• Gipsli pol qatlamini qurishda
  • Issiqqa chidamli
  • Quruq qurilish aralashmalari.
  • Suv va namlikdan saqlovchi qorishmalar




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Suv va namlikdan saqlovchi qorishmalar suv havzalari, kanallar, hovuz, yer osti inshootlarini suvashda 
    ishlatiladi. Bunday qorishmalarga zichlikni oshiruvchi moddalardan bitumli suv, bentonit, temir uch xlorid, 
    latekslar qo‘shiladi.
    Polbop qorishmalar sement-qumli, temir qirindi-sementli, sement-yog‘och qirindili, magnezial, gipsli va
    polimer-sementli xillarga bo‘linadi. Polning ostki qatlami uchun ishlatiladigan sement markasi 300 dan kam 
    bo‘lmasligi kerak. Ustki qatlamiga 400 va undan katta markali sementlar ishlatiladi. Sement-temir qirindi 
    qorishmasida temir qirindisi ishlatiladi. Sement-yog‘och qirindili qorishma uchun ignabargli daraxt qirindisini 
    5% li kalsiy xlorid eritmasi yoki nordon oltingugurt glinozemi bilan qayta ishlash lozim. Magnezial yoki 
    ksilolit qorishmalar tarkibida bog‘lovchi — kaustik magnezit, qotiruvchi — magniy xlorlid, to‘ldirgich 
    sifatida — qipiq va mineral pigmentlar bor. 
    Gipsli pol qatlamini qurishda yuqori haroratda pishgan gips ishlatiladi. Kimyo sanoati korxonalarining 
    pollarini qoplashda polimer-sement qorishmalari keng ishlatilmoqda.
    Kislotaga chidamli qorishmalar uchun suyuq shisha, natriy kremneftorid va kislotaga chidamli 
    to‘ldirgichlar ishlatiladi. 
    Issiqqa chidamli qorishmalar o‘tga chidamli g‘ishtlarni terishda o‘choqlarning ichki qismini suvashda 
    ishlatiladi va ular portlandsement va havoyi bog‘lovchi modda shamot-boksid asosida tayyorlanadi. Bunday 
    bog‘lovchining tarkibida markasi 400 dan kichik bo‘lmagan portlandsement, shamot kukuni, plastifika-
    torlardan o‘tga chidamli va bentonit loyi hamda sulfit-drojali brajka bo‘ladi. Agar o‘choqdagi harorat 1150°C 
    dan kichik bo‘lsa, bog‘lovchi modda sifatida portlandsement, 1350°C gacha bo‘lsa, shamot-boksidli 
    qorishmalar ishlatiladi. 
    Quruq qurilish aralashmalari. Zavod sharoitida sement, obdan quritilgan qum va qo‘shilmalar 
    hisoblangan tarkibga ko‘ra aralashtirib, buyurtmachiga mashinalarda yetkazib beriladigan quruq aralashmadir. 
    Tayyor quruq aralashmaga tegishli miqdorda suv qo‘shib qurilish qorishmasi olinadi. Ayrim xollarda 
    bog‘lovchi modda sifatida eruvchan yoki suyuq polimerlar ishlatiladi. Quruq aralashmalarni oddiy 
    qorishmalardan afzalligi shundaki, quruq aralashmani qorishmaga aylantirish uchun texnologik jarayonlar 
    qisqaradi, zavod sharoitida tayyorlanishi qorishmaning sifatini oshiradi; transport harajatlari 15% ga, qorishma 
    chiqindilari esa 5—7% ga kamayadi; quruq aralashmani uzoq vaqt nam ta’siridan uzoq joyda saqlash kerak. 
    Qurilishda quruq aralashmaning ishlatilishi ish unumini 20—25% ga oshiradi. 


    Hozirgi vaqtda qurilishning barcha sohalarida quruq aralashmalar keng ishlatilmoqda. Jumladan, g‘isht 
    terishda, montaj va suvoq ishlarida, shpaklyovka, yelimlar yoki polbop qorishmalar tayyorlashda keng 
    qo‘llanilmoqda. Qurilish aralashmalarini tayyorlashda asosan bog‘lovchi moddalardan portlandsement, quri-
    lish gipsi, havoyi ohaklar ishlatiladi. Maxsus buyurtmalar bo‘lsa, bog‘lovchi modda sifatida suvda eruvchan 
    kukun polimerlar ishlatiladi. Mayda to‘ldirgich sifatida ishlatiladigan qumning yiriklik moduli 1...2, ya’ni qum 
    donasining yirikligi 1,25 mm dan oshmasligi kerak. Yengil qorishmaga zaruriyat bo‘lganda ko‘pchitilgan 
    qumlar, shpaklyovka uchun ohak uni va bo‘r kukuni ishlatiladi. 
    Quruq aralashmalar tayyorlashda qo‘shilmalarning roli kattadir. Aksariyat quruq aralashmalardan 
    tayyorlangan qorishmalar g‘ovak yuzaga g‘isht terishda, suvoqchilikda ishlatiladi. Bunday qorishmalarning 
    plastikligini va suv ushlashlik qobiliyatini ta’minlash uchun quruq aralashmaga mineral va organik 
    qo‘shilmalardan loy, havoyi ohak, ИЭС kuli, lignosulfanat ЛСТ, СНВ, superplastifikator С-3 lar qo‘shiladi. 
    Qurilish qorishmalarini ishlatiladigan joyiga qarab, quruq aralashmalar har tomonlama jihozlangan beton 
    yoki qorishma zavodlarida tayyorlanadi. Quruq aralashmalarni tayyorlash texnologik jarayoni quyidagichadir: 
    karyerlardan keltirilgan qum loyi quritiladi. Keyin, qum elaklardan o‘tkaziladi; elangan qum tarozida tortiladi 
    va qorgichda sement va qo‘shilmalar bilan aralashtiriladi. Tayyor quruq aralashma maxsus nam ta’sir 
    etmaydigan omborlarda saqlanadi va buyurtmachilarga tarqatiladi. 
    Sinov savollari 
    1. Qurilish qorishmalarining qanday xillarini bilasiz? Ularning xossalari va tarkibi haqida gapirib bering. 
    2. Maxsus va pardozbop qurilish qorishmalari haqida nimalarni bilasiz? 
    3. Quruq aralashmalar nima? 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suv va namlikdan saqlovchi qorishmalar

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish