiladi. Standart konusning uchidagi burchagi 30° bo‘lib, og‘irligi 300 g dan
oshmaydi. Konusning uchi qorishma sirtiga tekkizilgan holda erkin cho‘ktiriladi va strelka uning qancha
santimetrga botganligini ko‘rsatadi.
Qorishmani qoniqarli yoyiluvchanlikda tayyorlash uchun unga sovun suvi, sulfit spirt bardasi va h.k.
organik plastifikatorlardan 0,1-0,3% miqdorda qo‘shish kerak. Qorishma uchun anorganik qo‘shilmalarning
miqdori tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Qorishmaning mustahkamligi ham beton singari bog‘lovchining faolligi,
suv-sement nisbati, zichligi va qotish sharoiti kabi holatlariga bog‘liq.
Pardozbop qurilish qorishmalari mustahkamligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: 4, 10, 25, 50, 75,
100, 150, 200, 300. Ko‘p yuk tushadigan konstruksiyalarda (ustun, to‘sinlar), markasi 50 dan yuqori bo‘lgan
qorishmalar ishlatiladi. Binolarning tashqi devorlarini terishda markasi 50 dan kam bo‘lgan qorishmalarni ham
ishlatsa bo‘ladi.
Qorishmadan tayyorlangan standart namunani qayta-qayta suvga to‘la shimdirish va muzlatish usuli bilan
sinab, uning muzlashga chidamlilik darajasi markasi 10, 15, 25, 35, 50, 100, 150, 200 va 300 sikl aniqlanadi.
Qorishma joylanadigan asosning xossasiga, uning qotish sharoitiga va havoning haroratiga bog‘liq holda
qorishmaning yoyiluvchanlik ko‘rsatkichi 7.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
7.1-jadval
Qorishmaning yoyiluvchanligi
I shlatilishi
Qorishmaga cho‘ktirilgan konusning
ko‘rsatkichi yoki yoyiluvchanlik, sm
Asos g‘ovak yoki
havo issiq
bo‘lganda
Asos zich yoki havo
sovuq
bo‘lganda
G‘isht terishda
8—10
6—8
Toshqolli bloklarni terishda
7—9
5—7
Qo‘l kuchi bilan zichlangan
xarsangtoshni terishda
6—7
4—5
Xarsangtosh titratish asboblari
bilan qorishmaga cho‘ktirilganda
2—3
1—2
Muttasil namlik ta’sirida va zararli muhit bo‘lgan joylarda mustahkamligi 10-20 MPa bo‘lgan gidravlik
qorishmalar ishlatiladi. Bog‘lovchi sifatida portlandsement, toshqolli yoki putsolan sementlar ishlatiladi.
Vaqti-vaqti bilan suv ta’sirida bo‘ladigan konstruksiyalarni qurishda qorishmaga gidrofob plastifikatorlar
qo‘shiladi.
Amalda ko‘p ishlatiladigan gidravlik qorishmalarning tarkibi 7.2-jadvalda keltirilgan.
7.2-jadval
|
| |